5-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR. NAMLIK OMILI
Darsning maqsadi: Asosiy abiotik omillarning turlari va ularning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini о‘rganish hamda ekologik guruhlarni aniqlash.
Mashg‘ulot vazifalari:
ekologik omillar va ularning turlarini о‘rganish;
asosiy ekologik omillar va ularning ahamiyatini о‘rganish;
ekologik omillarga nisbatan munosabatiga kо‘ra organizmlarning guruhlarini aniqlash.
Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar:
asosiy abiotik omillar va ularning turlari haqida ma’lumotlar oladi;
ekologik omillar haqidagi bilim doirasi kengayadi;
о‘z ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalari rivojlanadi;
Kerakli material va jihozlar:Turli guruhlarga xos о‘simliklar rasmlari, о‘simlik gerbariylari, chizg‘ich, lupa, mavzuga oid jadvallar.
Nazariy material. О‘simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari Organizmlarning suvga bо‘lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi hamda moslashishlariga kо‘ra tо‘rt guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi (о‘simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar (gigrofitlar, gigrofillar). 3. О‘rtacha namlikda yashovchilar (mezofitlar, mezofillar). 4. Qurg‘oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha о‘simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga kо‘ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda о‘tuvchi, bu guruhga asosan suv о‘tlar kiradi.
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan о‘simliklardir. Suv nilufarlari, g‘ichchak, nayzabarg, о‘qbarg va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bо‘lgan sharoitda yashovchi о‘simliklardir. Ular daryo va kо‘l bо‘ylari, botqoqliklarda, sernam о‘rmonlar va boshqa joylarda о‘sadigan о‘simliklardir.