5-mavzu: Morfemika. So’zlarning yasalishi amaliy mashg’ulot


-mashq. O’qing. Frazeologik iboralarni topib, ma’nolarini izohlang; So’ngra ularning sinonimlarini topib, har bir iboradan so’ng qavs ichida yozib ko’rsating



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə5/6
tarix17.02.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#123468
1   2   3   4   5   6
Тех харитаси

118-mashq. O’qing. Frazeologik iboralarni topib, ma’nolarini izohlang; So’ngra ularning sinonimlarini topib, har bir iboradan so’ng qavs ichida yozib ko’rsating.


1. Hay-hay, bola, og’zingga qarab gapir, to’riq qashqa o’ldi, dedingmi? (G’.G’.) 2. Nusrat uni: “Er tagida ilon qimirlasa biladi”, — der, undan o’tdan qo’rqqandek qo’rqardi. (S. Nazar.) 3. SHu o’tirishda ichini mushuk tatalayotganini qayoqdan bilsin u? (S. An.) 4. Uyalmadingizmi davlatning ko’zini bo’yagani? (S. An.) 5. ... Qodirning qorong’i dunyosi yorishib ketdi, labining tanobi qochdi. (SHuhrat) 6. La’lixonning sha’niga bir gap aytdi, hammaning tepa sochi tikka bo’ldi. (S. Ahm.) 7. O’zining shu yerdaligini bildirsinmi? Yo’g’-e. Tomdan tarasha tushganiday-a? (S. An.) 8. ...CHunonam bir terlaysizki, dardingiz xamirdan qil sug’urgandek chiqib ketadi. (S. Ahm.) 9. Sal qovog’ingizni ochib o’tiring. Odamning kapalagini uchirib yubordingiz-ku, Matlubaxon! (O.Yo.) 10. Maktabga taalluqli nima masala bo’lsa aralashadi. Lekin hech kim: “Nega sen hamma narsaga chovlingni solaverasan?” demaydi. (SHuhrat)
119-mashq. O’qing. Frazeologik iboralarni topib, ma’nolarini izohlang. O’zaro antonim sifatida qo’llangan frazeologik iboralarni aniqlab, ularni juftlab ko’chiring.
1. Sodiqning fikri ravshanlashib, o’ylay ketdi: CHuxanov ham tergovchi, bu ham tergovchi. Ikkalasi ikki dunyo. Biridan kishining ko’ngli suv ichadi, ikkinchisidan ensang tosh qotadi. (SHuhrat) 2. Sudьyaning dunyoda o’g’li borligidan qalbiga iliq nur yugurgani bilan ko’ngliga qora soya tushib, xijil edi. (SHuhrat) 3. Sobir bilan uning o’rtasidan shu kunlarda ola mushuk o’tganini yaxshi bilishmasdi. (H.N.) 4. U dashtdagi qizlar bilan apoq-chapoq bo’lib ketgan edi. (O.Yo.) 5. Hamma ishlaridan ko’ngli to’q bo’lganidan ikki kun ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. (O’.Usm.) 6. Kunlar oyog’iga tosh boylab o’tar, U maktub yo’liga intiq ko’z tutar. (M.Ali)


120-mashq. Badiiy asarlardan frazeologik iboralarga misollar topib yozing, ularning ma’nolarini izohlang.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin