13
to‘g‘risida»
gi PQ-4602-sonli Qarori ham qabul qilindi.
Bu bilan vazirlik
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Qarorga ko‘ra, vazirlik va uning
hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan
tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda,
davlat
organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda
mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va
tashkilotlardan statistik,
tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma'lumotlarni
so‘rash va olish;
davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib
chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi
majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da'volarni kiritish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
Hujjat bilan, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Qurilish vazirliklari, Markaziy
bank,
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
har bir mahallada tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslarni faol jalb
qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida qurish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
moddiy-iqtisodiy
asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish
uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi,
«Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi
asosida imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Hujjat bilan, 2020 yil 1 iyulga qadar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla
markazi» majmualari binolari namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan
talablar
asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta'mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel
jamlanmasi,
kompyuter
texnikasi
bilan
jihozlash;
«Mahalla
markazi»
majmualarida vazirlikning hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat
fondining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish ishlarini
yakunlash belgilab
qo‘yildi. Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar «Mahalla» elektron ma’lumotlar bazasini
yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash va o‘zaro ma'lumot
almashinuvini joriy etish choralarini ko‘radi (
https://lex.uz/ru/docs/-4740335
).