Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi Amaldagi Soliq kodeksining 290-moddasiga ko’ra, soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to’lanadigan, o’ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo’yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo’llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo’lishi mumkin emas.
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi Aksiz solig’ining soliq davri bo’lib, bir oy hisoblanadi.
Soliq kodeksining 292-moddasiga muvofiq, soliq hisoboti, agar 292-moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bo’yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq kodeksining 293-moddasiga ko’ra, soliqni to’lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, ya’ni har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Aksiz markalari Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani «Davlat belgisi» Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.
Aksiz markalari Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Aksiz markalari Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
Aksiz markalari «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:
- alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar.