5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix25.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#130943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

Tasavvurlar
–bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik 
miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. Sezish va 
idrok etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd 
etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan 
mustaqil sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin 
yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 
1
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 23 
2
Қаранг: S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 74-b 


Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta 
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga 
ko‘taradi. 
Empirik bilim va uning shakllari.
Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki 
bilvosita in’ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga 
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. 
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u 
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan 
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. 
Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish
– bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida 
ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini 
aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan 
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq 
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita
masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida 
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga 
qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir 
narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim.

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin