5 kun (dushanba-juma kunlari)



Yüklə 13,35 Kb.
tarix27.07.2023
ölçüsü13,35 Kb.
#128599
Mening farzandimga Prezident maktabida

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 4-sinf

Mening farzandimga Prezident maktabida o’qish uchun kirish imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berishingizni so'rayman.
Prezident maktabi maktab-internat shaklida tashkil etilishi to’grisida ma’lumot oldim hamda farzandim 5 kun (dushanba-juma kunlari) davomida maktab hududida qolib o'qishiga qarshi emasman.
Men taqdim etgan barcha ma'lumotlarning to'liq va haqqoniy ekanligini tasdiqlayman.
Yolg‘on va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni taqdim qilish talabgorning istalgan bosqichda tanlovdan chiqarib yuborilishiga yoki natijalarning bekor bo‘lishiga olib kelishiga qarshi emasman.
Farzandimning shaxsiy ma’lumotlarini, tanlovda ishtirok etish jarayonida Prezident maktablari tomonidan olingan tanlov natijalarini, qabul komissiyasi a’zolari, davlat organlari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarga topshirilishiga, shuningdek, tanlov natijalarini Agentlik va maktabning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishiga e’tiroz bildirmayman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4199-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 526-son qarori bilan tanishib chiqdim.
Prezident maktabi haqidagi quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqdim:
2022-2023 o‘quv yili uchun Prezident maktablariga 4-sinf bitiruvchilari hujjat topshirishlari mumkin.
Talabgorlardan 2021-2022 o‘quv yilida matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 (a’lo) bo‘lishi talab etiladi.
Kirish imtihonlarining natijalari QAYTA KO‘RIB CHIQILMAYDI, sinov natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga BERILMAYDI;
O‘quvchi maktab-internatda belgilangan tartib-qoidani buzgan taqdirda o‘quvchilar safidan chiqariladi.
Ta’lim Nukus shahridagi Prezident maktabida qoraqalpoq va ingliz tilida, boshqa Prezident maktablarida o‘zbek va ingliz tilida olib boriladi.
O‘quvchilar:
- maktab majburiyatlariga;
- maktabning Ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi talab etiladi.
Maktab mulkiga zarar yetkazilganda, zararni qoplash xarajatlari o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘quvchi fanlarni o‘zlashtira olmagan taqdirda, o‘quvchilar safidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Maktabda o‘quvchi yuqori yaxshi ko‘rsatkichlarga erishish imkoniyatiga ega, ammo o‘quvchining xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga yoki xalqaro (xorijiy) sertifikatga ega bo‘lishiga kafolat berilmaydi.
Men, Prezident maktabi haqidagi ma’lumot bilan tanishib chiqdim, belgilangan tartibga roziman, Prezident maktabidagi o‘qish sharoitlarini tushundim va qabul qilaman.
Yüklə 13,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin