5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat


Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə3/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»

3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari. Respublikamiz hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bo‘lib unda turli geologik davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil qazilma boyliklarining xo‘jalik ahamiyati kattadir.
O‘zbekistondagi qazilma boyliklardan kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan.
O‘zbekistonda yer osti boyliklarini qidirishda rus olimlari bilan birgalikda akademiklar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamrobayev, Obid Akramxo‘jayev, G‘ani Mavlonov, Habib To‘laganov va boshqalar faol qatnashdilar. Endilikda respublikamiz yer qa’ridan yuzdan ortiq xildagi boyliklar topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslari. O‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. Ularning asosiylari uchta mintaqada joylashgan:
1. Farg‘ona mintaqasi – Shimoliy So‘x, janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho‘rsuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo‘lib, bu hududda asosan neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Bu konlar aktikninal tuzilishida bo‘lib, yura-neogen va paleogen qatlamlarda joylashgan. Bu konlarning nefti yengil, unda oltingugurt kam uchraydi.
2. Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xavdog‘, Kokaydi, Uchqizil, Lalmikor va boshqa konlardan iborat. Ular ham antikninal tuzilishda bo‘lib, yuqori yura qatlamlarida joylashgan. Bu konlarning nefti og‘ir tarkibli, unda oltingugurt ko‘p.
3. Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – o‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur. Sho‘rtan, Zevarda, Mubarak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi vaqtda aniqlangan Ko‘kdo‘maloq konidan neft bilan birgalikda tabiiy gaz ham qazib olinmoqda.
Yuqoridagilardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustkuy mintaqasida ham (Quyanshi, Shoxpaxta) bir qancha tabiiy gaz konlari ochilmoqda.
O‘zbekistonning ko‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning eng muhimlari Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un va Boysun konlaridir. Ko‘mir qatlamlari orasida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turli jinslar, gil, kaolin, qum, bentonit, slanes va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren koni daryo vodiysida, kaolin qatlamlari ustida yotadi, ko‘mir qatlamlari ancha qalin (ba’zan 40-60 m ga yetadi), ko‘mir qatlamlari ko‘proq yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining ko‘miri qo‘ng‘ir bo‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va iste’molchiga yaqinligi iqtisodiy samara beradi.
Sharg‘un va Boysun ko‘mir konlari esa yuqori sifatli toshko‘mir bo‘lib, qazib chiqarishni oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin