5 Isajon Sultonning,,Alisher Navoiy’’romanida Intertekstuallik



Yüklə 446,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü446,17 Kb.
#134102
1   2   3
5-7 Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romanida Intertekstuallik

6
 
Navoiy’’romanida tarixiy hodisalarning real badiiy ifodasi kuchli,begona matnlardan ko’ra,aynan, 
A.Navoiyning o’z asarlaridan olingan parchalar ko’pchilikni tashkil etadi’’- deydi.Navoiy o’zining 
,,Xazoyin ul-maoniy’’devonini yilning to’rt fasliga monand ,,G’aroyib us-sig’ar’’, ,,Navodir ush-
shabob’’, ,,Badoe ul-vasat’’, ,,Favoyid ul-kibar’’singari nomlar bilan atagani kabi ushbu roman ham 
kompozitsion qurilishi ham xuddi shu nomlardagi ichki qismlarga bo’lingan.,,Badoye ul-vasat’’, 
,,Favoyidu-l-kibar’’qismlaridagi ,, Hamd’’ va ,,Hayrat’’deb nomlangan boblar esa ,,Hayrat ul-
abror’’dostonidan olingan namunalar bilan boyitilgan.Bilamizki,mumtoz adabiyot namunalarining qay 
birini olsak ham,unda dastlab hamd (karami keng Parvardigorni ulug’lash), na’t (payg’ambarimiz 
Muhammad s.a.v ta’riflari) qismlari alohida o’rin egallaydi.Bu romanda ham yozuvchi xuddi shunday 
mumtoz an’anaviylikni Navoiy asarlaridan namunalar keltirish orqali saqlab qolgan va bu ham 
intertekstuallikning go’zal ko’rinishlaridan biridir.(1.200,261)
Romanda mashhur diniy kitoblarning,hadislarning nomlari yosh Alisher va
Sharafiddin Ali Yazdiyning Taft cho’lidagi ajib suhbatidan o’rin olganini ko’ramiz.Bu orqali boshqa 
bolalardan farqli oppoq soqolli qariyaning tanbeh berishidan cho’chimagan yosh Alisherbekning 
chuqur ilmi,teran zakovati namoyon bo’ladi:
,,-Iroqdasiz-ku?-yana kuldi chol.
-Xo’sh,maktab borurmisiz?

Borurmen.

Ne o’qiydursiz?

,,Balog’at’’ va ,,Kalom’’o’qiydurmiz.
-Kitoblaringiz nedur?

,,Mutavval’’, ,,Hoshiyayi tajrid’’ va ,,Sharhi faroiz’’ - Qur’onda qaysi juzga keldingiz?

,,Taborak’’ka

,,Taborak’’emas, ,,Mulk’’,-dedi chol. - ,,Al-Mone’’ham derlarki,mone bo’lguvchidir.Yana ,,Al-
Manjiya’’deb ham ataydilar,najot berguvchi ,qabr azobidan qutqaruvchi.Hatto derlarki,o’qilgani 
qanot qoqqay,qanoti ila bandani to’sib qolgay.Xo’p,mayli,u holda ,bironta kichik sura o’qing-chi’’.
Xalqimizda ,,Ustoz otangdan ulug’’degan naql bor.Buyuk allomalarning ,shu jumladan,Navoiyning 
ham o'z yo'li’i topib , qariyb olti asrdan buyon jahonga mashhur asarlar yaratishida ustozlarining o’rni 
va hissasi beqiyos.Navoiy hijriy 890-yil bahorida Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan xamsachilik 
an’anasini davom ettirib, ,,Xamsa’’ni tugallar ekan,uni birma-bir ustozlariga taqdim etadi.80 yoshni 
qoralagan keksa mudarris Abu Abdullohiy bilan bo’lgan uchrashuvda keyinchalik Navoiyning ,, 
Mahbub ul-qulub’’asaridan ham o’rin olgan
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.(1.295)
Hikmatiga doimiy rioya qilishi,ustoz-shogirdlik munosabatining go’zal namunasini ochib berishda 
intertekstual birlik sifatida kiritilgan.
Romanda F.Attorning ,,Mantiq ut-tayr’’, Shabustariyning ,,Gulshani roz’’,Shayx Suhravardiyning 
,,Lam’aot’’i kabi kitoblardan ham bir qancha hikoyatlar keltiriladi.Ularning har biri asar voqealariga 
mos g’oyalarni ochib berishda muhim ahamiyat kasb etgan.Yozuvchi F.Attordan quyidagi baytlarni 
keltirar ekan:
,,Ofarinlar unga,ul Yazdoni pok,


Journal of Education, Ethics and Value 
Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 

Yüklə 446,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin