4-mavzu: Nizo, uning mazmuni va turlari Reja



Yüklə 44,55 Kb.
səhifə1/15
tarix07.06.2023
ölçüsü44,55 Kb.
#127899
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4-ma\'ruza


4-mavzu: Nizo, uning mazmuni va turlari
Reja:

  1. Nizo haqida tushuncha. Nizo turlari.

  2. Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar.

  3. Shaxs toiflari va ularning xislatlari.

  4. Konflikt signallari haqida ma’lumot.

  5. Konflikda g‘oliblik strategiyasi.

  6. Konfliktdan qochish taktikasi.

Tayanch so’z va iboralar: nizo, pedagogik nizo, ijtimoiy nizo, tarkibiy qism, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, g’oya, konflikt manbalari, shart-sharoitlar, nizo turlari, shaxs toifalari, shaxs xislatlari, konflikt signallari, munosabat, kelishmovchilik, inqiroz, tomonlar orasidagi tanglik, hasadgo’ylik, ayrmakashlik, tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, g’oya, konflikt manbalari, shart-sharoitlar
ADABIYOTLAR:

  1. Ahmedova M.T.Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.

  2. Ansupov A.Ya. Osnovi konfliktologii. –M.: 1998;

  3. To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar еchimi. Manual. –T.: 2008.

  4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.

  5. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.

  6. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

  7. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.

Nizo(konflikt)lar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo‘q. Faqat nizolarni boshqarish, ularning еchimini topishga o‘rganish lozim.
Nizolar toifaologiyasi, ya’ni uning o‘ziga xos toifalarga, ko‘rinishlarga bo‘linishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. Chunki har bir real konflikt faqat uning o‘zigagina hos bo‘lgan xususiyatlardan iborat bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, nizolarni o‘xshash guruhlarga ajratib o‘rganish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Ammo nizolarni biror to‘xtamga, biror ijobiy natijaga keltirish usullari jihatidan ba’zi umumiy qoidalar va tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to‘g‘risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo‘lgan insonga nizodan foydalanish texnologiyasi to‘g‘risida gapirish foydasizdir.
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli sub’ektlar individ, guruh, o‘z-o‘zi bilan ichki nizolar holatlarida bo‘ladi.
"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o‘rtasida katta farq bor.

Yüklə 44,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin