3
iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi.
Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini
yechishda muayyan
tajribaga ega boʻldi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament faoliyati:
Xalqaro huquqiy tamoyillar va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan
holda davr talabi bilan siyosiy islohotlar kengaytirilib, O‘zbekistonda
bir palatali
parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Lekin
bu jarayon muayyan davrni tashkil etdi.
2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining
ikkinchi sessiyasida
ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini
ilgari
surdi. Bunda Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish – hayot
talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu
demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos
ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishni
nazarda tutgan g‘oyadir.
2001-yil 6 – 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida ikki
palatali parlament tuzish
masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati
uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar,
iqtisodchilar korpusi
shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat
darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish
zarur, degan xulosaga keldi.
Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan,
hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy
davlatchilik institutlarini
yanada mustahkamlash zaruratidan kelib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki,
demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning
so‘nggi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy
tendensiyasiga aylandi.
2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda
ikki palatali parlamentni
tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2002-yil 12 –
13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqimizning
xohish-irodasi bilan
Dostları ilə paylaş: