5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə7/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»

O‘simlik resurslari. O‘zbekistonning o‘simlik resurslari cho‘l, adir va tog‘ mintaqalarida gidrotermik va to‘proq sharoitlariga bog‘liq holda taqsimlangan. Mavjud o‘simlik turlarining 90% ga yaqini chorva mollari uchun oziqabopdir. Cho‘l yaylovlarida har gektar maydondan yiliga o‘rtacha 3-5 sentner, Ustyurtdagi yaylovlarda har gektardan 2-4 sentner xashak yig‘ib olish mumkin. Cho‘l yaylovlarida deyarli yil bo‘yi qo‘y boqiladi.
Adir yaylovlarida har gektar maydondan o‘rtacha 8-10 sentner xashak yig‘iladi. Kunlar isiy boshlaganida bu maydonlarda ko‘plab qo‘y, qoramol va parrandalar boqiladi.
Baland tog‘ (yaylov) mintaqasida xashak o‘rtacha zahirasi gektar boshiga 15 sentnerga yetadi. Bu mintaqada ham yozda qo‘y-echki va yirik mollar boqiladi.
Hayvonоt resurslari. O‘lkamiz faunasi turlarga boyligi bilan harakterlidir. Sut emizuvchilarning 97 turi uchraydi. Yovvoiy hayvon turlaridan xo‘jalikning ayrim turlari foydalanilmoqda. Terisi (mo‘ynasi) uchun ovlanadigan hayvonlar (tulki, chiyabo‘ri, bo‘rsiq va boshqalar) ham keng tarqalgan. O‘zbekistonda 60 xil ovlanadigan qo‘shlar bor, bulardan muhimlari kaklik, qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz va boshqalar. Lekin keyingi vaqtlarda tartibsiz ovning ko‘chayishi, antropogen ta’sirning kuchayishi bu xil qushlarning kamayishiga olib kelgan. undan tibbiyot sohasida kerakli xom ashyo hisoblangan zaharli ilonlarning bir qancha tyurlari respublikamizda mavjud.
4. Tabiiy resurslarni iqtisodiy-geografik baholash va ulardan foydalanish. Tabiiy resurs bu inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha xil tabiat ne’matlari hisoblanadi. Tabiiy resurslar inson hayotida hamisha katta o‘rin to‘tib kelgan. Eng asosiysi ular avvalo jamiyat hayotining moddiy negizi sifatida xizmat qiladi. Shu sababli mamlakatlar taraqqiyotida tabiiy resurslarning o‘rni katta. Albatta har bir mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, har bir davlatning bu ko‘rsatkichini, tabiiy resurslarni iqtisodiy-geografik baholamay turib anglash qiyin. Tabiiy resurslarni iqtisodiy-gegorafik baholash nafaqat mamlakatning hozirgi salohiyatini, balkim kelajak istiqbollarini bilishda ham ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz tabiiy resurslarga boy mamlakatlardan hisoblanadi. Iqtisodiyotimiz rivojlanishida tabiiy resurslarning o‘rni katta ekan, ularni iqtisodiy-gegorafik baholash, resurs turini imkoniyat darajasi aniqlab beradi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyot tarmoqlari joylashishiga, rivojlanish imkoniyatlarini belgilashda katta ahamiyatga ega.
Tabiiy resurslarni demografik jihatdan bahosi asosiylardan bo‘lib, boyliklarga nisbatan aholi joylanishi, ta’minlanishini malakalik darajasi va ularni kelajak faoliyatlari ham aniqlanadi.
Tabiiy resurslarni sonli bahosi, u qancha zahiraga, maydonga, hajmga ega, undan foydalanish holati, muhlatlari, unga sarf etiladigan harajat va kelgusida olinadigan foydasi izohlanadi. Shuningdek sonli baho narxli va balli baholarda beriladi.
Agarda mamlakatimiz viloyatlarini yoqilg‘i resurslari bilan ta’minlanganligini shartli ravishda 10 balli sistemada baholasak, qo‘yidagi holatni ko‘rishimiz mumkin:






Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin