4-SINFDA GEOMETRIK MAZMUNDAGI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI modemlar-signallarning-modulyasiya-va-demodulyasiyasi, солик аксевирка, лекция 8 русча, Destination B1 tarjimalari, \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish., \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish. (1), Qutb koordinatalar sistemasi, 2.LESSON-2 YOQUBOV.O1, 2-кайта тапсырыу, Server va ishchi stansiyaning tushunchasi, gender, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim., Ruziyev Ilkhom Referat ishi
1.2. Geometrik materialni o’rganishga oid standart va dasturning tahlili. Matematik ta'lim standarti deganda o’quvchilarning matematik tayyorgarliklariga qo’yiladigan talablar tizimini aks ettiruvchi hujjat tushuniladi.
Standart I-IV sinf o’quvchilarining boshlang’ich matematik tayyorgarliklari bo’yicha yakuniy talablarni belgilaydi. Talablarni ifoda etish berilgan bosqichda ta'limning asosiy masalalarini tavsiflash bilan amalga oshiriladi, bu maktabda matematikani o’qitishning umumiy maqsadlarini oydinlashtiradi.
Standart bo’yicha boshlang’ich sinf o’quvchilari geometrik material ustida quyidagi amaliy ishlarni uddalay olishlari kerak.
1-sinf.
-kesma uzunligini chizg’ich yordamida o’lchash va natijalarni metrlarda, detsimetrlarda, santimetrlarda yozishni;
-chizg’ich yordamida berilgan uzunlikdagi kesmani yasashni;
-rasmlarda, modellarda, atrofdagi buyumlarda eng sodda geometrik shakllarning: uchburchak, doira, kvadrat, to'rtburchak, kesmalarni topa olishni: bu shakllarni farqlay olishni.
2-sinf
-sirkuldan foydalanib aylana va doira chizishni.
-ko’pburchakning perimetrini va to’g’ri to’rtburchakning yuzini topish.
3-sinf.
-o’rganilgan geometrik shakllarni nafaqat alohida, balki boshqa shakllar bilan uyg’unlikda namoyon bo’luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar, rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olishni.
-chizg’ich yordamida kesma uzinligini (to'g'ri to’rtburchak tomonlari uzunliklari yig'indisini) o'lchashni va berilgan uzunlikdagi kesmani chizishni.
4-sinf.
-kesma uzunligini o’lchashni, berilgan uzunlikdagi kesmani yasashni, kesma uzunligini ko’z bilan "chamalab" aniqlashni.
-chizmachilik qurollari (chizg’ich, uchburchakli chizg’ich, sirkul) yordamida to’g’ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak, aylanalar yasashni
-to’rtburchakning perimetrini, to’g’ri to'rtburchakning yuzini va birlik kvadratlardan tashkil topgan shaklning yuzini hisoblashni.
Dastur, standart talablari asosida tuziladi.
Geometrik material (algebraik material singari) dasturda mustaqil bo’lim sifatida o’qitish jarayonida ajratib ko’rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalar imkon bo’lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish xatida ko’rsatilganidek, geometriya masalalarini bayon qilishda bu materialni kurs materialiga kiritish maqsadlarigi bo’ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak.
Dastur bolalarda fazoviy tasavvurlarni o’stirish uchun geometrik ma'lumotlarga hamda mashqlarga ham kerakli e'tibor qaratadi.
Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallar bilan ishlashdan asosiy maqsad o’quvchilarga to’g’ri chiziq kesmasi, burchaklar, shakllar, (uchburchak, to'rtburchak, ko'pburchakning aniq ko’rsatmali tasvirini berish, shakllarning ba'zi xossalarini ko’rib chiqish va bu bilimlardan bolalarning uzunlik va yuzlarini o’lchay olish malakalarini egallashda foydalana olishni ta'minlashdan iboratdir.
Dasturda ko’rsatilishicha geometrik materialni o’zlashtirish jarayoni boshidan oxirigacha faol, aniq va ko’rgazmali bo'lishi, amaliy mashqlardan keng foydalanishi kerak. Bunda o’quvchilar tayyor geometrik shakllar bilan ish olib bormay, balki qirqish, yelimlash, cho’plar bilan ishlash, modellashtirish, chizmachilik, qog'oz varag’ini buklash orqali shakllar hosil qilish kabilardan foydalangan holda o’zlari ham shakllarni chizmalardan (xususan qachonki tanish shakl murakkab shaklning elementlaridan biri bo’lsa) va atrof-borliqdan taniy olishlari, yasay bilishlari ham kerak. Geometrik material ko’pincha qaralayotgan arifmetik qonuniyatlar, bog’lanish va aloqalarning aniq ko’rgazmali illustratsiyasi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng qismlarga bo’lingan ko’rgazmali tasviri ko’paytirishning o’rin almashtirish qonunini namoyish uchun qo’llaniladi va h.k.) Biroq bu arifmetik matrial bilan bevosita bog’lanmaydigan geometrik mashqlarni bajarishni inkor etmaydi.
Taqdim etilayotgan dastur bo’yicha ishlashda shuni nazarda tutish kerakki, dasturda berilishi mumkin bo’lgan bilim, ko'nikma, malakalar asosan darsda o’qituvchi yordamida egallanishi kerak.
Dasturda sinflar va mavzular bo’yicha amaliy ishlar izchilligi ko’rsatib berilgan.
1 -sinf.
I. Narsalarning xossalari va narsalarning guruhlari. Geometrik mazmundagi amaliy ishlar (Biz buni keyingi o’rinlarda G.A.I. shaklida belgilaymiz)
-narsalarni o’lchamlari bo’yicha taqqoslash: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo'g'on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam fazoviy tasavvurlar, narsalarning o’zaro joylashuvi: ustida-ostida (baland-past), chapda-o'ngda, (chaproq-o'ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va h.k.
-harakat yo'nalishi: chapdan o’ngroqqa, o'ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga.
II.1 dan 5 gacha bo’lgan sonlar.
Raqamlash.
G.A.I.
-bitta, ikkita, uchta, to’rtta, beshta tayoqchadan har xil shakllar tuzish.
III.6dan 10 gacha bo’lgan sonlar.
0 soni.
G.A.I.
-shartli o’lchov asbobi yordamida narsalarning uzunligini o’lchash.
Rivojlantiruvchi amaliy mashq (Biz buni keyingi o’rinlarda R.A.M. shaklida belgilaymiz)
-belgilangan tayoqchalar yordamida oddiy shakllar, turli shakllar yasash
IV. 10 ichida qo’shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar.
G.A.I.
-santimetr. Santimetr modelini yasash. Santimetr yordamida kesmaning uzunligini o’lchash. Chizg’ich yordamida berilgan uzunligi asosida kesma chizish.
-kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish.
-kesmalarni chizg’ich yordamida ayirmali taqqoslash.
R.A.M.
-bo’laklardan butunni hosil qilish.
-namuna bo’yicha ketma-ketlikni davom ettirish.
V.Yuzlik 11 dan 100 gacha bo’lgan sonlar. Raqamlash. Geometrik shakllar.
G.A.I.
-santimetrlarga bo’lingan detsimetr modelini yasash. Kesmani santimetrlar, detsimetrlar va metrlarda o’lchash.
-chamalash yordamida 1-2 dm ni qo’lda chizish (chizg’ichsiz)
R.A.M.
-"Tangram" o’yini shakllar yordamida yangi shakllar hosil qilish.
VI.100 ichida qo’shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar.
G.A.I.
-bo’laklardan butunni hosil qilish, butundan bo’laklarni hosil qilish.
R.A.M.
- Boshqotirma. Ko’rsatilgan sondagi bir necha tayoqchani olib tashlab yoki o’rnini o’zgartirib shaklni o’zgartirish.
- Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak bo’laklaridan yangi shakllar hosil qilish.
VII. O’tilganlarni bir tizimga solish va umumlashtirish.
O’quvchilar 1-sinf yakunida quyidagi amaliy ishlarni uddalay olishlari kerak:
- Kesma uzunligini chizg’ich yordamida o’lchash, kesma uzunligini, detsimetrlarda yozish.
- Chizg’ich yordamida berilgan uzunlikdagi kesmani chizish.
- Rasmlardan, modellardan,atrofdagi narsalardan eng soda geometrik shakllar uchburchak, doira, kvadrat, ko'pburchak, kesmalarni topa olish; bu shakllarni bir-biridan farqlash.
2-sinf.
I. 1-sinfda o’tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish.
G.A.I.
-santimetr, detsimetr, metr yordamida kesma uzunligini o'lchash. Berilgan uzunlikdagi kesmani chizish, kesmalarni taqqoslash.
-uzunligi 1 m bo’lgan tasmani tayyorlash.
-sinfda (maktab hovlisida) masofani ko’z bilan 1 m gacha aniqlikda chamalash. Katakli qog’ozda to’g’ri burchak hosil qilish.
R.A.M.
Boshqotirmalar, uchburchaklar va kvadratlardan shakllar tuzish, cho'plarni olish yo’li bilan bir shaklni ikkinchi shaklga almashtirish. Qatorni davom ettirishga doir mashqlar.
II.18 ichida bir xonali sonlarni o’nlik orqali o’tib qo’shish.
G.A.I.
-kesma uzunligini detsimetr va santimetr yordamida o’lchash. Ko’z bilaa chamalab, qo'lda uzunligi l-2 dm bo’lgan kesma chizish.
- Geometrik shakllarning ko’rinishini o’zgartirish.
- Katakli qog’ozda kvadrat (tro’g’ri to'rtburchak) hosil qilish.
R.A.M.
- Namuna bo’yicha berilgan zirh chiziqli shakllarni yasash.
- "Tangram " o’yining murakkablashtirilgan variantlari.
III. 10 ichida bir xonali sonlarni o’nlik orqali o’tib ayirish.
G.A.I.
- geometrik shakllarni yasash. Qismlardan yaxlit shakl tuzish, butun shaklni qismlarga ajratish.
- detsimetr, detsimetr va santimetr, santimetr yordamida kesmalarning uzunliklarini o’lchash.
R.A.M.
Boshqotirma, berilgan sondagi cho’plarni olish yoki o’rnini o’zgartirish yo’li bilan shakllarni o’zgartirish.
Berilgan zirh chiziqlari asosida shaklni qayta tiklash (kvadrat, to’g’ri to’rtburchak qismlaridan
IV. 100 ichida sonlarni xona orqali o’tib qo’shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar.
G.A.I.
- qog’oz varag’ini buklash yo’li bilan to’g’ri burchak hosil qilish.
- to’rtburchakning va har xil ko’pburchaklarning perimetrini topish.
R.A.M.
- cho’plarning o’rinlarini o’zgartirish yo’li bilan bir shaklni ikkinchi shaklga almashtirish.
V-VI. Ko’paytirish va bo'lish. Geometrik shakllar va kattaliklar. Ko’paytirish (bo'lish) G.A.I.