5- mavzu. Matnning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalar


Olmoshlar yordamida birikish



Yüklə 74 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü74 Kb.
#140212
1   2
5- mavzu. Matnning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalar

Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi komponenti tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi so’zning keying komponentlarda olmosh so’zlar bilan almashtirilishi tushuniladi.
7
Muhammad Rahimhonning Tozabog’dagi sayilgoh bog’i. Uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amrimahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg’oqlariga marmar o’rnatilgan hon xovuz. Undagi zog’ara baliq, cho’rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib tashlangan nonlami yer, goh biltanglab, j o’ynab sho’ng’ib ketardi. Hovuzning to’rt tomonida yo’g’on I qayrag’ochlar, ponalari qulochga sig’maydi. Xorazmda hovuz desa, I darhol ko’z oldinga katta-katta gujumlar - qayrag’ochlar keladi. Bu daraxtlar go’yo azamat dupni eslatadi. Hovuz labiga husn berib turganlar ham o’shalar. Ularning kichkina-kichkina barglari orasidan quyosh J nurlarin mo’ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini o’zida singdirib, I pastga tanga-tangaday oq shulalarini tushurardi. Ular kishiga orom I beradi. (J.Sharipov).
Ushbu matn tarkibidagi komponentlar zanjirli aloqa usulida munosabatga kirishgan. Dastlabki komponentda bog’ va uning kimga qarashli ekanligi haqidagi axborot keltiriladi. Key in o’sha bog’ning kattaligi hovuz haqidagi informatsiya. Hovuz ichi va atrofi tasviri. Daraxtlar va ular bilan bog’liq tafsilotlar. Mazkur tasvirdan butun bo’lak munosabati anglashiladi. Zanjirli aloqani quyidagi so’z va shakllar ta’minlaydi: bog’ - uning, hovuz - undagi, gujumlar - qayrag’ochlar - bu, o’shalar, ularning, ular, ular. Ko’rinadiki, olmoshlar o’zidan oldin kelgan gaplardagi ot turkumiga mansub so’zlarning o’miga qo’llangan va matn komponentlari o’rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlashtirgan. Hamda ayni so’z takrori bilan yuzaga chiqadigan uslubiy g’alizlikning olidi olingan.
8

«

I
IILXulosa
Biz yuqorida matni qismlarini bog’lovchi vositalami ko’rib chiqdik. Qo’shimcha sifatida takrorlar yordamida birikish, partelyatli tuzilmalar yiordamida birikishni ham keltirishimiz mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida takrorlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Takrorlar nutqning ta’sirchanligini ortiradi.
Turmush tashvishlari,
Turmush tashvishlari,
Biz sendan balandroq tura olsaydik,
Biz sendan balandroq yura olsaydik,
Balki o’ng’ayardi dunyo ishlari,
Turmush tashvishlari,
Turmush tashvishlari.
A.Oripov
Og’zaki nutqda mantda ba’zan muloqot talabiga ko’ra yaxlit bir jumlada uzilishi sodir bo’ladi. So’zlovchi tinglovchiga biror bir xodisa haqida xabar berayotganda mana shu xabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og’zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg’u kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Mantda parteliyatli tuzilmalar - matn komponentlarini ekspressiv - stilistik maqsadga ko’ra qayta tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Masalan, 1. Hurriyat va adolat uchun kurashish kerak. Yoki: 2. Kurashish kerak. Hurriyat uchun. Adolat uchun. Birinchi gap odatdagi tartibda tuzilgan soda gap hisoblanadi. Ikkinchi gap esa parteliatli tuzilma hisoblanadi. Uch komponentli bu qurilmada birinchi qism- asos, qolganlari esa parteliat bo’lak hisoblanadi.
Xulosa o’mida shuni aytish kerakki, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmuman ham bir-birini taqazo qilishi kerak. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo’lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim.
Yüklə 74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin