5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix01.08.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#128625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
to‘g‘risida»
va 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida»
Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida 
qarorlarni qabul qildi. 
2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasiga, 2005-yil 17-20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va 
Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (120 nafar dеputat – quyi palata) 
va Senatdan (100 nafar sеnator – yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77/117-moddalariga ko‘ra,
 
2015-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 
saylovlar o‘tkazildi. Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolari 
(senatorlari)dan iborat. Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, davlat hokimiyati vakillik organlari 
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin 



ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahridan (jami 14 ta hududiy birlikdan) teng miqdorda 6 kishidan (14 x 6 = 84) 
saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida 
hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga 
ega hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Demak, Senatning 100 (84 + 16) 
nafar a’zosi mavjud. 
2019-yil 22-dеkabr (1-tur) va 2020-yil 5-yanvar kunlari (2-tur) Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kеngashlar dеputatlarining saylovi bo‘lib o‘tdi. 
2020-yilning 8-yanvar kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy saylov 
komissiyasining navbatdagi majlisida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 
Sеnati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi Jo‘qorg‘i Kеngеsi, 
viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari 
dеputatlarining qo‘shma majlislarini 2020-yilning 16-17-yanvar kunlari o‘tkazish 
hahida qaror qabul qilindi. 
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi — 
Qonunchilik palatasi 150 nafar dеputatdan va yuqori palatasi — Senat 100 nafar 
sеnatordan iborat. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo hamkorlikni keng 
yoʻlga qoʻygan. MDH davlatlari va boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlar 
parlamentlari bilan shartnomalar tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 
Yevropa 
Ittifoqi 
Komissiyasining 
«Oʻzbekistonda 
demokratiyalashtirish 
jarayonining rivojlanishiga koʻmaklashish» va «Oʻzbekistonda demokratik 
islohotlarni yanada kuchaytirish» loyihalari muvaffaqiyatli bajarildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining nashrlari: «Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi», «Xalq soʻzi» — 
«Narodnoye slovo» gazetalari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi Toshkent shahrining Xalqlar doʻstligi prospektidagi binoda, 
Senat esa Mustaqillik maydonidagi binoda ish olib boradi. 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin