5. Mavzu. «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish» Mashg’ulot hajmi soat


Tabiiy resurslarni muhofaza qilish



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə9/11
tarix25.01.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#122563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-Mavzu «O’zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish»

5. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish. Aholi ko‘payib, uning faoliyati ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish muammosini keskinlashtirmoqda. Inson tabiat ne’matlaridan tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Binobarin, atrof-muhitga faol ta’sir etmoqda. Buning natijasida yaylovlar maydoni qisqarmoqda, chuchuk suv zahiralarimiz ifloslanmoqda. Tabiiy resurslarimzdan oqilona foydalana olmayotganligimiz natijasida, tabiat bizga aks ta’sir qilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, turli ekologik muammolar kelib chiqayapti.
Hozirgi sharoitda tabiatni muhofaza qilish, uning ne’matlaridan rejali foydalanish birinchi darajali ish bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda tabiat boyliklarini qo‘riqlaydigan bir qancha tashkilotlar barpo etilgan. Undan tashqari fan-texnika taraqqiyoti tabiatga keltirayotgan zarar ustida ishlayotgan bir qancha ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud.
Respublikamiz Konstitutsiyasida tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha korxonalar,tashkilotlar, fuqarolar burchi va ma’suliyatini aniq belgilab bergan.
Umuman olganda, mamlakatimizning boy tabiiy resurslaridan oqilona, rejali foydalanish, kelajagimiz istiqbolini belgilaydi. Shuning uchun ham tabiiy resurslardan foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor berish, yana zamonaviy texnologiyalarga o‘tish hozirgi kunimizni asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Tabiat va uning resurslarini muhokama qilishda, qabul qilingan tabiatni muhofaza qilish qonunlaridan keng foydalanish lozim. Unda barcha tabiiy resurslardan muhofazasi ham qonun asosida izohlab berilgan.
Respublikamizda hozirgi vaqtda 13 ta qo‘riqxona 10ta zakaznik (buyurtma)lar bor, ularni nazorat qilishni oshirish bilan birga, son jihatdan miqdorini ko‘paytirish kerak.
Shuningdek “Qizil kitobga” kirgizilgan o‘simlik va hayvonat dunyosi turlarini muntazam muhofaza qilish maqsadlidir.
Testlar
1. Respublikamiz eng katta masofada qaysi davlat bilan chegaradosh?
A. Turkmaniston
B. Tojikiston
С. Qirg‘iziston
D. Qozog‘iston
E. Afg‘oniston

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin