Bajardi:2-27 IQTS-22 guruh talabasi Abduraxmanova Raima Tekshirdi: ______________________
Bozor iqtisodiyoti mazmuni va uning vazifasi va turlari Reja: Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Tovar va pul munosabatlari.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.
Kirish Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, <> garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin <> so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda <>.
Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(<
>, deyishadi).
Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki <>, deb bejiz aytishmagan.
Bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi.