Nazariy savollar:
1. Kam uglerodli po‘latlar haqida malumotlar bering.
2. O‘rta uglerodli po‘latlar haqida malumotlar bering.
3. Yuqori uglerodli po‘latlar haqida malumotlar bering.
9-Mavzu:Metallarning kimyoviy va texnologik xossalari.
Reja:
Metallarning kimyoviy xossalar
Texnologik xossalari
Metal va qotishmalar
Metallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdano‘zgaradi va bu o‘zgarishlar korroziya deb ataladi.Korroziya turli metallarda turlicha ro‘y beradi: temir zang-laydi, misning ustki qismi ko‘karadi, qo‘rg‘oshin xiralashadi,aluminiy qorayadi va hokazo.Ko‘p metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalariyuqori haroratda o‘zgaradi. Metallar oksidlanganligi sababliham korroziyaga uchraydi.Yuqori darajada qizdirilganda oksidlanmaydigan metallarissiqlikka chidamli metallar deb ataladi.Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘ztuzilishini saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda hamdeformatsiyalanmaslik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallaro‘tga chidamli (olovbardosh) metallar deb ataladi.Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi.Bunday ta’sirlarga chidamli metallar kislotaga, tuzga, ishqorgachidamli metallar deb ataladi.Metallarning mexanik xossalariMetallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchan-lik, plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metallnamunalari tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi.Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi,chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘z-gartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta.Sharchaning namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metallshuncha yumshoq va aksincha bo‘ladi.Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroqjismni botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlikmetallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyatdetallar tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi.Metall qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘pkuch talab etiladi.
Qotishmalarning xossalariIkki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilanolingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misolsifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy vaboshqalarni keltirish mumkin.Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarningkukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu-yumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilanham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall-keramik detallar shu yo‘sinda olinadi.Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlariningdiametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanishharoratiga ko‘ra: mexanik aralashma, kimyoviy birikma vaqattiq eritmaga bo‘linadi.Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlarikristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiqholatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgankristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlarikristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday ele-mentlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviybirikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pinchametall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa,sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilanqattiq eritma hosil qiladi.Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysielementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element eri-tuvchi element deb, kristall panjarasi saqlanmagan element esaeruvchi element deb aytiladi va A (B), A — erituvchi, B —eruvchi deb nomlanadi.Qotishmalar tarkibiga kirgan elementlarning o‘zaro muno-sabatlariga ko‘ra, elementlarning eruvchanligi turlicha bo‘ladi.Misda nikel, nikelda mis xohlagancha eriydi. Metallarning turli usullarda texnik talablarga javob bera
oladigan darajada payvandlanish xususiyatiga payvandlanuvchanligi
deyiladi. Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, strukturasiga, payvandlash usuliga, rejimiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Odatda, metallarning
payvandlanuvchanligini aniqlashda bostirilgan chok puxtaligi payvandlanadigan metall puxtaligiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar (g‘ovaklik, darz, toblanish) hollar
bo‘lmay payvandlanayotgan metallar puxtaligiga yaqin borsa, bunday metallar yaxshi payvandlanuvchan hisoblanadi. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar tayyorlashda
asosiy material sifatida po‘latlardan foydalaniladi. Aniqlanganki, tarkibida uglerodi 0,25% kam bo‘lgan uglerodli va kam legirlangan po‘latlar barcha payvandlash
usullarda yaxshi payvandlanadi. O‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda chokka
yondosh zonada toblangan struktura, chok metallda kristallizatsion darzlar berishi sababli cheklangan holda payvandlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ko‘p uglerodli po‘latlar
esa yomon payvandlanadi. Agar bunday po‘latlami payvandlashga zaruriyat bo‘lsa, avvalo, payvandlanuvchi buyumlarni 300–450° С gacha qizdirib, payvandlab bo‘lingach termik
ishlanmog‘i kerak. O‘rtacha va ko‘p legirlangan po‘latlarning issiqlik o‘tkazish va issiqlikdan kengayish koeffitsiyentini kam uglerodli po‘latlardan pastligi payvand lashda o‘ta qizib, havoda sovishida karbidlar hosil bo‘lib, qattiqligi ortadi va bu hol darz ketishiga ham olib kelishi mumkin. Po‘latlarda legirlash elementlarni ortishida
payvandlanuvchanligi yomonlashadi. Shu sababli bu po‘latlarni payvandlashda, avval, ma’lum temperaturagacha qizdirib, payvandlab bo‘lingach termik ishlovlarga berilishi
lozim. Barcha cho‘yanlar esa yomon payvandlanadi. Ularda nuqsonlar (darzlar, kemtik joylari, katta g‘ovakliklar va boshqalar) uchraydi. Payvandlashda havoda sovishida chokda va chokka yondashgan joyi toblangan bo‘lishi natijasida, darz ketishi asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Cho‘yanlar xilini ko‘pligi va xossalarini xilma-xilligi sababli payvandlash usulini to‘g‘ri tanlash muhimdir. Cho‘yan quymalardagi nuqsonlarni payvandlab tiklashda qator usullar bo‘lib, bularning ichida payvandlanuvchi quymani qizdirib payvandlash va
qizdirmay payvandlash usullaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |