5-mavzu: Morfemika. So’zlarning yasalishi amaliy mashg’ulot-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
Darsning borishi Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashg’ulot mazmuni, maqsadi va o’tkazilish tartibi tushuntiriladi. Asosiy anglash bosqichi. 1-ilova Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: ( (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi). 1. Leksikologiya bo’limining obьekti va vazifalarini tushuntirib bering. 2. Ibora deganda qanday til birligi tushuniladi? 3 . Iboralarning turlarini izohlang. 4. Leksik birliklarni tushuntiring. 5. Sinonim iboralarni misollar asosida izohlang. 6. Antonim iboralarni misollar asosida tushuntirib bering. 7. Omonim iboralarni misollar asosida tushuntiring.. 8. Frazeologik chatishma, qo’shilma va birikmaning farqini tushuntirib bering. 9. O’zbek tilining boyish manbalarini sanab bering. 10. Ibora bilan so’zning o’zaro farqli va o’xshash jihatlarini izohlang. Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi. 2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.) Yüklə 33,15 Kb. Dostları ilə paylaş: |