5-Mavzuni davomi
Xaritaning mazmunini ishlab chiqishga kirishilganda, unda tasvirlanishi
kerak boʻladigan obyektlar tavsifini aniqlash zarur. Obyektlarni tavsiflash ularning
xususiyatlaridan kelib chiqib bajariladi. Obyektlar xususiyatlari odatda tuzilmaviy,
mantiqiy va funksional turlarga boʻlinadi. O b y e k t l a r n i n g t u z i l m a v i y
x u s u s i y a t l a r i - bu obyektlarni tuzilishi va ularning elementlarini yagona butun
qilib yoki tizimli tashkil qilishni aks ettiruvchi xususiyatlardir. Bunda obyektning
mazmunli va fazoviy tuzilishlari ajratiladi.
Mazmunli tuzilmaga sanoat obyektlari, qishloq xoʻjaligining ixtisoslashuvi,
tuproq-grunt tavsifi, aholi punktlari turlari va shu kabilar kiradi. Obyektning
fazoviy tuzilmasiga aholi punktining tuzilmasi, unda imorat qurilishi, kvartallarni
rejasi, daryo tarmogʻining va qirgʻoq chiziqlarining chizmasi va boshqalar kiradi.
Sifat va miqdor koʻrsatkichlari kabi tuzilmaviy xususiyatlar oʻlchashning muvofiq
keluvchi birikmalarida, masalan maydon birliklarida, obyektning uzunligi va
balandligida, tabiiy qiymatlar va shu kabilarda ifodalanadi.
O b y e k t y o k i h o d i s a l a r n i n g m a n t i q i y x u s u s i y a t l a r i g a
ularning ahamiyatliligi boʻyicha u yoki bu guruhga tegishli boʻlishi kiradi.
Masalan, aholi punktidagi asosiy, magistral va ikkinchi darajali koʻchalar, oriyentir
ahamiyatiga ega boʻlgan yoki boʻlmagan obyektlar va h.k.
O b y e k t l a r n i n g f u n k s i o n a l x u s u s i y a t l a r i ga obyekt tomonidan
bajariladigan funksiyalar kiradi (masalan, olib borayotgan faoliyati, kema qatnovi
mavjudligi va shu kabilar).
Model sifatida xaritalarni loyihalashda, kartografik hodisalarning miqdor va
sifat tavsifini tasvirlash uchun, ularning ifodalanish birliklari va koʻrsatkichlari
turlarini tanlash kerak. Tavsiflarning turini va ularning koʻrsatkichlarini tanlash
xaritaning maqsadi, mavzusi, xaritaga olinayotgan obyektning yoki hodisaning
tabiati (uning tarkibiy va fazoviy tuzilmasi), xaritani tuzish uchun jalb qilingan
kartografik manbalar xususiyatlari kabi omillar bilan belgilanadi.
Kartografik axborotni taqdim qilish shakli (miqdorli, sifatli) muhim
ahamiyatga ega. Qator holatlarda sifatli axborotni tasvirlash uchun u miqdorli
shaklga aylantiriladi. Masalan, shartli ball tizimida koʻrsatkichlarning ifodasiga
ega eksport baholash metodidan foydalanilganda, koʻrishimiz mumkin.
Modellashtirilayotgan hodisaning miqdor tavsifi mutloq (absolyut) yoki nisbiy
koʻrsatkichlarda ifodalaniladi.
Kartografik tasvirlash usullarini, kartografik shartli belgilar va legendalar
tuzilishini loyihalashni asosiy maqsadi – bu xaritaning mazmunini uzatishning eng
yaxshi, qulay sharoitini taʻminlashdir, yaʻni real borliqning alohidagi tomonlarini
kartografik shaklda ifodalash.
Xaritada xaritaga olinayotgan obyektni toʻgʻri va aniq tasvirlash va
xaritaning maʻlumotliligini oshirish, koʻplab hollarda kartografik tasvirlash
usullarini toʻgʻri tanlashga bogʻliq. Tasvirlash usulini tanlash xaritaning maqsadi
va masshtabiga, shuningdek, xaritaga olinayotgan hududning xususiyatlariga,
xaritaga olinayotgan obyektlar va hodisalarning tavsifi (mohiyati) kabi omillarga
bogʻliqdir.
Bu omillar bilan birga xaritaga olinayotgan obyektning fazoviy tuzilmasi,
uning joylashish darajasi (nuqtada, chiziqda yoki maydonda) ham hisobga olinadi.
Obyekt maydonda joylashgan holatda uni hududda tarqalish xarakteri eʻtiborga
olinadi (uzluksiz yoki tarqoq, bir tekis yoki ora-sira, aniq yoki noaniq konturlarda).
Tasvirlash usulini tanlashda va uni amalga oshirishda, mavjud kartografik,
statistik va boshqa materiallar va dastlabki manbalarning batafsillik darajasi va
toʻliqligi, shuningdek, usulni texnik tadbiq qilish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Sanab oʻtilgan omillarni bilish, uni aniq vazifalar uchun qoʻllash, tasvirlanishining
eng maqsadga muvofiq, tejamkor kartografik tasvirlash usullarini tanlash, uning
oʻziga xosligi, imkoniyatlari, ustunliklari va kamchiliklarini hisobga olish
muhimdir.
Xaritani loyihalashda kartografik shartli belgilarning eng maʻqbul tizimini
ishlab chiqishga alohida eʻtibor beriladi. Kartografik belgilarni loyihalashning
umumiy masalalari ushbu darslikning 1-bobida berilgan, ular batafsil “Xaritalarni
jihozlash” kursida bayon qilingan. Bu masalani aniq xaritalarni yaratish uchun
tadbiq qilish keyingi boblarda qisman yoritilgan.
X a r i t a l a r n i j i h o z l a s h n i loyihalash:
-
xaritani nashrga tayyorlashning eng maqbul
usullarini tanlash;
-
xarita mazmunini koʻrib uni idrok qilishning eng
yaxshi yoʻllarini, koʻrgazmaliligini, badiiyligini, shuningdek,
xaritani eng qulay nashr qilishni taminlovchi grafikli (shtrixli
va shriftli) va boʻyoqli jihozlashni ishlab chiqishni oʻz ichiga
oladi.
Xaritani nashrga tayyorlash plastiklarda chizish yoki oʻyish yoʻli bilan nashr
qilish
masshtabidagi
alohida
originallarda,
shuningdek,
yiriklashtirilgan
masshtabda yoki nashr qilish masshtabida qattiq yelimlangan asosda qogʻozga
chizish yoʻli bilan (birlashgan yoki alohidagi originallarda) amalga oshiriladi.
Xaritalarni nashrga tayyorlashning eng maʻqbul usullarini loyihalash koʻplab
omillarga bogʻliq: bu ishlarni bajarish uchun tuzish originallari mazmunining
murakkabligi, ijrochilar malakasi, jihoz va materiallar, vaqtning yetarligi va h.k.
Xaritalarni shtrixli, shriftli va boʻyoqli jihozlanishi estetik jihatidan
mukammal boʻlishi, xaritaning maqsadi va undan foydalanish shartlariga eng
mukammal tarzda muvofiq kelishi shart. Boshqacha qilib aytganda, ular
kartografik dizaynni taʻminlashi shart, uning asosida sanoatning dizayni bilan
analogiyasi boʻyicha ishlab chiqarish sanʻati tamoyili - “shaklining foydasi va
mukammalligi” yotadi.
Kartografik dizayn xaritaning estetik va badiiy ifodaligida, qoʻllangan
tasviriy vositalarning amaliyotga yoʻnaltirilganligida namoyon boʻlib, ularning
soddaligida, qatʻiyligida, tejamkorliligida, tuzilishi va oʻzlashtirilishi qulayligida,
koʻrgazmaliligida bilinadi.
Xaritalarni jihozlashda estetiklik xaritaning fonli (maydonli) va shtrixli
elementlari uchun ranglarni garmonik uygʻunligini toʻgʻri qoʻllash bilan erishiladi.
Xaritaning grafik jihozlanishi iloji boricha sodda, stillashgan va noyob boʻlishi
kerak. Xaritalarni badiiy jihozlashning asosiy tamoyillari xaritalarni jihozlash
boʻyicha amaliy qoʻllanmalarda batafsil bayon qilingan.
Xaritani jihozlashni loyihalash ishlari ilmiy-texnik, foydalanish, maqsad va
mazmun hossalarini eʻtiborga olib amalga oshiriladi.
Bir tomondan xaritaning mazmunini loyihalash, boshqa tomondan bu
mazmunni aks ettirish uchun kartografik tasvirlashning qulay usullari va
kartografik belgilar tizimidan foydalanish xaritalar legendasini shakllantirishni
taʻminlaydi. U birinchi ikkita vazifani hal etilishi bilan bir vaqtda ishlab chiqiladi
va ikkita xizmatni bajaradi.
Birinchi xizmati shundan iboratki, legenda ishlab chiqilgan boʻlib, u xaritani
tuzish jarayoniga xizmat qiladi. U xaritaning asosiy va organik qismi hisoblanadi.
Legendani ishlab chiqish xarita mazmunining asosiy elementlarining toʻliqligini
belgilash, ularning ahamiyati va oʻzaro aloqalarini aniqlash, elementlar tasnifining
tamoyillarini bilish va xaritani jihozlash xarakterini belgilash imkonini yaratadi.
Legendaning ikkinchi xizmati “oʻqilgan” degan nomidan kelib chiqadi va
uni jizohlash uchun zarur boʻlgan xaritalarda foydalanilgan shartli belgilarni
aniqlashtirishdan iborat. Legenda xaritani oʻqish, unda nazarda tutilgan fikrlarni va
mazmunni ochish hamda tizimli aloqani aniqlash imkonini beradi. Turli xil
xaritalar legendalarining turlari va ularni tuzish metodikasi ushbu darslikning 4-
bobida koʻrib chiqilgan.
Xarita va atlaslarni loyihalashni eng muhim bosqichlaridan biri – bu
xaritaning muharriri tomonidan texnik muharrir ishtirokida amalga oshiriladigan
xaritalarni yaratishdagi eng samarali texnologiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Tanlangan texnologiya ishlab chiqarish hajmini va uning rentabelligini
taʻminlovchi, xaritalar originallarini yaratishning eng samarali, istiqbolli va
oqilona usullaridan boʻlib, foydalanishga, ishlab chiqarish unumdorligini
oshirishga, sifatga, ishlab chiqarish siklini tejamkorligiga va uning minimal
tarzdagi davomiyligiga asoslangan boʻlishi kerak.
Xaritani loyihalashda texnologiyalarni tanlash bilan birga mazkur
kartografik asarni yaratishning tashkiliy masalalari ham hal etiladi, ishni
bajaruvchilar oʻrtasida hamkorlik qilish boʻyicha tavsiyanomalar beriladi, ishni
bajarish ketma-ketligi oʻrnatiladi.
Loyihalashning yuqorida koʻrib chiqilgan turlari har qanday turdagi xaritani
yaratishda bajariladi, lekin xaritani tuzishning oʻziga xos xususiyatlari hisobga
olinadi. Xaritalarni loyihalash boʻyicha butun ishlar majmuasida, shuningdek,
koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar va boshqa muharrirli-texnik hujjatlarni ishlab chiqish
ham bajariladi. Bunda loyihalashning oʻziga xosligi quyidagicha:
-
mazkur turdagi xaritalarni loyihalash va tuzishda
oldingi tajribalar hisobga olinadi;
-
yaratilayotgan
turdagi
xaritalarning
qulay
parametrlarini belgilash uchun eksperemental tadqiqotlar
bajariladi;
-
xaritalarni yaratish metodlari va texnikasining
yangi talablarini hisobga olib, mazkur turdagi xaritalar uchun
asosiy, tayanch holatlar ishlab chiqiladi.
Bajarilgan ishlar natijasi xaritalarni yoki ularni tizimini yaratish boʻyicha
tahririy – texnik loyiha hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |