5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»
Rudali resurslar. O‘zbekiston hududi ayniqsa, rangli metall rudalariga boy. Jumladan, O‘zbekiston mis rudasining zahirasi bo‘yicha MDH da Rossiya va Qozog‘istondan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat miss konlari asosan Qurama tog‘ tizmasida keng tarqalgan. Uning Olmaliq atrofidan Qalmoqqir, Dalniy va Sarichek konlari eng yiriklaridir. Qo‘rg‘oshin-rux konlari janubi-g‘arbiy Husor tog‘larida joylashgan. Qurama tog‘idagi Lashqaran polimetall konidan qadimda kumush, qo‘rg‘oshin qazib olingan. Ular endilikda sanoat asosida Qo‘rg‘oshinkon konidan olinadi. Shimoliy Nurota tizmasi yonbag‘irlarida ma’dan konlari, Xondiza (Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan.
O‘zbekiston oltin zahirasiga juda boy. Qimmatbaho oltinning bir necha endogen va ekzogen konlari topilgan. Uning eng yirik konlari Markaziy Qizilqum (Muruntov va Kakpatas) da joylashgan. Mamlakatimiz qidirb topilgan oltin zaxiralariga ko‘ra jahonda to‘rtinchi, uni qazib chiqarish hajmi bo‘yicha oldingi o‘nlikda turadi. Oltinning Muruntov va Kakpatas konlari tokembriy va quyi paleozoy jinslarida, Olmaliq guruh konlari ega intruziyalarda joylashgan. Oltin Marjonbuloq, Zarmitan, Chodak, Uchbuloq, Qoraqo‘ton, Kaundi konlarida katta zaxiralarga ega. Umuman, mamlakatimiz hududida oltinning 30 dan ortiq konlari topilgan va ularning zaxirasi aniqlangan.
O‘zbekistonda kumush konlari ham ko‘p. Uning asosiy konlari Qurama tog‘larida joylashgan. Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye Ukjetpes konlari va Namangan viloyatidagi Oqtepa zaxiralari aniqlangan kumush konlaridir.
Nodir metallardan volfuram (Langar, Qoratepa, Quytosh, Ingichka, Yakton, Chochtepa konlari), molibden (Hisor, Qurama va Chotqol tizmalarida) ko‘p uchraydi. Qalayning mamlakatimizda 100 dan ortiq konlari mavjud. Shulardan Qarnob koni 1950 yillarda ishga tushirilgan. Vismut rudalari chotqol-Qurama tog‘larida topilgan. Simob va Surma tarkibiga rudalar respublikamizning Janubiy Farg‘ona qismida ko‘p uchraydi. U yerda simobning 110 dan, surmanning 10 dan ortiq konlari istiqboli hisoblanadi.
Mamlakatimizda rudali resurlardan temir rudasining konlari ham topildi. Cho‘kindi jinsli temir ruda konlari bur va uchlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan bo‘lib, bunday konlar Orolbo‘yi regionida, Qiziqumda va Jizzax viloyati hududida uchraydi. 1999 yilda geologlar tomonidan zaxirasi qayta aniqlangan. Jizzax viloyati Forish tumanidagi temir ruda konining sanoat ahamiyati katta bo‘lib, uning tarkibida 60 foiz atrofida sof temir borligi aniqlangan.
O‘zbekistonda marganes konlari ham bor. Uning Zarafshon tog‘larida Ziyoviddin, Devtosh, Qizilbayroq, Taxtaqoracha, Teransoy, Cho‘panota konlaridan zaxiralarining tarkibi toza rudaga ancha boy (ruda tarkibida toza marganes 8 foizgacha).
Mamlakatimizning ayrim hududlarida sanoatning qimmatbaho xomashyo bo‘lgan o‘ran ham bor. Mamlakatimiz bu xom ashyo zaxirasi va qazib chiqarish bo‘yicha ham yetakchi davlatlardan hisoblanadi.