4-Mavzu. Mexanik uchlar va agressiv muhit ta'siridagi korroziya turlari

VIII. Vodorod ta'sirida korroziyalanishga qarshi kurashish usullari

Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/7
tarix11.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#131975
1   2   3   4   5   6   7
00045.P.Mexanik kuchlar va agressiv muhit ta\'siridagi korroziya turlari

VIII. Vodorod ta'sirida korroziyalanishga qarshi kurashish usullari.

Vodorodli korroziyalanishni oldini olish yoki unga qarshi kurashning turli choralari mavjud.

1.Po'lat tarkibiga kuchli (barqaror) karbidlar hosil qiluvchi qo'shimchalar qatoriga: xrom, molibden, volfram, vanadiy, niobiy, titan kiradi. Bu metallar, masalan xrom qo'shilganda po'lat tarkibida sementit(Fe3C)ga nisbatan chidamli xrom karbidlari hosil bo'ladi. Tajribalarning ko'rsatishicha legirlangan po'lat tarkibida Cr > 10 % bo'lganda, (CrFe)23C6 tarkibli karbid hosil bo'lib, vodorodli yemirilishga chidamliligi (CrFe )7C3 tarkibli karbidga qaraganda bir necha marta ortgan .

Boshqacha aytganda ∆G = (Cr23C6) = - 74,4 kj/ mol bo'lib, xrom karbidining barqarorligini ko'rsatadi. Bu qator ∆G (Ti C) = - 173,6 ;

∆G(NiC) = - 136,2 kj/mol qiymatlarga ega bo'lib, metallarning korroziyaga chidamliligiga to'gri keladi. Umuman, po'lat tarkibidagi barcha uglerodni to'liq MexCy tarkibli karbidga aylanishga yetadigan miqdordagi legirlovchi qo'shimcha qo'shilganda uning vodorodli korroziyaga chidamliligi me'yorga yetadi .

2. Po'lat sirtini plakirlash yoki vodorodni kam singdiruvchi metall qoplami (futerovka) bilan qoplash . Bunday hollarda, asosan ikki qavatli (08X 13 va 12X 18Ni 10Ti) po'latlardan foydalaniladi. Bu choralar tufayli metall sirtiga diffuziyalanadigan vodorod miqdori kamayib uning agressiv ta'sirlashuvini pasaytiradi. Himoyalanishda vodorodni singdirishi va vodorod bilan asosiy metalni ta'sirlashuviga ko'ra 3 xil plakirlovchi qatlam bo'lishi mumkin:

  • vodorodni kam singdiruvchi va metall asosi bilan ta'sirlashmaydigan metall qatlami (mis, oltin, kumush );
  • vodorodni kam singdiruvchi, lekin metall asosi bilan mustahkam qattiq eritma (qotishma ) hosil qiladi (alyumini, nikel, xrom... ).
  • vodorodni ko'p singdiradi va metall asosi bilan qotishma hosil qiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin