2-bob boʻyicha nazorat savollari 1. Umumiy qoidalarga muvofik xaritalarni loyihalash jarayoni qaysi bosqichlarni oʻz ichiga oladi, misollar bilan tushuntiring. 2. Xaritaning mazmunini loyihalashda asosiy eʻtibor nimalarga qaratiladi? Ularni izohlang. 3. Mavzuli va maxsus xaritalarni, ayniqsa, birinchi marta yaratilayotgan original xaritalar mazmunini loyihalashda nimalarga eʻtibor qaratiladi? 4. Ilmiy-texnik xaritalar nimalarga moʻljallangan va qaysi sohalarga xizmat qiladi? 5. Obyekt yoki hodisalarning mantiqiy va funksional xususiyatlariga nimalar kiradi, misollar keltiring. 6. Xaritalarni jihozlashni loyihalashda nimalarga eʻtibor beriladi? 7. Kartografik dizayn nimalarda namoyon boʻladi, keng ommaga moʻljallangan xaritalarni jihozlashni tushuntiring. 8. Xarita va atlaslarni loyihalash texnologiyalari nimalarga asoslanib ishlab chiqiladi?