5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix01.08.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#128625
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini

«O‘zbekiston 
Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish 


13 
to‘g‘risida»
gi PQ-4602-sonli Qarori ham qabul qilindi. Bu bilan vazirlik 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Qarorga ko‘ra, vazirlik va uning 
hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan 
tartibda quyidagi huquqlarga ega: 

Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, 
davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda 
mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish; 

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va 
tashkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma'lumotlarni 
so‘rash va olish; 

davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib 
chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi 
majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da'volarni kiritish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish. 
Hujjat bilan, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Qurilish vazirliklari, Markaziy 
bank, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: 

har bir mahallada tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslarni faol jalb 
qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida qurish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy 
asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, 
«Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi 
asosida imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. 
Hujjat bilan, 2020 yil 1 iyulga qadar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla 
markazi» majmualari binolari namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar 
asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta'mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel 
jamlanmasi, 
kompyuter 
texnikasi 
bilan 
jihozlash; 
«Mahalla 
markazi» 
majmualarida vazirlikning hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat 
fondining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish ishlarini yakunlash belgilab 
qo‘yildi. Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 
birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar «Mahalla» elektron ma’lumotlar bazasini 
yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash va o‘zaro ma'lumot 
almashinuvini joriy etish choralarini ko‘radi (
https://lex.uz/ru/docs/-4740335
). 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin