4-mavzu: Dars – taʼlimni tashkil etishning asosiy shakli


-mavzu: Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ta’lim rivojidagi xizmatlari. Аbdurаhmоn Jоmiy va Аlishеr Nаvоiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 243,99 Kb.
səhifə13/34
tarix08.10.2023
ölçüsü243,99 Kb.
#129827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Seminar ishlanmasi

10-mavzu: Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ta’lim rivojidagi xizmatlari. Аbdurаhmоn Jоmiy va Аlishеr Nаvоiyning pedagogik qarashlari.


Reja:
1. Mirzo Ulug’bekning madaniy-ma’rifiy faoliyati.
2. Mirzo Ulug’bekning ta’lim sohasidagi islohoti.
3. Mirzo Ulug’bekning ilmiy merosi – jahon fani rivojiga qo’shgan bebaho hissasi.
4. Jomiy va A.Navoiyning hayoti va faoliyati
5. Jomiyning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qarashlari va komil insonni tarbiyalashga oid g’oyalari.
6. Navoiyning ilmiy va ma’rifiy faoliyati.
7. Alisher Navoiyning maktab, madrasalar va mudarrislar haqidagi fikrlari.


Adabiyotlar:
1. Hoshimov K. Nishonova S Pedagogika tarixi. Darslik –T: O’qituvchi, 2005 yil.
2.Hoshimov K. Nishonova S Inamova М., Hasanov R., Pedagogika tarixi 1996 yil.
3.Hoshimov K., Safo Ochil. O’zbek Pedagogikasi antologiyasi. – Т.: O’qituvchi, 2010.
4.Niyazov G., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashgulotlari . – Т.: Noshir, 2011.
5.Axmedov B. Ulug’bek.-Toshkent., 1991.
6. Axmedov B. Temur va Ulug’bek davri.-1996.


1-topshiriq. “Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ta’lim rivojidagi xizmatlari. Аbdurаhmоn Jоmiy va Аlishеr Nаvоiyning pedagogik qarashlari.” mavzusiga doir blits-sо‘rov savollari



  1. Samarqand ilmiy maktabida faoliyat yuritgan qaysi olimlarni bilasiz?

  2. Ulug‘bekning astronomiyaga oid asari qanday nomlanadi?

  3. Ulug‘bekning “Risolai Ulug‘bek” asari qaysi fan sohasiga bag‘ishlangan?

  4. Ulug‘bek tarixnavis donishmand sifatida qanday asar yozgan?

  5. Ulug‘bek tomonidan qurilgan qaysi madrasa eshik tabaqalariga arab tilida “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkak uchun farzdir” degan ibora о‘yib yozilgan?

  6. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi nechanchi yillarda qurilgan?

  7. Ulug‘bek rasadxonasidagi astronomik asbob qanday nomlanadi?

  8. Ulug‘bekning ta’lim islohotida qilgan ishlari.

  9. Abdurahmon Jomiy qachon va qayerda tug’ilgan?

  10. Jomiy “Nizomiya” madrasasida qaysi ilmni chuqur egallagan?

  11. Jomiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari qanday nomlanadi?

  12. Abdurahmon Jomiy asarlari qaysi fan sohasiga oid?

  13. Abdurahmon Jomiy qaysi asarida bilim va hunar egallash haqida o’z fikrlarini bayon etgan?

  14. Jomiy nechanchi yillarda hajga boradi va bu safar vaqtida qaysi shaharlarda bo’lgan?

  15. Adibning musiqaga oid qanday asarini bilasiz?

  16. Navoiy nechta tilda ijod qilgan va taxalluslarini ayting

  17. Navoiydan oldin “Xamsa” yaratgan allomalarni ayting

  18. Navoiyninghayotining sо‘ngida yaratilgan asar nomini keltiring

  19. Navoiyning tarbiya usuli va uslublarini sanang.

  20. A.Navoiy ustoz va murabbiylar haqida aytgan fikrlaridan namunalar keltiring.

2-topshiriq. Kichik guruhlarning nomlanishi


1-guruh – “Tarag‘ay” guruhi.
2-guruh – “Kо‘ragoniy” guruhi.
3-guruh – “Ulug‘bek” guruhi.

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari


1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
2. Guruh ishlarida о‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.
3. Agar yordam kerak bо‘lsa, albatta murojaat qiling.
4. Agar sizdan yordam sо‘rashsa, albatta yordam bering.
5. Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.

Kichik guruhlarda bajarish uchun taqdim etiladigan topshiriqlar


1.“Tarag‘ay” guruhi uchun:
- quyida keltirilgan jadval asosida Mirzo Ulug‘bekning madaniy-ma’rifiy faoliyatini bayon eting.




Yüklə 243,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin