5.Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho oziqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitamin, baliq yog`i va boshqa maxsulotlar olinadi.
Ovlanadigan baliqlarning 90% ga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Тinch okeanidan 40%, Atlantika okeanidan 45%, Hind okeanidan 10% va Shimoliy muz okeanidan 5% baliq tutiladi.
Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. MDHning suv havzalarida 1000 tur baliq yashasa, shundan 150 turi ovlanadi. Bizda eng muhim ovlanadigan baliqlar seldlar, zog`ora baliqlar, treskalar, lososlar, osetrlar, sudak va hamsadir. Hozirgi vaqtda Rossiyada faol ov, yani yil boyi tutish keng rivojlangan. Buning natijasida baliqchilik korxonalariga baliq uzluksiz kelib turadi.
Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini kopaytirish uchun davlatimiz bir qancha choralarni kormoqda:
1. Baliqlarning kopayish joylarini ximioya qilish.
2. Suv havzalarini ortiqcha loy va suv osimliklaridan tozalab turish.
3. Daryo, kol va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqova suvlardan, neft quyilishidan qoriqlash.
4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi «Baliqchilik tarmog`ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g`risida» gi № 350 va 2004 yil 28 oktabrdagi «Biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish hamda olib kirish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g`risida»gi № 508 sonli qarorlari O’zbekistonda baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlarining biridir.
Oxirgi yillarda Ozbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda Ozbekistonda bir qancha baliqchilik xojaliklarida zog`ora baliq, laqqa baliq, kumushtovon, sharq oqchasi, okhayroq (jyerex), qizilkoz (plotva), ilonbosh, sla (sudak), chortan baliq va boshqalar ovlaniladi.
Ozbekiston Qizil kitobi ga respublikamiz suv havzalarida uchraydigan 84 tur (kenja tur) dan 18 tur mahalliy bakiqlarimiz kiritilgan. Ular to`g`risidagi ma`lumotlar 1-jadvalda o`z ifodasini topgan.
7.1-jadval
Ozbekiston respublikasi Qizil kitobi ga kiritilgan baliqlar