4-sinf matematikadan integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish texnologiyalari mundarija



Yüklə 89,98 Kb.
səhifə1/7
tarix18.11.2023
ölçüsü89,98 Kb.
#132742
  1   2   3   4   5   6   7
4-SINF MATEMATIKADAN INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYALARI


4-SINF MATEMATIKADAN INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYALARI


MUNDARIJA KIRISH.................................................................................................................
  1. BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMGA INTEGRATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI


1.1 Umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quv fanlaridagi integratsiya jarayonlarining tarixiy-tadrijiy rivoji...............................................................................................
1.2Integratsiya-tafakkurni rivojlantiruvchi omil ekanligi.............................


  1. BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMGA INTEGRATSION YONDASHUV TIZIMI


    1. Boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiya qilish omillari................................




    1. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasi.......................................



XULOSA .....................................................................................................................


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..............................................














KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “O‘zbek modeli” - o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy kismidir. Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg‘or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha aytganda, bu dastur o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat'iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan”1.

Barkamol yetuk shaxsni tarbiyalash, Respublikamizda kadrlar tayyorlashni davr talablari darajasiga ko‘tarish, ta'limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mexanizmini yaratish, uning mazmunini takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardagi ta'lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan uning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar bo‘limida ta'lim oluvchilardagi layoqatni ma'lum shart-sharoitlar asosida qobiliyat darajasiga ko‘tarish zarurati alohida qayd qilinadi. Bugungi kunda ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida o‘qitish darsga va darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish muhim vazifa ekanligi ko‘rsatilgan.
Respublikamizda ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta'lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta'limning hozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi ahamiyatli g‘oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta'limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Integratsiya-ayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir. “Integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur o‘stirish omili sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta'lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qildik.
Professor R.A.Mavlonova shunday yozadi: “Integratsiya – “butun” degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. «Integratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish,
«integer» butun so‘zidan kelib chiqqan2.
Ma'lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» e'lon qilingandan buyon o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta'limda 10 taga yetdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi.
Prezident I.A.Karimov 2013 yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan ma'ruzasida: “Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta'lim-tarbiya va sportning o‘rni va ta'sirini yanada kuchaytirishda bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr – bu boshlang‘ich sinf davridir,3- deb, ta'kidlaganliklari, muammo doirasida o‘rganilgan ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili pedagogika fani va amaliyotida

boshlang‘ich ta'limda integratsiya muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi.



Yüklə 89,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin