5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix25.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#130943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

Mulohaza
– fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror 
narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o‘simlik» degan 
shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. 
Tasdiqlash yoki rad etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor 
joyda biz mulohazalarga duch kelamiz. 
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular 
bir-biri bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning 
hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda 
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra 
bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza 
ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi 
esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – 
tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham 
besamardir. Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani, ifodalashning 
og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki 
hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt, 
predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz: 
«Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, 
kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning 
o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat 
yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf 
etgan»
Xulosa
– mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida 
mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning 
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson 
narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon 
chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan 
ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin. 
Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. 
Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining 
kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini 
beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda 
shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday 
tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. 
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviyelementlarning mavjudligini 
bashorat qilgan edi.

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin