5-modul-2-mavzu: tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash



Yüklə 320,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.11.2023
ölçüsü320,35 Kb.
#132992
  1   2
5-modul-2-mavzu tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash



5-modul-2-mavzu:TARBIYASI OG’IR BOLALAR BILAN ISHLASH 
 
“Tarbiyasi og’ir” bolalar… Hammaga ma’lum bo’lgan va afsuski, allaqachon ko’nikib ketilgan 
bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u qo’lida rogatka ushlagan bezori, bola 
o’qituvchi uchun - sinfdoshlariga yomon ta’sir ko’rsatuvchi norasmiy, bolalar bog’chasi 
tarbiyachisi uchun esa – xarxashali injiq, yengiltak, tinib – tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi? 
Har qaysisi uchun u o’zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi “tarbiyasi og’ir” 
bolaning mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola ham 
tabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin.Odatda hamma bolalar ham tug’ilgan vaqtlaridanoq ota-
onalariga ma’lum bir qiyinchilik keltiradi. Ammo ba’zilar uchun muammo bo’lgan narsa, 
boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga 
nisbatan ota-onalarining tutgan yo’li, oiladagi qadryatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarning bor yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash 
jarayonida muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab 
beradi. 
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir 
hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli 
faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir 
qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga 
ba’zi 
huquqlarini 
berish 
yo’li 
bilan 
ularga 
ta’sir 
o’tkazish 
mumkin.
Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular 
o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu 
xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon hatti-harakatlarini 
bajarmaslik imkoniyatini beradi. 
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida 
olingan natijalarga asoslanadi: Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun 
tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z muhitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan 
ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya 
uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik 
xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-
onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ulaning yo’qligi 
bolalarga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxorligini bildiradigan so’zlar xatti-harakatlar bola uchun 
juda kata ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-
atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: 
xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari 
esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorlarni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor 
hamma bolalarga ham taaluqli emas. 
Bolalarni tarbuyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya 
jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota-
onalarga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo’llab-
quvvatlamaganda bola o’z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Konfutsiy “Eskini o’zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.” 
degan edi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar 
ham bir biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin ko’pincha kattalar buni unutib qo’yadilar, 
o’zlaricha qandaydir umumiy tavsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “ 
bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola 
avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. 
Aksincha, kattalar bolaning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida 
yashashga o’rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari 


lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima 
qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota-
onalariga, do’stlariga va nihoyat, o’z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan 
uzishni tushunib oladi.
Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat 
qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo’ladigan o’zaro 
munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada 
qadryatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganlik his etishga yordam beradigan 
usulini topish kerak. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi qo’llanilmaydi. Har 
holda ota-onalarning “qiyin” chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga tog’ri kelmaydi, garchi 
bu bosqichda qiyinchiliklar ko’p bo’lsa ham. To’g’ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik 
xarakterda bo’ladi va ko’pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo 
vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o’rniga boshqalari paydo 
bo’ladi, ular chaqaloqlik davrida, ayrim hollarda undan ham oldin bolaning tug’ilishini kutish 
vaqtlarida yashirilgan bo’ladi. Hali bola go’daklik davrida onasi unga qanday munosabatda 
bo’lish to’g’risida unchalik qayg’urmaydi, u ana shu jajji jigargo’shasini parvarish qilishga doir 
hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli. 
Shu narsa aniqlandiki uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo’lmasa, bola uchun ham 
yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtahasi ham bo’ladi. Shunday qilib , onada ham, bolada ham, 
bo’ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab 
yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini obektiv baholashga bo’ladilar. Agar 
ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar 
hech qachon bu haqida o’ylab ham ko’rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor 
bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o’ylab 
ko’rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan 
vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik holatiga moslashadi”, onasi esa har 
doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi his qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib 
ololmaydi. U faqat kichkintoyini o’ziga qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi 
xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat 
yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi 
qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo’ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga 
yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo’lgan nuqsonlarni tuzata 
olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo’ymasligini anglagan vaqtda 
emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo’ladi.
Nima uchun kattalar bola bilan bo’ladigan munosabatlarida har qanday qiyinchilikka duch 
kelganlarida boladan achiqlanadilar va undan shikoyat qiladilaru o’zlarining imkoniyatlarini 
izlab ko’rmaydilar? Ular qarindosh urug’lardan, tanishlardan, pedagoglardan, xatto psixolog va 
psixoterapevtlardan maslahat so’raydilar. Ulardan uni, buni qilish, ma’lum vaqtdan keyin esa 
mana buni qilish kerak, shunda shikoyatlariga o’rin qolmaydi, hammasi o’z o’rniga tushib 
ketadi, qabuldagi aniq bir tavfsiya, yo’l-yo’riqlar kutadilar. Vaholanki bu maslaxatlar ko’p narsa 
bermaydi. Faqat ota-onalarning o’zlari vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilishlari va aynan shu 
oilada, aynan shu bolaga nisbatan qanday yo’l tutish zarurligini va mumkinligini belgilashlari 
mumkin. Mumkin bo’lgan ko’pgina variantlar orasidan to’g’risini tanlashda ota-onalarga 
psixologning ham, tajribali pedagogning ham maslahatlari yordam berishi mumkin. 
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik 
adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning 
normadan chetga chiqqan hatti-harakatlaridan farqli o’laroq asotsial axloq ijtimoiy jihatdan 
determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonormal o’zaro munosabatlar, oila 
va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko’rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham 
tug’ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoyinki “Tarbiyasi og’ir” bolalar esa 


pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o’zgarishini- 
pedagogik xatolar oqibatidir.
Shaxsni kuzatish talab etiladigan keng doiradagi bolalar “qiyin” bola atamasi bilan belgilanadi. 
Kattalarning talablari maslaxatlariga qarshilik ko’rsatadigan, ularning so’zga kirmaydigan, injiq, 
o’jar bolalar shu toifadagi bolalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday og’ishlarning 
sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko’rsatish bilan bir vaqtda uning ehtiyojlari, 
qiziqishlariga e’tibor berish va faoliyatining kollektiv shakllariga jalb etish–bolaning fe’l-
atvorida paydo bo’ladigan injiqlik, o’jarlik, itoatsizlikning oldini olish va ularni bartaraf 
etishning asosiy yo’lidir.
Bolalarning ma’lum qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi. Bunday 
o’quvchilarga individual yondashish va ularning intizomsizlik sabablarini aniqlash lozim. 
Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faolligini maqsadga muvofiq tashkil etish, 
qadr-qimmati, ma’lum darajada mustaqillikka bo’lgan huquqlarni hurmat qilishni nazarda tutadi. 
Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu 
yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, hayrixox munosabatini, ikkinchidan uning ijobiy 
fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensial imkoniyatlariga 
ishonishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan 
qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli katta. Eng yangi pedagogik texnologiyalar 
bilan qurollangan o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o’quvchiga, o’quvchilar 
jamoasiga,oilaga ko’rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtruvchisi sifatida namoyon 
bo’lmoqda. 
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab 
tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon 
doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini 
olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining 
qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga;

Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi;

a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib 
o’tish;

b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib 
toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik, yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-
harakat birligi yotadi.
O’qituvchi yo’l qo’yadigan:
Birinchi xato - o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga 
olmaslikdir. Bola o’zining individualligi bilan boshqalarga o’xshamaydi, u betakror. Uning 
o’ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o’quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq 
tashkil etish va o’quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko’pchilik o’qituvchilar 
o’quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim 
o’qituvchilar o’quvchidagi chetga chiqish xollarini ko’rmaydilar. Vaholanki bu chetga chiqish 
bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo’lishi mumkin. Bu esa o’qituvchining 
puxta o’ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar 
o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o’z vaqtida ularga ko’rsata bilmasalar, 
hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo’lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo’li bilan 
ulardagi o’tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo’ladi. 
Ikkinchi xato - bolalarda ro’y berayotgan fikrlash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatini 
yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o’zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish 


o’quv jarayonida o’rtacha o’quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi 
xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to’g’ri yo’l topa 
oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas. 
Uchinchilarda – bilimlarni o’zlashtirish sur’ati juda sekin va hakozo.
Agar o’qituvchiga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa uning o’qishda orqada qolishi kuchayadi u 
jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan 
kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo’lishi uning 
shaxsini o’zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo’nalishda 
bo’lgan jamoaning unga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi. 
Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali 
bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali 
tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni 
bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat 
darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan 
kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o’rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit 
yaratish; 
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va uning 
rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o’quvchilarning tashqi belgilarini ko’ra 
bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o’rganish lozim. Yomonlikka qarshi 
kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o’ylab 
ko’ring.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib 
boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri” ning o’ziga xos xususiyatlari bilan 
belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, 
ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar 
paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat: 
intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, 
psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto nomutanosibliklar bo’lishi mumkin. Shuni 
qo’shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham 
namoyon bo’ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday 
bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari 
notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat, 
nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-
atvorida tajovuskorlik, dag’allik, qo’pollik, urishqoqlik, o’y-hayolga botish, loqayd bo’lib qolish, 
beparvolik paydo bo’lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida 
qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv 
– bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan 
qo’shib olib borishdan iborat. Uning asosida o’quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga 
oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir 
metodlari va usullarini qo’llashda kasal bolalarga individual yondashishni o’z ichiga oluvchi 
davolash pedagogikasi asoslari yotadi. 
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari 
bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan 
tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida 
jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar 
xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va 
boshqalardir.


Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar 
va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish 
pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror xarakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik 
qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, 
siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan 
mezonlari bilan xarakterlanadi.

Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator hatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va 
jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga 
to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, 
shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya 
harakatlardir.

Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea hodisalardan turlicha 
emotsional ta’sirlanish; voqea va hodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava 
xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo’lish, 
yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish 
jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mehr-muhabbat va 
yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning 
boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat 
turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga 
chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota 
yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday 
sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning 
ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid 
faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm 
o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” 
metodlari ham bor.
O’quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya 
ko’rmay o’sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo’lish qilish lozim. Hamma 
narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq. 
G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muhitning ta’siri ostida 
rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o’z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muhitda 
nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo’ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va 
sho’xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo’rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik 
xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz qarovsiz bolalar va o’smirlarning belgilarini 
ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab 
tipi. Bolalar bu nuqsonni yengib o’tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga 
ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch sohasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-
irodaviy sohalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko’rsatishni talab etadi. 

Yüklə 320,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin