tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish
mumkin emasligi haqida
gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi,
chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir.
Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir.
Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog‘liq
bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat
– borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi
bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy,
vaqt va joyning
muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri
bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z
chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqin lashadi.
3.Isbotlash va rad etish.
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi.
Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash
uchun sezgi idrokidangina
foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q. Fanning
aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas,
balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li
bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. Har qanday
isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki
soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini
aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning
haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar
ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil
topadi.
Yolg‘on
haqiqatning qarama-qarshisi. YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan
tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. YOlg‘on
kundalik va
ijtimoiy hayotdakeng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u
individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy
munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot
tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi
qanchaligidadir. Beruniy fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar
tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va yolg‘on xabar
tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan kishi yolg‘on xabar
tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan
yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi
bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchioralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini
adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini
hiyla bilan bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon
xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar»
5
. Beruniy insonni rostgo‘ylik qolib, yolg‘onchilik
yo‘lidan yurmasligi,
boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi
tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal
odob – axloq belgisidir.Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan
qutulib qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi.
Keyinchalik
bunga jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida
ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat
«sonsanoqsiz yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on
so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan
5
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b
muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on
gapiradi». YOlg‘on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik
va hokazolar zaminida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: