5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya


Iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə5/8
tarix26.11.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#136328
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtl

Iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri
Viner va Biyelarning konsepsiyasidan bir juda muhim xulosa kelib chiqadi. Agarda bojxona ittifoqi tarifning uni man qiluvchi darajaga olib keluvchi kattaligida tashkil qilinayotgan bо‘lsa, bojxona ittifoqining о‘rnatilishi batamom savdoni tashkil etilishiga olib keladi. Lekin agarda N mamlakat bojxona ittifoqiga erkin savdo rejimidan о‘tsa, u holda bojxona ittifoqining yaratilishi natijasi batamomsavdodan chetlanishga olib keladi.1
Savdoni «tashkil etish» va «sadodan chetlanish» tushunchalari xalqaro savdoning «sof» nazariyasi doirasida paydo bо‘ldi. Ular butunlay sun’iy shartlar va farazlar asosida qurilgan. Bunda Yevropa ittifoqi oddiygina bojxona ittifoqi doirasidan anchagina kengroq ekanligi hisobga olinayotgani yо‘q. Shu sababli, yevropa integratsiyasining samarai batamom savdoni tashkil etish – savdodan chetlanish samarasi bilangina aniqlanib qolmaydi.
Integratsiya dinamik samaralariniga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirish hisobiga hosil bо‘ladigan iqtisod.

  • Firma va sohalarga nisbatan tashqi bо‘lgan iqtisod.

  • Qutublanish samarasi samarai.

  • Real investitsiyalar va hajmlarni joylashtirishga ta’sir.

  • Umumiy iqtisodiy samaradorlikka ta’sir.



G‘arbiy Yevropada integratsiya jarayonlarining rivojlanishi
G‘arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojpanishi jarayonini shartli ravishda tо‘rtta bosqichga bо‘lish mumkin.
Birinchi boshich (50-yillar oxiri — 70-yillar о‘rtasi). Hamjamiyat xayotidagi "oltin asr"hisoblanadi. Ushbu bosqich bojxona ittifoqining muddatidan oldin tashkil etilishi yagona agrar bozorning nisbatan muvaffaqiyatli shakllantirilishi, YEIga uchta yangi mamlakat: Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiyaning kirishi bilan xarakterlanadi .
Ikkinchi bosqich (70-yillar о‘rtasi — 80-yillar о‘rtasi) YEI tarixiga Yevropa valyuta hamkorligi dasturi qabul qilinishiga, tashqi siyosiy kelishuvlarga muvaffaq bо‘linganligi sifatida kirdi.
Uchinchi bosqich (80-yillar ikkinchi yarmi — 90-yillar boshi) — Hamjamiyat tarkibining yanada kengayish bosqichi bо‘ldi. 1986 yilda Ispaniya va Portugaliyaning qо‘shilishi ilgari mavjud bо‘lgan mamlakatlararo nomutanosiblikning keskinlashuviga olib keldi.
Tо‘rtinchi bosqich (XX asrning 90-yillari о‘rtasi — XXI asr boshi) da Yagona Yevropa Aktiga muvofiq 1993 yil I yanvardan boshlab hamjamiyat chegaralari ichida ishlab chiqarish omillarining erkin xarakat qilishi joriy etildi. Amalda hamjamiyat doirasida yagona iqtisodiy makon paydo bо‘ldi, bu YEIning iqtisodiy integratsiyaning sifat jixatidan yangi booqichiga kirganligini anglatar edi.
Maastrixt shartnomasi asosida (1992 yil fevral) 1994 yil 1 yanvardan boshlab YEIH qatnashchi mamlakatlari soni 15 ta bо‘lgan Yevropa Ittifoqiga aylantirildi. YEI doirasida tо‘liq yagona ichki bozor tashkil etish amalga oshirildi. Bundan buyongi integratsiya hamkorligi maqsadlari e’lon qilindi. Ular yagona valyuta — yevro emissiyasi xuquqi bilan yagona Yev­ropa banki, ichki chegaralarsiz yagona G‘arbiy Yevropa makoni barpo etilishini о‘z ichiga olar edi.



Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin