Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini tahlili tahlilda eng murakkab, qiyin va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Uning buxgalteriya xizmati xodimlari mehnat sig‘imidagi hajmi ham eng yuqori normani tashkil etadi.
Mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi – ishlab chiqarishning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning muhim samaradorlik ko‘rsatkichi bu ishlab chiqarish tannarxidir. Korxonaning moliyaviy natijasi va moliyaviy ahvoli avvalo ushbu samaradorlik ko‘rsatkichiga bog‘liqdir.
Xarajatlar boshqarish tizimining samaradorligi avvalo ularni tahlil etishni tashkil etilganligiga bog‘liq. O‘z navbatida bu quyidagilarga bog‘liq:
- korxonada qo‘llanilayotgan hisob shakli va usullariga;
- hisob ishlarining avtomatlashtirish darajasiga;
- operatsion xarajatlarni rejalashtirish va normalash holatiga;
- soatlik, kunlik, dekadalik, oylik xarajatlar yuzasidan hisobotlarning shakllantirilganlik holatiga;
- real holat va natijani chuqur tahlil qilishda malakali mutaxassislarning mavjudligiga va h.k. omillarga bog‘liq.
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxi tahlili obekti sifatida quyidagilar tarkiblanadi:
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning to‘liq tannarxi va xarajat elementlari bo‘yicha tahlili;
- bir so‘mlik ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat tahlili;
- alohida tur mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi;
- xarajatlarning alohida moddalari bo‘yicha tahlili;
- javobgarlik markazlari bo‘yicha tahlili.
18-jadval.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tahlili