5-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar


Molikiy mazhabi ta’limoti



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə8/11
tarix31.12.2021
ölçüsü41,06 Kb.
#112342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar-fayllar.org

Molikiy mazhabi ta’limoti.

Imom Molik ikki harami sharif orasida Makkai mukarrama va Madinai munavvarada hayot kechirdi. Alalxusus, umrining ko‘proq qismi Madinada o‘tdi. U yashagan davrda ilm boblarga bo‘linmagan va yagona tartibga keltirilmagan edi. SHuning uchun ham Imom Molik (r.h.) o‘z mazhabiga asos solishda qanday fiqhiy usuldan foydalanganining bayoni tarixiy kitoblardan topa olmaymiz. Faqat keyingi davrda faoliyat ko‘rsatgan molikiy ulamolar bu mazhabning usul qoidalarini shakllantirdilar. Lekin ularda Imom Molikdan tashqari bu mazhabdagi boshqa mujtahidlarning fikrlari ham aralash holda bayon qilingan edi. SHunday bo‘lsada, Imom Molikning asosiy asari bo‘lmish “Muvatto”ga qaraganda molikiy mazhabining asoslari quyidagilardir:


  1. Qur’oni karim


  2. Sunnat nabaviya


  3. Sahobalar so‘zlari


  4. Ijtihod va qiyos


  5. Istehson


  6. Al-maslaha al-mursala


  7. Urf

E’tiborli jihati, Imom Molik ijmoni asos qilib olishda, asosan, Madina ahlining ijmosini nazarda tutgan. Negaki, Molik ibn Anas ushbu shahar ahlini payg‘ambar va sahobalar yo‘l - yo‘riqlarini bilib olgan va unga asoslanib kelgan deb hisoblardi.


Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin