Viloyatlar
|
Ball
|
1
|
Toshkent
|
6
|
2
|
Farg‘ona
|
9
|
3
|
Namangan
|
6
|
4
|
Andijon
|
5
|
5
|
Sirdaryo
|
0
|
6
|
Jizzax
|
0
|
7
|
Samarqand
|
0
|
8
|
Qashqadaryo
|
10
|
9
|
Surxondaryo
|
9
|
10
|
Buxoro
|
8
|
11
|
Navoiy
|
2
|
12
|
Xorazm
|
2
|
13
|
Qoraqalpog‘iston
|
3
|
Ma’lumki, yirik aholi punktlari bu iste’molning yuqoriligini bildiradi. Yirik sanoat markazlariga yaqin foydali qazilmalarning foydaliligi koeffitsenti yuqori bo‘ladi. Misol taraqasida Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir konini oladigan bo‘lsak, bu zaxira ko‘miri qo‘ng‘ir tusli ko‘mir bo‘lib, kaloriyasi kam hisoblanadi. Lekin bu konning zahirasi ko‘p, sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonda joylashganligi, ya’ni iste’molchi yaqinida ekanligi o‘tgan asrimzning 40 – yillarida ishga tushishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan jadval orqali tabiiy boyliklarni taqqoslab ham baholash mumkin. Taqqoslab baholash jahon hududlarini, mamlakatlarni, qolaversa davlatlar ichki resurs tafovutlarini aniqlashga keng imkoniyat yaratiladi. Yuqoridagi jadval orqali viloyatlarimizni yoqilg‘i resurslari (neft, gaz, ko‘mir) bilan ta’minlanganligini taqqoslash mumkin. Bu resurs turi bilan Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari yaxshi ta’minlangan. Shuning uchun mazkur viloyatlarda yoqilg‘i-yenergetika sanoati tarmoqlari boshqa viloyatlarga nisbatan rivojlangan.
Tabiiy resurs barcha turlarini sifat jihatidan baholash ham katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz ko‘pgina tarmoqlari dehqonchilik bilan bog‘liqdir. Shu sababdan tuproq resurslariga e’tibor berish zarur hisoblanadi. Tuproqning tabiiy holati, ya’ni donadorini, chirindi miqdori dehqonchilikning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki respublikamiz dehqonchilik qiladigan yerlarida asosan bo‘z tuproqlar tarqalgan. O‘z navbatida chirindi miqdoriga ko‘ra bo‘z tuproqlar uch turga bo‘linadi (os tusli, bo‘z, to‘q tusli bo‘z tuproqlar). Bo‘z to‘proqlar asosan adir mintaqada joylashgan. Bu tuproqlar Farg‘ona vodiysida ko‘p maydonni egallaydi. Undan tashqari avtomorf to‘proqli maydonlar mavjud bo‘lib, ular asosan yirik daryo vodiylari va yoyilmalarida mavjud bo‘lib, madaniy to‘proqlar hisoblanadi. Bu tuproqlar o‘zoq o‘tmishidan dehqonchilik qilinadigan Zarafshon vohasi, Farg‘ona vodiysi kabi joylarda tarqalgan bo‘lib, o‘zoq yillik dehqonchilik natijasida ancha chirindi miqdoriga boyigan hisoblanadi. Mamlakatdagi dehqonchilik cho‘llarda (Qarshi, Shirobod, Mirzacho‘l va b.) sizot suvlari yer satihiga ko‘tarilishi natijasida to‘proqlarni sho‘rlanish darajasi ortgan. Shuning uchun bu tuproqlarni sifat darajasi pasygan.
Hozirgi davrda tabiiy resurslarni texnologik bahosi yuksak ahamiyatga ega. Boyliklarni aniqlashda, foydalanishda, texnologik jarayonlarni jalb etilishi, ishlatilishi bilan birga, yangi texnologiyalarni joriy etilishini ham bu asosida tavsiya etilishi maqsadlidir.
Yana tabiiy resurslarni, ayniqsa ulardan foydalanish jarayonlarini ekologik jihatdan baholash muhimdir. Har bir resurs turlaridan foydalanishida oldindan ekologik bahoga e’tibor yaxshi bo‘lmaganligi oqibatida hududlarda qanchadan-qancha mudhish voqealar sodir bo‘lmoqda. Bularga Orol va Orolbo‘yi, Sariosiyo va uning atrofii, Navoiy shahri va atrofii, Olmaliq-Angren sanoatli rayoni muammolari va boshqalar misol bo‘la oladi.
Tabiiy resurslar turlarini yuqorida keltirilgan baholar jamlanishi, yaxlitligini anglatuvchi baho kompleks baho hisoblanadi. Kompleks bahoni har bir resurs turiga qo‘llanishi samaralidir. Chunki kompleks baholar asosida resurs turini to‘liq baholash mumkin. Shunga ko‘ra, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ishlab chiqarishga aniq imkoniyatlar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |