4-Mavzu: Rangli metallar. Rangli metallar qotishmalari. Rangli metall ishlab chiqarish. Mis va uning qotishmalari. Reja: Latunlar


O‘tamustaxkam kam uglerodli po‘latlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/25
tarix18.04.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#115361
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
konstruksion

O‘tamustaxkam kam uglerodli po‘latlar

Kam uglerodli po‘latlarning aosiy guruxlaridan bo‘lib o‘tachidamli kam uglerodli po‘latlar xisoblanadi (HSLA). Ularda ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud, bulardan mis, vanadiy, nikel va molibden umumiy xisobda 10% massa ulushini tashkil etadi. Bu materiallar oddiy qora metallarga nisbatan ancha yuqori mustaxkamlik xossalariga ega. Bu materiallarning ko‘pchiligi termik ishlov yordamida mustaxkamlik chegarasini 480 MPa (70000 funt/dyuym2) gacha ko‘tarish mumkin. Bundan tashqari ular plastikligini saqlagan xolda onson shaklga keltirilishi va dastgoxlarda ishlov berish imkoniyatiga ega. Xuddi shunday qotishmalarning bir nechtasi haqida 2.1 jadvalda keltirilgan.

Odatiy sharoitlarda HSLA po‘latlari qora metallarga nisbatan korroziyaga ancha chidamli. Ular odatda qora metallarning mustaxkamligi etarli bo‘lmagan xollarda ishlatiladi (masalan, ko‘priklarni konstruksiyalashda, bashen, ustunlar kolonida, ko‘p qavatli binolarni qurishda va bosim ostida ishlovchi buyumlarda). O‘rta uglerodli po‘latlar

Bu guruhdagi po‘latlar tarkibida 0,25 dan 0,6 % gacha uglerod bo‘ladi. Bu po‘latlarning mexanik xossalarini termik ishlash yo‘li bilan oshirish mumkin, toblash va bo‘shatish orqali strukturasini austenit shakliga keltirish mumkin. Ular doim bo‘shatish amali bajarilgandan so‘ng ishlatiladi, bunda ulurning strukturasi bo‘shatilgan martensitdan tashkil topadi. Qora o‘rta uglerodli po‘latlar termik ishlash orqali mustaxkamlanishi mumkin va juda tez sovutish orqali toblanib mustaxkam qatlam xosil qila oladi, biroq qatlam qalinligi unchalik yuqori emas. Bu po‘latlarga xrom, nikel va molibden qo‘shilishi oqibatida ular, termik ishlovga moyil bo‘la boshlaydi, buning natijasida ulardan turli mustaxkamlikka va plastiklikka ega materiallar tayyorlash mumkin bo‘ladi. Bu guruh materiallari temiryo‘l g‘ildiraklari, traktorlar, tishli g‘ildiraklar, tirsakli vallar va yuqori mustahkamlikni, eyilishbardoshlikni, zarbiy qovushoqlikni talab qiluvchi turli mashina qurilmalarini yasashda qo‘llaniladi. Bu guruhga tegishli bir nechta materiallarning tarkibi 13.2.a jadvalda keltirilgan. Bu erda qotishmalarning nomlanish prinsipiga biroz sharx berish lozim. Po‘lat va boshqa qotishmalarning klassifikatsiyasi va spetsifikatsiyasi uchun javobgarligi (AISI) Amerika temir va po‘lat institutiga, (SAE) Avtomobil sanoatining injenerlar uyushmasiga, (ASTM) Amerika materiallarni sinash uyushmasiga yuklatilgan1. Yuqori uglerodli po‘latlar

YUqori uglerodli po‘latlar tarkibida 0,60 dan 1,4 % gacha uglerod bo‘ladi. Bu materiallar anchagina qattiq, yuqurimustaxkam lekin xech qanday plastiklikka ega bo‘lmagan po‘latlardir. Ular deyarli har doim mustaxkamlangan va bo‘shatilgan xolatda ishlatiladi. SHu bilan birga ular yuqori eyilishbardoshlikka ega, ulardan o‘tkir qirrali buyumlar tayyorlash mumkin. Ular asboblar tayyorlashda va shakl beruvchi golovkalar yasashda qo‘llaniladi, Legirlovchi elementlar sifatida xrom, vanadiy, volfram va molibden qo‘shiladi. Ushbu qo‘shimchalar uglerod bilan birgalikda juda qattiq va eyilishbardosh karbiqdalrni xosil qiladi (Cr23C6, V4C3, WC).


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin