5-laboratoriya mshg’uloti. Mavzu: hasharot tuxumlarining tuzilishi va tiplari bilan tanishish. Mashg’ulotdan maqsad



Yüklə 397,59 Kb.
səhifə1/3
tarix10.12.2023
ölçüsü397,59 Kb.
#139445
  1   2   3
5-lab.entomol.tahrir.


5-laboratoriya mshg’uloti.
Mavzu: HASHAROT TUXUMLARINING TUZILISHI VA TIPLARI BILAN TANISHISH.
Mashg’ulotdan maqsad: Talabalarga hasharоtlarning tuxumlarining tuzilishi va tiplari haqida ma‘lumot berish.
Kеrakli materiallar va jihоzlar: Mikrоskоplar, 10 marta kattalashtirib ko’rsatadigan lupalar, sоat va buyum оynalari, uchi to’mtоq qisqichlar, hasharоtlar tuхumlarining tuzilishi va ularning tiplari aks ettirilgan jadvallar, slaydlar va fоtоsura‘tlar.
Nazariy tushuncha
Ko’pchilik hasharotlarning tuxumi sariq moddaga juda boy bo’lib, sentroletsital tipda tuzilgan. Bunday tuxumlarda, sariq moddasi ko’p bo’lib hujayra yadrosi atrofida to’plangan. Sentroletsital tipdagi bunday tuxumlarda yadro bir necha marta maydalangandan so’ng sitoplazma sirtiga ko’chadi. Maydalanish davom etishi natijasida sitoplazma sirtida bir qavat hujayralardan iborat blastoderma hosil bo’ladi. Blastodermada bo’lajak embrionning qorin tomoniga mos keladigan qismi qalin tortib sariqlikka botib kirgan murtak chizig‘ini hosil qiladi. Keyinroq murtak chizig’i hujayralari tez bo’linishi va uning o’rta qismi sariqlikka botib kirishi bilan mezoderma varaqlari bo’linib ketishi tufayli qator selomik xaltalar paydo bo’ladi. Sariq moddadan yoki murtak chizig’ining oldingi va keyingi qismlaridagi alohida hujayralar hisobidan endoderma hosil bo’ladi. Blastoderma esa ektodermaga aylanadi.

Murtak varaqlari hosil bo’lishining dastlabki davrlaridayoq murtak qobig’ining shakllanishi hamma hasharotlar uchun xos bo’lgan xususiyatdir. Bu jarayon odatda quyidagicha sodir bo’ladi. Dastlab murtak chizig’i bilan sariqlik chegarasida pushtacha paydo bo’ladi; keyinroq shu joyda ikki qavat burmalar hosil bo’ladi. Burmalar asta- sekin o’sib murtak chizig’ini qoplab olishi natijasida ikki qavatli murtak qobig’i shakllanadi. Tashqi qobiq seroz, ichkisi amnion deb ataladi. Amnion bilan murtak oralig’ida suyuqlik to’ldirilgan amnion bo‘shlig‘i paydo bo’ladi.


Shunday qilib, bu davrda murtakni tashqi muhitdan tuxum qobig’i - xorion, ikki qavatli murtak qobig’i va amnion bo’shlig’i ajratib turadi. Shundan keyin murtak chizig’i oldingi tomondan boshlab bo’g’imlarga ajrala boshlaydi. Bosh bo’limi va undagi ko’z hamda mo’ylov bo’laklariga xos bo’lgan qismlar keyinroq yo’qolib ketadigan interkalyar (oraliq) bo’g’in, uchta ko’krak va oxirgi navbatda 11 ta qorin bo’g’imlari hosil bo’lishi bilan embrion shakllanadi. Ichakning oldingi va o’rta qismi ikkita ektoderma burmalari hisobidan hosil bo’ladi. Hasharotlarning o’rta ichagi turli yo’llar bilan hosil bo’lishi mumkin. Bir xil hasharotlarda ichak sariq moddadagi endodermal hujayralari hisobidan, boshqalarida oldingi va keyingi ichakning ayrim boshlang‗ich hujayralaridan va nihoyat bir qator hasharotlarda faqat oldingi ektodermal ichak hisobidan hosil bo’ladi. Malpigi naychalari esa orqa ichak ektodermasi hisobidan shakllanadi. Nerv sistemasi dastlab ektodermaning qorin pushtachasi holida shakllanadi va keyinroq ichkariga botib kiradi. Shundan so’ng selomik xaltachalar yemirilib, ularning bo’shlig’i qo’shilib ketishi tufayli miksotsel (aralash tana bo’shlig’i) hosil bo’ladi. Erkin qoladigan hujayralar hisobidan muskullar, yurak, yog’‗tanacha va boshqa bir qancha ichki organlar kelib chiqadi. Hasharotlarda boshlang’ich jinsiy hujayralar embrional rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq hosil bo’ladi. Embrion sariqlik modda hisobidan oziqlanib o’sadi. Rivojlanishning so’nggi davrlarida murtak qobiqlari yorilib, embrion tuxumdan chiqadi. Keyinchalik murtak qobiqlari so’rilib ketadi. Tuxum po’stidan chiqishi bilan hasharotlarning embrional rivojlanishi tamom bo’lib, postembrional rivojlanishi boshlanadi.





Yüklə 397,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin