6. Hisobot mazmuni Hisobotda quyidagilar bo’lishi shart: 1) ishning maqsadi; 2) D, RS va JK triggerlarning shartli grafik ko’rinishini va ta'rifini keltirish; 3) haqiqiylik jadvalini to’ldirish; 4) o’qituvchi topshirig’iga ko’ra ikkita trigger ishining vaqt diagrammasi tuzish lozim.
7. Nazorat savollari 1. Nimaga ikki pog’onali D va JK triggerlar universal deb ataladi?
2. SN7474 IS li D -triggerning holati o’zgarishi kirish impuls
ning front yoki srez (ort tomoni) qismidan ro’y beradi?
3. SN7472 IS li JK -triggerning holati o’zgarishi kirish impuls
ning front yoki srez (ort tomoni) qismidan ro’y beradi?
4. JK-trigger necha ishchi rejimga ega?
5. Sinxron kirish signalining qanday qiymatida ikki taktli trigger holati o’zgaradi?
6. Bir pog’onali JK-sinxron triggerda J va K kirishlari bo’yicha ma'lumot yozilishida, R va S o’rnatish kirishlarida signallar qanday qiymatga ega?
7. Ikki taktli sinxron triggerning birinchi va ikkinchi pog’onasi qo’llanishi nimaga mo’ljallangan?
8. Bir pog’onali va ikki pog’onali triggerlar nimada farqlanadi?
9. Asinxron va sinxron triggerlarning farqi nimada?
10. Sinxron triggerlarda qo’shimcha asinxron kirishlar nimaga mo’ljallangan?