5-, 6–, 7–, 8–laboratoriya ishlari triggerli sxemalarni ta’dqiqot etish. Rs, D, jk va t triggerlarni o’rganish. Jk triggeridan t, D, rs triggerlar yasash



Yüklə 87,02 Kb.
səhifə1/6
tarix01.12.2023
ölçüsü87,02 Kb.
#136901
  1   2   3   4   5   6
5,6,7,8-laboratoriya ishi


5-, 6–, 7–, 8–LABORATORIYA ISHLARI


TRIGGERLI SXEMALARNI TA’DQIQOT ETISH. RS, D, JK VA T TRIGGERLARNI O’RGANISH. JK TRIGGERIDAN T, D, RS TRIGGERLAR YASASH



  1. Ishdan maqsad

Triggerlarning asosiy turlarini, sxemalarini va ularning ishlashini o’rganish.



  1. Nazariy ma’lumotlar

Trigger bitta mantiqiy o’zgaruvchini saqlash uchun mo’ljallangan. Shunga ko’ra trigger ikkita mustahkam holatga ega. Ulardan biri 0, boshqasi esa 1 shaklida belgilanadi. Trigger bu ikki holatdan birida bo’la turib, faqatgina tashqi elektr signallarning ta'siri ostida ikkinchi - teskari holatga o’tadi. Triggerning holati uning chiqishidagi kuchlanishidan aniqlanadi.Triggerlar elektron uskuna tugunlarida mustaqil sxema sifatida, bundan tashqari raqamli uskunalar qurilishida bazaviy element sifatida keng qo’llaniladi. Ma'lumotni yozish uslubiga qarab ular asinxron va sinxron triggerlar deb yuritiladi. Asinxron triggerda ma'lumotning yozishi (holatining o’zgarishi) uning kirishlariga tegishli signallar kombinatsiyasi yetib kelishi bilanoq amalga oshirilishini ham hisobga olish kerakki, bu kombinatsiyalar istalgan onda yuzaga kelishi mumkin. Sinxron triggerning holatini o’zgartirish uchun kirish signallaridan tashqari triggerning alohida kirishiga sinxronlashtirish impulsi kelishi zarur.Mantiqiy bog’lanishlarni tashkillashtirish (funksiyalash) bo’yicha RS, D, JK, T va boshqa turdagi triggerlarga ajratiladi, ma'lumotni boshqarish uslubiga ko’ra triggerlar statik va dinamik, bir pog’ona va ko’p pog’onalarga bo’linadi.Ushbu laboratoriya ishida RS, D, JK, T turdagi triggerlar o’rganiladi va tekshiriladi.RS - turdagi trigger ikkita ILI - NE (bevosita kirishli trigger) yoki I - NE (inkor kirishli trigger) mantiqiy elementlaridan iborat o’zaro teskari musbat ulangan va ikkita R va S ma'lumot kirishlariga ega simmetrik strukturani tashkil etadi. S=1 (birlik kirish) va R=0 (nolli kirish) bo’lgandada, trigger chiqishlarida quyidagi signallar hosil bo’ladi: bevosita kirishda Q=1 va inkor (inversiya) kirishda. S=0 va R=1 da chiqish signallari qarama qarshi qiymatlarni qabul qiladi (Q=1, ).
S=R=0 bo’lganda trigger oldingi ta'sirni saqlagan holda o’z qiymatini o’zgartirmaydi. R=S=1 taqiqlangan kombinatsiya hisoblanadi, chunki trigger chiqish signallarining holati bunday paytda noma'lumdir.
Ikkita I-NE elementida tuzilgan asinxron (sinxronlanmaydigan) RS-triggerning sxemasi 1-rasmda keltirilgan.


Yüklə 87,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin