Tushuncha mantiq kategoriyalaridan biridir. Tushuncha ob’ektiv borliqning umumiy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha tafakkurning asosiy bir shakli hisoblanadi. Tafakkur uch shaklda: tushuncha, muhokama va xulosa shakllarida o‘z ifodasini topadi. Tushuncha predmet va voqea-hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Muhokama predmet va voqea-hodisalarning tasdiq, yo inkor shaklida o‘zaro aloqa va munosabatlarini ko‘rsatadi. Xulosa ham fikrlash jarayoni bo‘lib, bir yoki bir necha muhokamada yangi bir muhokamaga kelishdir. Masalan: ruchka-yozuv quroli, suv-ichimlik.
So‘zlar nutq tovushlaridan (ol, ich) ba’zan bir tovushdan (u,o) iborat bo‘ladi, Fikrning ro‘yobga chiqishi, tafakkurning almashuvi gap vositasida yuz beradi. Har bir so‘z ma’noga ega bo‘lishi kepak.
So‘z ma’nosi nima? Predmet va voqea-hodisalar yoki ular orasidagi munosabatning kishi ongida aks etishi so‘zning ma’nosi deyiladi. So‘zlarning ma’no turlariga ko‘ra guruhlanishi:
1.Nomlovchilar: ot, sifat, son, fe’l, ravish
2. Ifodalovchilar: undov, yuklama, ko‘makchi, modal so‘z
3. Ko‘rsatuvchilar: olmosh, bog‘lovchi.
Bulardan birinchisi leksikologiyaning tekshirish ob’ektidir.
So‘z o‘z vazifasini grammatik shakllangandagina ro‘yobga chiqaradi: "Biz universitetda o‘qiymiz" gapi grammatik shakllarisiz "Biz, universitet, o‘qi" holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so‘zning mohiyatini tushunmoq uchun uning fonetik: semantik grammatik tomonlariga e’tibor berish kerak.
Shunday qilib, ma’lum tovush yoki tovushlar kompleksidan iborat bo‘lib, ma’no yoki ma’nolar tizimini ifodalaydigan grammatik butunlikka so‘z deyiladi: kitob, ruchka, paxt.
So‘z ajralmas uch tarkibiy qismdan iborat. 1. So‘zning sema tarkibi. 2. So‘zning fonetik tarkibi. 3. So‘zning morfolok tarkibi. So‘zning semantik tarkibi shu so‘zga xos ma’no yoki ma’nolar va qo‘shimcha ma’nolardan iborat. Boshqacha aytganda, so‘z denotativ (atama) va koniotativ (qo‘shimcha ma’no) ma’nolar yig‘indisidan iborat. Bas, shunday ekan, leksikologiya bevosita semasiologiya bilan bog‘liq.
So‘zning ma’no tarkibi va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi soha semasiologiya deyiladi.
So‘zning ma’nosi va semantik tarkibi boshqa-boshqa hodisadir. So‘zning ma’nosi deganda, shu so‘zning u yoki bu bitta ma’nosi anglashiladi, Masalan: kitob-so‘zining ma’nosi o‘quv quroli, non-oziq-ovqat. So‘zning ma’no tarkibiga uning o‘z yoki ko‘chma, bir yoki ko‘p ma’nosi hamda ekspressiv hissiy ma’nolari kiradi: Masalan: Bosh, qosh, go‘zap.
So‘zning ma’no tarkibini o‘rganishda keyingi davr tilshunosligida komponent tahlil metodi vujudga keldi. Buning o‘zbek tiliga tadbiq etilishida prof. I.Qo‘chqortoev. Sh. Rahmatullaev, H.Ne’matov, R.Rasulovlar katta rol o‘ynaydi. Ular tomonidan O‘zbek tilshunosligida komponent taqlil usuli tadbiq etildi. Komponent tahlil metodida bir so‘zning turli semalari tahlil etiladi va uning valentligi aniqlanadi. Masalan: tuz leksemasining oq, kristall, sho‘r, ovqatga solinadigan ximiyaviy element semalari mavjud. Chog‘ishtiring: Non sindi. Non-qattiq, qattiq narsa sinadi. Suv sindi: suv-yumshoq bu sinmaydi. Demak, non va suv so‘zlari "qattiq" va "yumshoq" semalari valenlligiga ko‘ra farqlanadi. Bu hodisa uslubiyat uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
So‘z va uning ma’no tarkibini izchil o‘rganish tilga yaxlit bir tizim (sistema) sifatida qaralgandagina amalga oshishi mumk in
O‘zbek tilshunosligida tilga sistema (tizim) sifatida yondashish, asosan, 80-yillardan paydo bo‘ldi. Hozir tilshunoslikdagi eng ilg‘or metod sifatida rivojlanib bormoqda. Bu o‘rinda til leksikasining sistem qurilishi haqida ma’lumot berish lozim.
Sistem qurilishning mohiyati shundan iboratki, til strukturasida so‘zlar izohli yoki ters lug‘atlarda joylashgani kabi tasodifiy belgilar (masalan, alfavit shaklida) asosida emas, balki so‘zlar orasidagi ma’no hamda vazifa o‘xshashliklari asosida ma’lum guruhlarga-leksik semantik guruhlarga (to‘dalarga) (LSG) birlashgan holda yashaydi. Masalan o‘zbek tilida shaxsni yosh xususiyati jihatidan baholovchi LSG o‘z ichiga: ninni, chaqaloq, go‘daq norasida, bola, qiz, o‘g‘il, o‘smir o‘spirin, yigit, juvon, keksa, qariya, chol, kampir, kabi so‘zlarni' asliy sifatlarning ijobiy baho LSGi: yaxshi, tuzuq durust chiroyli, suluv, go‘zal, zebo, ko‘rkam, ajoyib, ajib kabi so‘zlarni oladi.
Bir LSGga kiruvchi so‘zlarning ma’no va vazifalarini aniqlashda ular tarkibidagi integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar muhim rol o‘ynaydi. Boshqacha aytganda, so‘zning ma’nosi va ma’no tuzilishi turlicha integral va differensial semalar yig‘indisidan iborat.
So‘z ma’nosi (semema)ning kichik tarkibiy qismlari semalardir.
Tabiiy moddalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ularni tashkil etuvchi elementlarga bo‘lingani kabi (chunonchi, suv H2O, tuz-NaS!) so‘zning ma’nosi ham yaxlit bir butun ko‘rinsa-da, bu nisbiy bo‘lib, u tarkibiy qismlarga-semalarga bo‘linadi.
So‘z ma’nosi (semema) nutqda muayyan sema "qobig‘iga yashirinadi" va bu sema nutqda asosiy yetakchi sanaladi. So‘z ma’nosi (semema) tarkibida boshqa semalar bilan o‘zaro bog‘lanib o‘ziga xos mikrosistemasini tashkil qilib so‘z ma’nosining yaxlitligini ta’minlaydi. M: aka va opa so‘zlari bitta element (semasi) bilan, ya’ni biri erkak biri ayol jinsiga xos shaxsni ifodalashi bilan farqlanadi. Bu so‘zlarda farklovchi -differensial sema jins. Ammo "qon-qarindoshlik", "bir ota-onadan tug‘ilish", "yosh jihatdan kattalik", "bir avlodga mansublik" umumiy (integral)likni bildiradi.
Bir kimyoviy element rang-barang moddalar tarkmbida uchrab turgani kabi ayrim LMGning differensial va integral semalari boshqa LSGlarda takrorlanib turadi. Chunonchi, "Erkak yoki ayol jinsiga mansublik"ni farqlash semasi uka-singil, er-xotin, yigit-qiz, kuyov-kelin, qo‘chqor-qo‘y kabi minglab so‘zlar tarkibida takrorlanadi.
So‘z ma’nosi (sememalar)ning semantik tuzilishini o‘rganishda komponent tahlil metodining ahamiyati katta. Bu metod orqali so‘z ma’nosi, uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlar, bu tarkibiy qismlarning o‘zaro munosabati, til va nutqdagi roli, o‘rni va vazifasi, ahamiyati aniqlaniladi.
So‘z tilda til birligi (leksema), nutqda nutq birligi sifatida o‘rganiladi. So‘zning nutqda o‘rganilishi, uning boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagma tuzishi, o‘z ma’nosini to‘la ochish unun muayyan so‘z va so‘z shakllarini talab etishi valentlik nazariyasining asosini tashkil etadi, So‘z valentligi substantsial-semantik hodisa sifatida so‘z ma’nosi va uning gapda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Valentlik nazariyasi ob’ektiv, muhim va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki u so‘zning ichki imkoniyati, so‘zga xos muayyan semantik xususiyatlarni ochishda muhim rol o‘ynaydi.
So‘zlarning semantik bog‘lanishi bevosita ular semalarining semantik munosabatini yuzaga keltiradi. Biror so‘zning biror boshqa so‘z bilan birikishi uning semantik imkoniyatiga ko‘ra sodir bo‘ladi.
Chog‘ishtiring: suv so‘zida "yumshoqlik", "suyuqlik" semalari mavjud. Shuning uchun ham u "ichmoq" fe’li bilan bevosita birika oladi. Chunki "yumshoq" va "suyuq" narsalar ichilish imkoniyatiga ega.
So‘zlar orasidagi semantik munosabat esa bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi, ya’ni sintaktik konstruktsiyalar tuziladi. Chunki sintaktik munosabat asosida semantik munosabat yotadi. Bu o‘z navbatida semantika va sintaksisning o‘zaro dialektik bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Ammo shu narsani ta’kidlash joizki, sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, balki valentlikdan sintaktik aloqa kelib chiqadi.
Valentik va sintaktik aloqaga xos xususiyatlarni aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
Valentlik-ichki imkoniyat, potentsiya bo‘lsa, sintaktik aloqa uning voqe bo‘lishidir.
Valentlik–til birligi bo‘lsa, sintaktik aloqa nutq birligi.
Valent1ik–mohiyat bo‘lsa, sintaktik aloqa hodisadir.
Valentlik–umumiy bo‘lsa, sintaktik aloqa xususiydir.
Valentlik–zarurat bo‘lsa, sintaktik aloqa tasodifdir.
Xullas, so‘z valentligi va sintaktik aloqa o‘zaro bog‘liq, bir butun, ajralmas, ayni vaqtda har biri nisbiy "mustaqil" bo‘lgan faol lingvistik hodisadir.
Valentlik nazariyasi so‘zlar orasidagi mantiqiy munosabat mohiyatini bilishda, turli sintaktik birliklarning hosil bo‘lish mexanizmini ochishda katta ahamiyatga ega.