4-sinf “O‘qish kitobi”dagi badiiy matnlarda qo‘llangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida ishlash Bajardi



Yüklə 63,05 Kb.
səhifə8/12
tarix19.05.2023
ölçüsü63,05 Kb.
#127259
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi ko\'chma ma\'no q

Tom ustida pashmak tolqon,
Kappa-kappa yesammi?
Tarnovlarda chak-chak oqqan,
Suvni sharbat desammi?
Bu bandda pashmak va tolqon so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Pashmak so‘zining asl ma’nosi tola-tola qilib tayyorlanadigan holva. Tolqon so‘zining ma’nosi esa biror narsaning yanchib, maydalangani. Shoir qorni shirin tolqonga o‘xshatyapti.
Sumalaklar shokilasi,
Novvot bo‘lib qotibdi.
O‘rik tutning shox,novdasi,
Nisholdaga botibdi.
Bu banddagi shokila, novvot va nisholda so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Shoir sumalaklarning qator tizilib turganini shokilaga qiyoslagan. Bizga malumki, suv muzlaganda novvotga o‘xshab qattiq va shaffof bo‘lib qoladi. Shoir bu o‘rinda ham juda mos o‘xshatish topgan. Nisholda esa bilamizki, oq rangli quyuq shirinlik. Haqiqatan ham qishda daraxtlarning shoxi nisholdaga botirib olinganday ko‘ri-nadi.
Qor qiyomin shimib shudgor,
Semirar qishi bilan.
Chigit eksak dovrig‘i bor,
Paxtakor ishi bilan.
Bu bandda qiyom va semirmoq so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Qiyom asli shakarni eritib tayyorlanadigan suyuqlik. Shoir qor suvining tuproq uchun qanchalik foydali ekanligini qiyom so‘zi orqali ifodalamoqda. Semirmoq so‘zi esa bu yerda ko‘pchimoq, yetilmoq ma’nolarini ifodalagan. Ya’ni qor qiyomini shimigan yer ko‘pchib, yetilib ekishga tayyor bo‘ladi va hosildorligi oshadi.


Ish ham shirin, qish ham shirin,
Go‘zal har bir faslimiz.
Kuyim jo‘shqin ! Aytsam sirin,
Zavq bergan hur xalqimiz
Bu bandda shirin so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, yoqimli degan ma’noni anglatadi. Shoir yuqoridagi “shirin” tasvirlarni umumlashtirib, qish ham shirin demoqda.

2.2. 4-sinf o‘qish darslarida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ustida ishlash


Boshlang‘ich sinflarda so‘zning ko‘chma ma’nosi ustida ishlash jarayonini ikki bosqichga ajratish mumkin:
1.O‘quvchilarga so‘zning ko‘chma ma’nosini tushuntirish.
2.O‘quvchilarni so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llashga o‘rgatish.

Yüklə 63,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin