40-umumiy o`rta ta`lim maktabi 1-“A” sinf ota-onalarining yig`ilish BAYONNOMASI № 3 2022 -yil.05.05 JO‘RAK MFY
Qatnashdilar: 30 nafar ota-onalar,
maktab psixologi: Xomidova Muhabbat.
KUN TARTIBI: 1. Yarim yillik hisoboti, III-chorakdagi rejalar.
2. O`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish.
3. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni ota-onalarining munosabati
ESHITILDI: 1-masala yuzasidan sinf rahabri O‘rinboyeva Gulnoza so`zga chiqdi va I yarim yillikda ta`lim tarbiya bo`yicha bajarilgan ishlar haqida hisobotni o`qib berdi. I yarim yillik davomida o`quvchilarni bilim samaradorliklarini aytib o`tdi, bunga ko`ra 1-“A” sinf o`quvchilarining chorak yakuni bo`yicha 12 nafar o`quvchi “5” baholarga,13 nafar o`quvchi “4” baholarga, 5 nafari “3” baholarga yakunladilar. O`quvchilar bilan ota –onalar yordamida metallolom rejasini ham bajarishda yordam berganliklari uchun rahmat aytdi. uchun minnatdorchilik bildirdi.Bundan tashqari III-chorakda bajariladigan ishlar haqida kelishib olindi. Muzokaraga ota-onalardan Ziyayeva Hayotxon so‘zga chiqib farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan ustozlarga minnatdorchiligini bildirdi.
YIG`ILISH QAROR QILADI: 1.2022-2023 o`quv yilining III-choragi mobaynida ta`lim-tarbiya bo`yicha bajariladigan ishlarni davom ettirish O‘rinboyeva Gulnoza zimmasiga yuklatilsin.
2-masala yuzasidan maktab psixologi Xomidova Muhabbat so`zga chiqib o`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish to`g`risida gapirdi. Ota-onalarga o`z tavsiyalarini berdi. Qishki ta`til vaqtida farzandlariga fan to`garaklariga, sport to`garaklariga qatnashishlariga sharoit yaratib berishlarini tushuntirdi.Sinfning jamoatchi o`quvchilarining ota-onalariga minnatdorchilik izhor qildi. Muzokaraga ota-onalar chiqdilar va o`z fikrlarini bildirdilar.
YIG`ILISH QAROR QILADI: 2. Yuqorida bildirilgan fikrlar ma`lumot uchun qabul qilinsin.o`quvchilarni jamoat ishlari va darslardagi yutuqlarini yanada ko`paytirish ishlarini olib borish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.
3-masala yuzasidan O‘rinboyeva Gulnoza so`z olib darslarda past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni darslarga qiziqtirish va bilim samaradorliklarini ko`tarish, ota-onalarning bunga munosabati haqida gapirdi. Uyda farzandlariga dars tayyorlashga sharoit yaratib berilsa, ota-onalar kundalik daftarlarini muntazam nazorat qilib turishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi deb fikr bildirdi.Ota-onalar uyda vazifalarni birga bajarishga, dars tayyorlash uchun sharoit yaratib berish haqida haqida gapirdi. Ta`til vaqtida yong`in chiqishini oldini olish uchun elektr va gaz moslamalarini nazoratsiz ishlatishlari, pirotexnika vositalaridan foydalanish mumkin emasligi haqida uqtirildi.
YIG`ILISH QAROR QILADI: 3. Qish mavsumida o`quvchilarni darslarni qoldirmasliklariga sharoit qilib berish,texnika havfsizligiga rioya qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi:
Kotiba: