5-mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja


Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi



Yüklə 396,29 Kb.
səhifə10/12
tarix18.02.2023
ölçüsü396,29 Kb.
#123494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5 mavzu Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja

Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishga qo’yish;
ishlab chiqarishga yo’l berish;
ishlab chiqarishdan olib tashlash. Ishlab chiqarishga qo’yish ishlab chiqarishga tayyorlash va o’zlashtirishni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishga tayyorlash mahsulotlarning texnologik jarayonini ta’minlash va tayyorlash xarakatlarini ko’zda tutadi.
Direktiv ishlab chiqarish – mahsulotlarni to’liq ishlab chiqilgan konstruktorlik va texnologik hujjatlar asosida ishlab chiqarishdir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash– mahsulotlarning sanoat ishlab chiqarilishini to’htatish tadbirlari majmuidir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni to’xtatish quyidagi xollarda amalga oshiriladi: zamonaviy talablarga mos kelmasa; yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yangi mahsulotlarning yaratilishida; ekspluatatsiya yoki ehtiyoj xususiyatlari kamayganda, odamlar sog’ligiga va atrof muhit xolatiga yomon ta’sir qiladi deb aytilganda.
Muomala va sotish – mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo’lgan hayot siklining bir qismidir.
Muomala va sotishmahsulotni ekspluatatsiya qilish – uning sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot siklining bosqichidir.
Mahsulot sifatini nazorat qilish Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko’rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish – mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish, ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir». Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv ta’sirini amalga oshiriladi. Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11- rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan. Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni tekshirish bo’linmalari kiradi. Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompyuter qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi. Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz mahsulotni tahlil qilishga olib ukelardi.





Yüklə 396,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin