Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar
tarkibida kremniyning miqdori 4–13% gacha bo‘lib, undan tashqari ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossa-lari bilan xarakterlidir. Masalan, dvigatel silindr bloklari, karterlari, compressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi. Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo‘lib, ular haqida ma’lumotlar tegishli GOSTlarda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |