5-sinf Adabiyot



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/12
tarix21.10.2017
ölçüsü0,78 Mb.
#8186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

J: Kumush qo‘ngiroqchalar.

5. Imperator bog‘ida sayr etuvchilarning e’tiborini nima tortar edi? J: Kumush qo‘ng‘iroqchalar jarangi.

6. Bog‘ oxiri qayergacha cho‘zilgan edi? J: Buni bog‘bon ham bilmas edi.

7. Bog‘ning bir tomoni nimaga tutashib ketgan? J: Qalin o‘rmonga.

8. Bulbul qayerda yashar edi? J: O‘rmondagi daraxtlar qalin shoxlari ora-sida.

9. Ertakning qaysi qahramoni bulbul sayrashini eshitib, qayg‘u-tashvishlarini unutib “Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” deb yuborar edi? J: Baliqchi.

10. Xitoy imperatori saroyiga qayerdan kelgan sayyohlar chinni saroyni, bog‘ni va bulbulni maqtashar edi? J: Yetti iqlimdan.

11. Sayyohlar tomonidan “Bu yurtning eng yaxshi g‘aroyiboti” deb maqtalgan narsa nima? J: Bulbul xonishi.

12. Xitoy imperatori bulbul haqida qayerdan bilib oladi? J: Yaponiya impera-tori sovg‘a qilgan kitobdan.

13. Imperator bulbul haqida so‘rash uchun kimni chaqiradi? J: “Uff” deb javob beradigan amaldorni (bosh vazirni).

14. Bulbulni topish kimga topshiriladi? J: Bosh vazirga.

15. Imperator bulbul topilmasa amaldorlarni qanday jazolamoqchi edi? J: Qorniga urdirmoqchi.

16. Bulbul haqidagi darakni kimdan eshitib qoladilar? J: Oshxonada ishlaydi-gan qizchadan.

17. Oshpaz qizchaga bulbulni topish evaziga vazir nimani va’da etadi?



J: Mansab, imperatorning taom yeyishini tomosha etishni.

18. Amaldorlar yo‘lda ketayotib dastlab nimalarning tovushini eshitib bulbul deb o‘ylaydilar? J: Sigir, qurbaqa.

19. Saroy amaldorlari nimaning ovozini ibodatxona qo‘ng‘iroqchalarining ovoziga o‘xshatadilar? J: Qurbaqanikini.

20. Bosh vazir haqiqiy bulbul ovozini nimaga o‘xshatadi? J: Chinni qo‘n-g‘iroqlar jarangiga.

21. Katta zalning to‘rida, imperator taxti turadigan joyga nima o‘rnatilgan edi?

J: Oltin qo‘ndoq.

22. Oshpaz qizchaga qanday unvon berildi? J: Saroy oshpazi.

23. Bulbul qanday rangda edi? J: Qoramtir.

24. Imperator bulbulga mukofot sifatida nima beradi? J: O‘zining oltin tufli-sini.

25. Bulbul nimani o‘ziga loyiq mukofot deb aytadi? J: Imperator ko‘z yosh-larini.

26. Sun’iy qushning bo‘yniga bog‘langan lentada qanday yozuv bor edi?



J: “Xitoy imperatorining bulbuli oldida Yaponiya imperatorining bulbuli ip esholmaydi”.

27. Sun’iy bulbulni Xitoy imperatoriga kim sovg‘a qiladi? J: Yaponiya impera-tori.

28. Yaponiya imperatori elchisi qanday unvon bilan taqdirlanadi? J: “Impe-ratorning favqulodda bulbullar yetkazib beruvchi vakili”.

29. Kapelmeyster so‘zining ma’nosi? J: Xor rahbari.

30. Sun’iy bulbul bir qo‘shiqni necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi?

J: 34 marta.

31. Xalqning bulbul qo‘shig‘ini eshitib ko‘ngli to‘lishini nimaga qiyoslashgan?



J: To‘yib choy ichishga.

32. Saroydan ketib qolgan bulbulni birinchi bo‘lib kim payqaydi va nima deydi?



J: Imperator: “Ko‘rnamak qush”, - deydi.

33. Xalq orasidagi kimlar sun’iy bulbul ovozini eshitib hayratlanishmadi?



J: Kambag‘al baliqchilar.

34. Sun’iy bulbulga qanday unvon berishdi? J: Imperatorning tungi dastur-xoni paytidagi birinchi chapqo‘l kuychisi.

35. Sun’iy bulbul to‘g‘risida kim 25 jildlik kitob yozadi? J: Kapelmeyster.

36. Sun’iy bulbul qachon buzilib qoladi? J: Bir yildan so’ng.

37. Kimlar sun’iy qushga jo‘r bo’lib “Vit, vit, vit!. Vit, vit, vit !” deb kuylashar-di? J: Xalq, o‘g‘il bolalar va imperator.

38. Sun’iy bulbul buzilib qolganida kimlarni chaqirishga to‘g‘ri keladi?



J: Tabib, natijasi bo‘lmagach soatsozni.

39. Soatsoz tuzatgan bulbul yiliga necha marta qo‘shiq aytishiga tog‘ri kelardi?



J: Bir marta.

40. Imperator necha yildan keyin kasal bo‘lib qoladi? J: 5 yil.

41. Azroil imperatorning nimalarini tortib olgandi? J: Tojini, oltin qilichini, bayrog‘ini.

42. Imperatorning ko‘ziga ko‘ringan irkit va razil, muloyim va chiroyli sharpalar

kimlar edi? J: Qilgan yaxshi va yomon ishlari.

43. Imperator bu har xil sharpalardan qutilish uchun kimlarni chaqirishni buyu-radi? J: Musiqachilarni.

44. Kasal imperatorning yoniga kelib sayray boshlagan bulbulga kim “Kuyla, bulbuljon, kuyla!” deb yalina boshlaydi? J: Azroil.

45. Bulbul Azroildan kuylashi evaziga nimalrni so‘rab ola boshlaydi? J: Oltin qilichni, bayroqni, tojni.

46. Azroil saroyni nima uchun tark etadi? J: Bulbul qabriston haqida kuyla-ganida.

47. Bulbul imperatorga nimalar haqida qo‘shiq aytib turishiga va’da beradi? J: Baxtli va baxtsiz odamlar, yaxshi va yomonliklar.

48. Imperator qushchaga nima deb va’da beradi? J: Fuqarolarning ahvoli to‘g‘risidagi xabarlarni aytadigan qushchasi haqida hech kimga aytmas-likka.

49. “Bulbul” ertagida bulbul shohga qarata: “Lekin baribir… qandaydir muqad-daslik nuriga yo‘g‘rilgan! Uni pok saqla” deganda nimani nazarda tutadi?



J: Hukmdorlik tojini.

50. “Bulbul” ertagida haqiqiy bulbul necha yildan keyin saroyga qaytib keladi?



J: 15 yildan so‘ng.
ABDULLA QODIRIY

1. “Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo‘lmasa kerak. U faqat o‘zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir”. Ushbu satrlar kimga tegishli?



J: Islom Karimov, Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”.

2. Qaysi ijodkor tarjimayi holida : “..bog‘bonlik bilan kun kechiruvchi bir oilada tug‘ilganman”-deydi? J: Qodiriy.


3. Abdulla Qodiriyning 1913-1916-yillarda e’lon qilingan asarlarini toping?

J: 1. “Uloqda”, 2. “To‘y”, 3. “Millatimga bir qaror”, 4. “Baxtsiz kuyov”, 5. “Fikr aylagil”, 6. “Juvonboz”, 7. “Ahvolimiz”.

4. Abdulla Qodiriyning she’rlarini toping? J: “To‘y”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylagil”, “Ahvolimiz”.

5. Qodiriyning hikoyalarini toping? J: “Uloqda”, “Juvonboz”.

6. Qodiriyning pyesasini toping? J: “Baxtsiz kuyov”.

7. Qodiriy ilk asarlarida qaysi taxallusini qo‘ygan? J: Julqunboy.

8. Qodiriy eng ko‘p ijod qilgan davr qaysi? J: 20-yillar.

9. “O‘tkan kunlar” romani qachon e’lon qilina boshladi va qachon nashr qilin-di? J: 1922-yildan e’lon qilina boshladi, 1925-1926-yillarda har bir bo‘lim uchta alohida kitob holida nashr etildi.

10. “Mehrobdan chayon” romani qachon yaratilgan? J: 1928-yil.

11. “Obid ketmon” qissasi qachon yaratilgan? J: 1930-yillarda (1934-yil).

12. Qaysi ijodkor mustaqillik yillarida birinchi bo‘lib “Mustaqillik” ordeniga munosib ko‘rilgan? J: Qodiriy.

13. “Uloqda” hikoyasi kimning tilidan hikoya qilingan? J: Turg‘unboyning.

14. “Obid ketmon” qissasi qanday mavzuda yaratilgan? J: Zamonaviy.

15.Abdulla Qodiriy qaysi Davlat mukofati bilan taqdirlangan? J: Alisher Na-voiy nomidagi.

ULOQDA” HIKOYASI


1. “Uloqda” hikoyasi bosh qahramoni Turg‘un necha yoshda edi? J: 12 yosh.

2. Turg‘unboyning orqasidan “Oyog‘ing olti, qo‘ling yetti bo‘lib qoldi-a!” deb kimlar kulishdi? J: Dadasi va oyisi.

3. Turg‘unning oti qanday rangda edi? J: Qora qashqa.

4. Turg‘unboy “Ana shundan keyin otga minsak, chin to‘racha bo‘lamiz” deb qaysi narsalarni nazarda tutgan? J: Oq junjuncha kamzulni, o‘ruscha shimni, amirkon etikni, duxoba do‘ppini.

5. Turg‘unboyning akasining ismi? J: Mahkamboy.

6. Mahkam boyvachchaning ota-bobosi uloqchi bo‘lib kelganligi va o‘n ikki yashar ukasining uloqqa qiziqishi haqida gapirgan kim? J: Sobir tegirmon-chining o‘g‘li To‘g‘onboy.

7. Yuz-ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg‘iz uloqni ajratib chiqadigan, uloqning piri deb ta’riflangan kim? J: Turg‘unboyning bobosi.

8. Turg’unboyning bobosi haqida maqtov so‘zlarni kim aytadi? J: Mo‘ylovi shopdek yigit.

9. Turg‘unboy bilan ketayotgan chavandozlar Mahkamga qayerda uchraydilar?

J: M…guzarida

10. “Uloqda” hikoyasida uloqqa kelgan odamlar qaysi daraxt tagida dam oladi-lar? J: Sadaqayrag‘och.

11. Qaysi asarda uch-to‘rt qop bodringni qo‘yib “Mirzaqiron bodring, kasir-kasir bodring!” deb bodring sotilgan? J: “Uloqda”.

12. “Uloqda” hikoyasida uloq kimlarsiz qizimasdi? J: Salim chavandoz bilan Murodsiz.

13. Hikoyada kimning oti qozoqi ot, qamchi ko‘tarmaydi, “hayt” desa bas deb ta’riflanadi? J: Salim chavandozning.

14. Uloq necha yosh edi? J: 10 yosh.

15. Uloq boshlanishi oldidan maydonga kirib kelgan, biri ko‘k, ikkinchisi ola otga mingan chapani yigitlar kim edi? J: Salim va Murod.

16. Turg‘unning o‘rtoqlari kimlar edi? J: Nurxon, Haydar soqov, Shokir mishiqi.

17. “Uloqda” hikoyasida biya minib, o‘rtoqlariga kulgi bo‘lgan bolaning ismi? J: Shokir mishiqi.

18. “Uloqda” hikoyasida chavandoz otining umildirig‘i qancha turishini aytib maqtanadi? J: 15 tanga.

19. “Uloqda” hikoyasida Turg‘unga “Saning otdan baxting bor ekan” deb havaslangan bolaning ismi? J: Nurxon.

20. Nurxonning oti qanday edi? J: Ola yo‘rg‘a.

21. Haydar soqovning oti qanday? J: Saman ot.

22. Nurxon otining chopmasligiga nimani sabab qilib ko‘rsatadi? J: Akasi-ning issiq holda suv berganligini.

23. Haydar soqov otining hurkib turishiga nimani bahona qilib ko‘rsatadi?

J: Eson ko‘knorining o‘g‘li otini guvala tashlab yuborib hurkadigan qilib qo‘yganini.

24. “Uloqda” hikoyasida kim davra boshi edi? J: Orif sarkor.

25. “Uloqda” hikoyasida kimni ot bosib, vafot etadi? J: Esonboyni.

26. Turg‘unga “Sening otingga hech ot bolasi yetolmaydi” deb kim havas qiladi? J: Haydar.

27. Bulturgi hayitda Turg‘unboyga yarim so‘m hayitlik bergan kim edi?

J: Esonboy.

28. Qaysi hikoya oxiri qahramonlardan birining vafoti bilan tugallanadi?



J: Abdulla Qodiriy “Uloqda” va Abdulla Qahhor “Bemor”.

29. O‘zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar asosan qanday shaklda yaratilgan?



J: She’riy shaklda.

30. Badiiy ijodda yangicha usulda, hayotga yanada yaqinroq yondashuvchi, sodda jonli tilda hikoya qiluvchi adabiyot asoschilari kimlar? J: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, H. H. Niyoziy, Hoji Muin, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy.

31. Qaysi hikoya 1915-yilda yozilgan, 1916-yilda alohida kitob holida nashr qilingan? J: “Uloqda” hikoyasi.

32. Qaysi asar zamonaviy o‘zbek adabiyotining birinchi realistik hikoyasi hi-soblanadi? J: “Uloqda”.

33. Yozuvchi “Uloqda” hikoyasidagi qaysi holatlar tasviri orqali Turg‘undagi o‘zi qiziqqan ishiga mas’uliyat va jonkuyarlikni ibrat qilib ko‘rsatadi? J: Uloq
tomoshasiga astoydil tayyorgarlik ko‘rishida.

34. Kontrast usuli nima? J: Zidlantirish usuli. Badiiy asarlarda bir-biriga zid bo‘lgan narsa va hodisalar, yorug‘ va qorong‘i, quvonch va g‘amginlik, kul-gi va fojialarni tabiiy yonma-yonlikda tasvirlab, kayfiyat paydo etish usu-li.

35. “Uloqda” hikoyasida qanday g‘oya ilgari suriladi? J: Adib quvonch bilan o‘limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutish-ga, behuda narsalarga umrini sarflamay, ma’rifatga, ma’naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashashga undaydi.
HIKOYA HAQIDA TUSHUNCHA
1.Yozuvchi tomonidan kuzatilgan, idrok etilgan ibratli voqea va hodisalarni ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi nasriy asar? J: Hikoya.

2. Hikoya janrida shuhrat qozongan jahon adabiyoti adiblari? J: Prosper Meri-me, Gi de Mopassan, O. Genri, A. P. Chexov, Jek London, I. Bunin, S. Sveyg, D. Djoys, A. Morua.

3. O‘zbek adabiyotida hikoya janrida shuhrat qozonganlar? J: Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O. Yoqubov, Sh. Holmirzayev, O‘. Hoshimov, E. A’zam.

4. O‘zbek adabiyotidagi hikoya janrining mumtoz namunalari? J: Abdulla Qahhor “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor”, “Boshsiz odam”.

5. “Uloqda” hikoyasi qanday usulda yaratilgan? J: Kontrast usulida.

6. “Boshsiz odam” hikoyasining muallifi kim? J: Abdulla Qahhor.



MIRKARIM OSIM
1.Sho‘ro adabiyotining to‘ng‘ich avlodiga mansub tarixchi adib? J: Mirka-rim Osim.

2. Mirkarim Osim qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1907-yil Toshkentda ziyoli oilasida.

3. Mirkarim Osim qayerlarda tahsil olgan? J: 1. 1917-1920-yillar “Shamsul urfon” nomli boshlang‘ich maktabda. 2. 1921-1924-yillar Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida. 3. 1926-1930-yillar Moskva davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida.

4. Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida kimlar bilan o‘qidi?



J: Do‘stlari Oybek va Homil Yoqubov.

5. Yozuvchi Moskvadagi davlat pedagogika institutini qachon bitirdi?



J: 1930-yil.

6. Yozuvchining ish faoliyati? J: Samarqandda o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan, 1932- 1949-yillarda O‘zbekiston Maorif Xalq komis-sarligi, Pedagogika ilmiy-tadqiqot ilmgohida ishladi, 1959-yildan 1972-yilgacha Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir bo‘lib ishladi.

7. Ijodini nimadan boshlagan? J: She’r yozishdan.

8. Tarixchi adib 1937-1940-yillarda Navoiy haqida nimalar yozdi? J: “Astro-bod”, “Alisher Navoiy va Darvishali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” singari hikoya va tarixiy qissalar.

9. 1925-yilda yaratilgan, lekin o‘z vaqtida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan dastlabki qissasi? J: “Yangi ariq”.

10. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mum-kin? J: 3 ta: 1. Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. 2. Orta asr-lar tarixidan hikoyalar. 3. XVIII asrdan to oktabr tontarishiga qadar bolgan davr tarixiy hayoti.

11. Tariximizning qadimgi davrlari haqidagi hikoyalari? J: Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini.

12. O‘rta asrlar tarixidan hikoyalar? J: Mogullar istilosi va fan, madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar.

13. Mirkarim Osim asarlarini nechta mavzu yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilish va baholash mumkin? J: 3 ta: 1.Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlar.

2. Tarixiy-maishiy mavzu. 3. Tarixiy tarjimayi hol asarlar.

14. Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlari? J: “Otror”, “Tomaris”, “Te-mur Malik”, “Mahmud Tarobiy”, “Aleksandr va Spitamen” yoki “Iskan-


dar va Spitamen”, “Shiroq”.

15. Tarixiy maishiy mavzudagi asarlari? J: “Mohlaroyim va Xonposhsho”, “Karvon qo’ng’irog’i”, “Elchilar”, “Karvon yollarida”.

16. Tarjimayi hol asarlari? J: “Zulmat ichra nur” (Navoiy ), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tugilishi” (Al-Xoraz-miy), “Singan setor” (Mashrab ).

17. Tarjimayi hol asarlari qaysi janrda yozilgan? J: Qissa.

18. Mirkarim Osim nechanchi yillarda Stalin qatag‘oni qurboni bo‘ldi?

J: 1950 –yil 15-yanvarda 10 yil qamaladi.

19. Mirkarim Osimni tergov qilish necha oy davom etgan va qanday ayb qo‘yilgan? J:10 oy, “sovetlarga qarshi targibot qilgan”likda ayblanadi.

20. Mirkarim Osim nechanchi yillarda oqlanadi? J: 1955-yilda.

21. 70-80-90-yillar tarixchi adiblar uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan asarlar kimniki? J: Mirkarim Osim.

22. Keyingi avlod yozuvchilari uchun ko‘prik vazifasini o‘tagan asarlar kimniki?

J: Mirkarim Osim.

23. Mirkarim Osimga qachon “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan? J: 70 yilligi munosabati bilan.

24. Tarixchi adiblar orasida asl manbani buzmay, qayta badiiy jonlantirish bilan ajralib turadigan adib kim? J: Mirkarim Osim.

25. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari? J: “Astrobod” qissasi (Navoiyga bag‘ishlab).

26. Mirkarim Osim tarjimalari? J: M. Sholoxov “Tinch oqar Don”, S.Boro-dinning “Yeldirim Boyazid” nomli romanlarini, L. Batning “Hayot bos-toni” qissasini.

27. M.Osim nechanchi yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofot-landi? J: 2002-yilda.

28. M.Osimning qaysi asari Navoiy tavalludining 525 -yilligi arafasida 60-yil-larda yaratilgan? J: “Zulmat ichra nur” qissasi.

29. Kimlar A.Navoiy haqida nasriy asarlar yozganlar? J: L.Bat, M.Osim, Oy-bek.

30. Oybek Navoiy haqida qanday asarlar yozgan? J: Dastlab ilmiy maqo-lalar, “Navoiy” lirik dostoni (1936-37) “Navoiy” romani (1942).

ZULMAT ICHRA NUR” TARIXIY QISSASI


Yoshlik ayyomining ilk bahori
1. Kichkina bahodir deb nom olgan kim? J: Alisherning otasi Giyosiddin.

2. Alisher necha yoshida kitobga muhabbat qo‘ygan? J: 4 yoshida.

3. Alisher rasmlarini ko‘rayotgan kitobni otasi qanchaga olgandi?

J: 2 qoy bahosiga.

4. Alisher otasi bergan sopol qo‘chqor bilan kimning qo‘chqorini urishtirmoqchi edi? J: Dosti Husaynning.

5. Alisherning tog‘alari? J: Mirsayid (“Kobuliy”) va Muhammad Ali (“Garibiy”).

6. Alisherning tog‘alari qaysi tillarda she’r yozar edi? J: Forsiy va turkiy.

7. Alisherning jiddiy, kamgap, sipo tog‘asi kim? J: Mirsayid.

8. Alisherning xushchaqchaq, gapdon, tor va tanburni yaxshi chaladigan, o‘z suhbati bilan majlisga jon kirgizadigan tog‘asi kim? J: Muhammad Ali.

9. Alisher 4 yoshida kimning g‘azallaridan yod o‘qirdi? J: Qosim Anvorning.

10. “Rindem-u oshiqem-u jahon so‘z-u joma chok,

Bo davlati g‘ami tu fikri jahon chi bok?”. Ushbu misralar kimning qalamiga mansub va uning sharhi qanday? J: Qosim Anvorning (Biz beparvo oshiqlar-miz, yirtiq chopon, ot nafas, Jahon gami sening gamingga arzimas).

11. Alisherning she’r o‘qishini ko‘rib jiyanining orqasiga qoqib “O‘t nafas bo‘lsang dog‘i, yirtiq chopon bo‘lma” degan tog‘asi kim? J: Muhammad Ali.

12. “Asli ozarbayjonlik, Sarob otlig‘ kentda tug‘ilgan, yigitlik paytida Sadriddin Ardabiliga murid bo‘lib, so‘fiya mazhabiga doxil bo‘lgan, pirining maslahati bilan Xurosonga kelgan, uzoq muddat Samarqandda turgan, umrining oxirida Jom viloyatiga kelgan” shoir kim? J: Qosim Anvor.

13. Alisherga tog‘asi Muhammad Ali qayerga borib kimning maqbarasini tavof qilib kelishi lozimligini aytadi? J: Jom viloyatidagi Qosim Anvorning maqbarasini tavof qilib, qabri poklarini supurish.

14. “Jorub” so‘zining ma’nosi nima? J: Supurgi.

15. Alisherning ukasining ismi? J: Darvishali.

16. Husayn kim edi? J: Temurning evarasi Mansur binni Boyqaroning ogli.

17. Husaynning bobosi Mirza Boyqaro nima uchun qatl ettirilgan? J: Podshoh Shohruxga qarshi isyon qilgani uchun.

18. Xipcha bel, yag‘rini keng, qirg‘iz qovoq deb ta’riflangan personaj kim? J: Husayn.

19. Alisher necha yoshida kim bilan maktabga boradi? J: 4 yosh-u tort oylik


vaqtida, ozidan ikki yosh katta Husayn bilan.

20. Hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini nima deb atardilar? J: “Davlatxona”.

21. Alisher Husaynga ergashib qayerga chiqardi va nimalarni ko‘rardi?

J: Shahar tashqarisidagi Gozurgohga, bolalarning oq otish mashqini.
YAZD CHO‘LI
1.Amaldorlar yashaydigan joy nima deb atalgan? J: Injil.

2. Alisherning uyiga kelgan tog‘asi Mirsayid G‘iyosiddinga nima haqida so‘zlab beradi? J: Temurning ogli podshoh Shohruxning olimi haqida.

3. Shohrux podshoh nimadan yiqilib qayta o‘rnidan turolmaydigan bo‘lib qoladi? J: Xachirdan (eshak).

4. Mirsayid tomonidan odam emas, baayni murda ustiga yopirilgan o‘limtik qushlarga o‘xshatilgan shahzodalar kimlar? J: Abdullatif, Boysunqurning ogli Sulton, Muhammad va uning inisi sharobxor Abulqosim.

5. Mirza Shohrux necha yoshida va qachon dunyodan o‘tadi? J: 72 yoshida, zulhijja oyining yigirma beshida, yakshanba kuni.

6. Alisherlar oilasi uchun kim taxtga o‘tirsa, fojia hisoblanardi?



J: Mironshohning bolalari.

7. Shohrux podshoh o‘lgandan keyin qanday tartibsizliklar ro‘y bergan?



J: Abdullatif amaldorlarni oldirib, buvisi Gavharshodni zindonga soldi, Shoxruxning nabirasi, Boysunqurning ogli Abulqosim Bobur oz akasi Sul-ton Muhammad bilan urishdi.

8. G‘iyosiddinlar oilasi Xurosondan qayerga ko‘chib ketishdi?



J: Garbiy Eronga.

9. Ko‘chish vaqtida qachon safar og‘irlashdi? J: Hirot vodiysidan chiqib, Yazd choliga otganda.

10. Karvon qayerda to‘xtadi? J: Yazd vohasidagi Taft qishlogida.

11. Alisher qayerda Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi? J: Taft qishlogi-dagi xonaqohda.

12. “Zafarnoma” asari muallifi kim va asar kim haqida yozilgan? J: Temur haqida Sharafiddin Ali Yazdiy yozgan.

13. Yosh Alisher notanish chol (Sharafiddin Ali Yazdiy) bilan nima haqida suh-bat quradi? J: Ozi va oilasi, zamonda bolib turgan tartibsizliklar haqida.

14. Yosh Alisherning farosatiga qoyil qolib, fotiha bergan buyuk inson kim?

J: Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy.

15. G‘iyosiddin o‘z oilasi bilan G‘arbiy Eronda necha yil turadi? J: 3 yil.

16. Alisherlar oilasi Hirotga nima uchun qaytib kelishadi? J: Abulqosim Bobur taxtni egallab tinchlik ornatgani uchun.

17. Alisher qachon va qayerda otdan tushib uxlab qoladi? J: Hirotga qaytishda Yazd cholida.

18. Alisher Iroq viloyati-kun botish tomonda, Hirot-kun chiqishda deb kimdan eshitgandi? J: Otasidan.

19. Alisher cho‘lda gumbaz deb o‘ylagan narsasi nima ekan? J: Torsiq.

20. To‘rsiq nima? J: Suv solinadigan mesh.

21. “Kambag‘alman desang, ko‘chib boq” degan maqol qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan? J: “Zulmat ichra nur”, Giyosiddin tilidan.


QO‘SHIMCHA MA’LUMOT
QUSHLAR TILI”
1.Alisher maktabda taxta ostiga bekitib o‘qiydigan kitob nomi? J: F. Attorning “Mantiq ut-tayr” asari.

2. “Mantiq ut-tayr” nimalar haqidagi asar? J: Qushlar haqidagi.

3. Alisherning do‘sti Husayn qaysi kitobni “Mantiq ut-tayrdan” o‘lsa, o‘ligi ortiq deb maqtaydi? J: Sa’diyning “Guliston” asarini.

4. Ikki do‘st qayerda kitoblar haqida bahslashadilar? J: Anhor ustiga solingan gisht koprik ustida.

5. “Mantiq ut-tayr”da qaysi qushning hikoyalari berilgan? J: Hudhud qushi-ning.

6. Alisher tog‘asidan eshitgan hikoyatidagi bir qop somonga almashtirilgan inson kim? J: F. Attor.

7. Qari F. Attorni Nishopur shahrida mo‘g‘ul-totorlar qo‘lidan qutqarib qolgan kim? J: Bir dehqon.

8. Husayn qaysi hikoyatni eshitib, Alisherga sening aqling joyida, agar men podsho bo‘lsam seni vazir qilaman deydi? J: F. Attor haqidagi hikoyatni.

9. Alisher darsda “Mantiq ut-tayr”ni o‘qib o‘tirganida ko‘z oldida nimalar gav-dalanadi? J: O‘rmon va qushlar: qarg‘a, bulbul, quzg‘un, tovus. Qushlar o‘rtasida o‘rin uchun janjal. Hudhud qush tartibga chaqiradi. Shunda qushlar quloq solmagach, o‘zlariga Semurg‘ degan qushni rahnamo qilib olaylik deydi. Qushlar rozi bo‘lib Semurg‘ turgan vodiyga uchib ketadilar. Qushlardan tovus, bulbul, kaklik, kaptar charchagani uchun iziga qayt-moqchi bo‘ladi. Popishak ularning bunday qilmasligini so‘rab, oldiga cha-qiradi. Qushlar qiyinchiliklardan o‘lib-o‘lib, qolgan 30 tasi vodiyga yetib


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin