5-nazorat ishi. 7-sinf. Ona tili. Kalit 1-boʻlim. Imlo toʻgʻri yozilgan soʻzlarni aylanaga oling



Yüklə 21,31 Kb.
tarix23.12.2022
ölçüsü21,31 Kb.
#121707
5-nazorat ishi Kalit baholash


5-NAZORAT ISHI. 7-SINF. ONA TILI. KALIT
1-BOʻLIM. IMLO
Toʻgʻri yozilgan soʻzlarni aylanaga oling.

Loʻgistika

turkiyalik

platforma

ortib-bormoq

veterenar
















oppoqqina

gʻuvillamoq

qurullamoq

xurkmoq

yutim
















Rossiyalik

narmal holat

qurilma

yetim

ost


Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 8

2-BOʻLIM. LEKSIKOLOGIYA
2.1. Quyidagi soʻzlarni (chap ustun) maʼnolari (oʻng ustun) bilan moslashtiring.

1

pisand

A

dunyoni koʻring, bilish, oʻrganish yoki dam olish maqsadida tashkil etiladigan sayr-sayohat

2

turizm

B

texnikaning maʼlum sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxs, muhandis

3

mutaxassis

D

diqqat-eʼtibor, nazar

4

injener

E

hayotda, faoliyatda tutgan oʻrin, qiymat

5

ahamiyat

F

biror sohada maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan kishi



1 – D

2 – A

3 – F

4 – B

5 – E


Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 5

2.2. Quyidagi iboralarni (chap ustun) maʼnolari (oʻng ustun) bilan moslashtiring.

1

podadan oldin chang chiqarmoq

A

ozor yetkazmaslik, qattiq gapirmaslik

2

qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan

B

hech kimga ozor bermaydigan, beozor

3

mushugini pisht demaslik

D

arzimagan narsani ham ulgʻaytirib koʻrsatish, haddan tashqari oshirib yuborish

4

pashshadan fil yasamoq

E

tutilib qolmaslik, oʻzini olib qochish

5

chap bermoq

F

biror voqea haqida u sodiq boʻlmasdan oldin hovliqib gapirib berish



1 – F

2 – B

3 – A

4 – D

5 – E


Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 5
3-BOʻLIM. Grammatik qoidalar
3.1. Yuklamalar toʻgʻri qoʻllangan gaplar qarshisiga + belgisini qoʻying.
1. Har kimning faqat hayotda oʻz maqsadi bor.
2. Nihoyat, ular ham charchadi shekilli, jimib qolishdi. +
3. Xuddi teatrni bir vaqtlar ibratxona deb bekor atashmagan.
4. Boshqalarning vaqtini olyapsiz axir. +
5. Xuddi kasal boʻlmaydiganday gapirishingni qara. +

Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 3

3.2. Gaplardagi boʻlaklarni quyidagi ustunlarga joylashtiring.
1. Oʻtgan yili (oʻshanda kal emasdim) taʼtilni buvimlarnikida oʻtkazdim.

Bosh boʻlak

Ikkinchi darajali boʻlak

Kesim bilan munosabatga kirishmaydigan boʻlak

oʻtkazdim

taʼtilni, buvimlarnikida, oʻtgan yili

(oʻshanda kal emasdim)


Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 5

2. Darhaqiqat, men sendan roziman.



Bosh boʻlak

Ikkinchi darajali boʻlak

Kesim bilan munosabatga kirishmaydigan boʻlak

men, roziman

sendan

darhaqiqat


Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 4

3. Men kuchugimni veterinar qabuliga olib bordim.



Bosh boʻlak

Ikkinchi darajali boʻlak

Kesim bilan munosabatga kirishmaydigan boʻlak

men, olib bordim

kuchugimni, veterinar qabuliga





Har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball: 4


Ballni bahoga aylantirish jadvali:

Ball

Baho

28 – 34

5

22 – 27

4

17 – 21

3


DIQQAT! Oʻquvchining notoʻgʻri javoblari uchun ball ayirib tashlanmaydi.
Yüklə 21,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin