4-Mavzu. Mexanik uchlar va agressiv muhit ta'siridagi korroziya turlari

Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/7
tarix11.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#131975
1   2   3   4   5   6   7
00045.P.Mexanik kuchlar va agressiv muhit ta\'siridagi korroziya turlari

Metallarning korrozion toliqishini taxminiy (yoki nisbiy) xarakterlash maqsadida korrozion toliqish chegarasi (K.T.Ch.) tushunchasi kiritilgan. K.T.Ch.- ayni korrozion sharoitda foydalanib (ishlatib) turilgan (mexanik kuchlanishlar tsikli N=107 ) metall chidashi yoki bardosh berishi mumkin bo'lgan eng yuqori kuch qiymatidir.

Korrozion toliqish asosan metall sirtida turli yoriqlar, yallig'lanishlar va ularning rivojlanishi tufayli (35-rasm) yuzaga keladi. Uning yuzaga kelish mexanizmi korrozion yorilish mexanizmi singari bo'lib, asosan cho'zish kuchlari ta'sirida namoyon bo'ladi. Umuman korrozion toliqish yuzaga kelishi quyidagi: mexano-elektrokimyoviy va adsorbtsion-elektrokimyoviy nazariyalar yordamida tushuntiriladi.

35-rasm. Havoda metallning toliqishi.

III.Kavitatsion korroziya.

Mexanik korroziyaning bu turi suyuqlikdagi korrozion muhitning kuchli oqim kuchi ta'sirida metallar sirtida turli yalig'lanish, yemirilish va chuqurcha (uyimcha)lar hosil bo'lishi tufayli yuzaga keladi.

Bunday korroziya turi tez harakat qiluvchi suyuqliklar, yuqori haroratda harakat qiluvchi gaz va bug' oqimi, neft qazib olish, neftni qayta ishlash jarayonlarida ishlatiladigan jihozlar, oziq-ovqat va uni qayta ishlash sanoati, meditsina preparatlari ishlab chiqarish sanoati asbob uskunalarida, suyuqlik bilan sovutiluvchi dvigatellarda yuz beradi. 36- rasm.

36-rasm. Suyuqlik oqimi ta'sirida korroziyalanish (pufakchalarni yuzaga kelishi (1) va yo'qolishi (2)).

IV.Koroziyalanish erroziyasi (Errozion korroziya).

Korroziyalanish erroziyasi bu - metall sirtining oqimdagi suyuqlik (gaz ) tarkibidagi mexanik ( qattiq ) qo'shimchalar ta'sirida mexanik ishqalanish, sidirilishi, qirilishi va korrozion muhitning oqim kuchi ta'siri tufayli yemirilishidir 37-rasm.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin