5-sinf Adabiyot



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/12
tarix21.10.2017
ölçüsü0,78 Mb.
#8186
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Barnogul RAJABOVA

АDABIYOT FANIDAN

SAVOL - JAVOBLAR

(5- sinf adabiyoti darsligi asosida

2000 savolga 2000 javob)

“Xorazm” nashriyoti

Urganch – 2013 yil

UUK: 821.512.133(038)

KBK:

R:

Barnogul Rajabova

Аdabiyot fanidan savol–javoblar: O‘quv-uslubiy qo‘llanma/B. Rajabova; muharrir X.Yoqubova Urganch: “Xorazm” nashriyoti 2013 yil, 136 b



ISBN 978- 9943-4203-2-8

UUK: 821.512.133(038)

KBK
Mas’ul muharrir:

Nasiba Jumaniyozova,

filologiya fanlari nomzodi.


Taqrizchilar:

Bekposhsha Pahimova,

filologiya fanlari nomzodi,



Baxtiyor Jumaboev,

Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi.


Umumiy orta ta’lim maktablarida adabiyot darslarining samaradorli-gini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish asosiy maqsadlardan.

Qolingizdagi uslubiy majmuada 5 - sinf adabiyot darsligining barcha mavzulari qamrab olingan savol-javoblar yoritilgan. Ushbu savol-javoblar oquvchilarning darslikdagi mavzularni yanada mukammalroq oqib- organishlarida amaliy yordam beradi degan umiddamiz.

© “Xorazm” nashriyoti -2013 yil

ISBN - 978- 9943-4203-2-8

© Barnogul Rajabova “АDABIYOT FANIDAN SAVOL - JAVOBLAR






I QISM

ADABIYOT - SO‘Z SAN’ATI
1. Adabiyot so‘zining ma’nosi nima? J: Arabcha,Odoblar xazinasi”.

2. Obrazli (timsolli) fikrlash nima? J: Bir narsani boshqasiga solishtirish, hamma narsani so ‘z yordamida jonlantirishga harakat qilish.

3. Insonning orzu-xayoli, umid va armonlarini badiiy so‘z yordamida ifoda etish nima deyiladi? J: Adabiyot.

4. “Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

Nolon kunim, yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga”. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan.

J: M. YusufVatanim she’ridan.

5. “Nolon” so‘zining ma’nosi? J: Qalbi tirnalish, qiynalganda.

6. “Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish”.

Ushbu satrlar kimning qalamiga mansub? J: A. Navoiy.

7. Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Alisher Navoiyning haykali

o‘rnatilgan moviy gumbaz ostida qaysi misralar bitilgan?

J: Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘ling bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.

8. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi”. Ushbu satrlar kimga tegishli?



J: I. Karimov, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”.

9. Badiiy adabiyot turlari? J: She’riyat, nasr, dramaturgiya.

10. She’riyatga nimalar kiradi? J: She’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar.

11. Adabiyotning nasriy turiga nimalar kiradi? J: Ertaklar, hikoya, ocherklar qissa va romanlar.

12. Adabiyotning dramaturgiya turiga nimalar kiradi? J: Drama, komediya, tragediya, intermediya.

13. She’riyat qanday usulda yoziladi? J: She’riy usulda.

14. Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi? J: Hikoya usulida.

15. Dramatik asarlar qanday usulda yoziladi? J: Dramaturgning ixtiyoriga ko‘ra she’riy yoki nasriy yo‘l bilan.

16. Adabiyot nima? J: Millatning tarjimayi holi.

17. “Adabiyot atomdan kuchli…” deb ta’rif bergan adib kim? J: A. Qahhor.

18. Nasriy asarlarni kimlar yaratadi? J: Nosirlar, yozuvchilar.

MAQOLLAR
1. Maqol nima? J: Aslida arabcha “so‘z” degan ma’noni bildiradi.

2. Maqolni yana nima deb ataydilar? J: Otalar so‘zi.

3. Maqollar badiiy adabiyotda qaysi janrlarda ko‘p ishlatiladi? J: She’r, doston, hikoya, romanlarda.

4. Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asar qaysi va bu asarda nechta maqol keltirilgan? J: Gulxaniyning “Zarbulmasal”i, 400 dan ortiq maqol.

5. “Ochun” so‘zining ma’nosi? J: Dunyo.

6. “Bitik” so‘zining ma’nosi? J: Kitob.

7. Ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari, tajribalari asosida kelib chiqqan xulosa so‘zlari nima deyiladi? J: Maqol.

8. Qaysi janrda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘ladi. Bu belgilar qaysi janrga xos? J: Maqol.

9. “Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas”. Maqoldan ichki qofiyani toping? J: Omon va somon.

10. Maqol va topishmoqning o‘xshash jihatlari? J: Ichki qofiya borligi.

11. Maqol va topishmoqlarning farqli jihati? J: Maqolda xulosa, hukm bor. Topishmoqda esa sirlilik bor.

12. Maqollar qanday shaklda bo‘ladi? J: She’riy va nasriy.

13. Maqollarda millatning nimasi aks ettiriladi? J: Tarixi, urf-odati, turmush tarzi, fe’l- atvori, ruhiyati.

14. Ko‘chma ma’nodagi maqollar? J: “Qazisan, qartasan-axir aslingga torta-san”, “Olmaning tagiga olma tushadi”, “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qi-maydi”.

15. Muxtasar so‘zining ma’nosi? J: Qisqa.

16. Mufassal so‘zining ma’nosi? J: To‘liq, batafsil.



XALQ OG‘ZAKI IJODI TUSHUNCHASI
1. San’at turlari? J: Musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at, badiiy adabiyot.

2. Insonga tengdosh eng qadimiy san’at? J: Xalq og‘zaki ijodi.

3. Xalq og‘zaki ijodi qanday atamalar bilan ifodalanadi?J: Folklor va xalq og‘zaki poetik ijodi.

4. “Folklor” atamasining ma’nosi? J: “Folk”- xalq, “lor” – bilim, donolik, do-nishmandlik. Ya’ni “xalq bilimi”, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi”.

5. “Folklor” atamasini kim qachon qo‘llagan? J: 1846-yil Vilyam Toms.
6. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan? J: Folklorshunoslik.

7. Xalq og‘zaki ijodining yaratilish va yashash tarzi qanday amalga oshadi. J: Og‘zaki usulda.

8. Xalq og‘zaki ijodi nechata adabiy turdan iborat? J: 4 ta: Epik tur, lirik tur, dramatik tur, maxsus tur.

9. Mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, dostonlar qaysi turga man-sub? J: Epik tur.

10. Marosim folklori, bolalar folklori, qo‘shiqning hamma xillari, ashula qaysi turga mansub? J: Lirik.

11. Og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yini, askiya, xalq tеatrlari qaysi turga man-sub? J: Dramatik turga.

12. Maqol, matal, topishmoqlar qaysi turga mansub? J: Maxsus tur.

TOPISHMOQLAR
1.Topishmoqlarni ba’zan nima deb atashgan? J: “Topmacha”, “jumboq”, “matal”, mumtoz adabiyotda “chiston”.

2. Xalq og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi nima? J: Topishmoq.

3. Hammabop ommaviy janr qaysi? J: Topishmoq.

4.Topishmoqda yashirin ma’no qanday shaklda keltiriladi? J: Majoziy.

5. Aqlni chiniqtiradigan, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi, ko‘ngilochar o‘yin nima? J: Topishmoq.

6. Topishmoq qanday yo‘lda yoki shaklda yoziladi? J: She’riy yoki nasriy.

7. Topishmoqlar nimasiga ko‘ra bir va bir necha misrali bo’lishi mumkin? J: O‘zida yashirilgan predmetlar miqdoriga ko‘ra.

8. Topishmoqlarda qanday badiiy tasvir vositalari va usullaridan foydalaniladi?



J: O‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a, kichraytirish, metafora, jonlantirish.

9. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? J: Bir yoki bir nechta predmetli.

10. Suyri so‘zining ma’nosi? J: “Ellips” yumaloq.

11. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining qaysi janrlari ichida uchraydi? J: Dos-ton va ertaklarda.

12. Topishmoq qatnashgan ertaklar nechta xil bo‘ladi? J: 2 xil: 1. Topishmoqli

ertak. 2. Ertak-topishmoq.

13. Topishmoq ertak ichida kelsa qanday ertak hisoblanadi? J: Topishmoqli ertak (“Sohibjamol qiz” ertagi).

14. Asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo‘lsa qanday ertak deyiladi? J:
Ertak-topishmoq (g‘ozlar haqidagi ertak topishmoq).

15. Topishmoqlar nimasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi? J: Yaratilish davri-ga.

16. Yaratilish davriga ko‘ra topishmoqlar qanday nomlanadi? J: An’anaviy top-ishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar.

17. Chiston so‘zining ma’nosi? J: Forscha so‘z bo’lib “chist” – nima? “on”-u, nima u degan ma’noni bildirib, topishmoq jumboq ma’nosida qo‘llani-ladi.

18. Mumtoz adabiyotning savol-javob shaklida paydo bo‘lgan kichik lirik janri qaysi? J: Chiston.

19. Chistonlar qanday shakllarda yoziladi? J: Fard, bayt, qit’a, ruboiy va g‘azal.

20. Chistonlar ko‘proq qanday mazmunga ega bo‘ladi? J: Ma’rifiy, ijtimoiy-si-yosiy.

21. Chiston janrida barakali ijod qilgan shoirlar kimlar? J: A. Navoiy va Uvaysiy.

22. Maqol va topishmoqlar qaysi jihatdan bir-biriga o‘xshaydi? J: Shakily jihatdan.

23. Qaysi maqolda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanilmagan? J: Yer hayda-sang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.


QO‘SHIMCHA SAVOLLAR
1. Uzoq yerda o‘t qo‘yur-o, Ani toping Axlantoz. Topishmoqning javobini to-ping? J: Bo‘ri ko‘zi.

2. Chorbog‘imda qo‘sh munguz-o, Ani toping Axlantoz. Javobni toping? J: Iniog‘a.

3. Chorbog‘imda juft chinor-o, Ani toping Axlantoz. Javobini toping? J: Ota-ona.

IMOM AL - BUXORIY
1. Islom dunyosining eng mashhur “muhaddislar imomi” unvoniga musharraf bo‘lgan adib kim? J: Imom al-Buxoriy.

2. Muhaddis so‘zining ma’nosi? J: Hadis biluvchi, hadis aytuvchi.

3. Hadis nima? J: Payg‘ambarimiz so‘zlari.

4. Imom kim? J: Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab beruvchi.

5. Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi nima?

J: Qur’oni karim.

6. Vahiy so‘zining ma’nosi? J: Olloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga o‘z so‘zlarini, ya’ni ilohiy so‘zlarini solishi.

7. Qur’oni karimning yana bir nomi? J: Kalomi Olloh, xalq orasida “Kalo-mulloh” deyiladi.

8. Qur’ondan keyingi eng muhim qo‘llanma? J: Hadislar.

9. Hadislarni yig‘ish qachondan boshlangan? J: Payg‘ambarimiz yashagan davrlardan.

10. Hadislarni yig‘ganda nimaga alohida e’tibor berilgan? J: Hadislarning kim tomonidan aytilganiga va ularning shaxsiga.

11. Hadisshunoslik fani nima bilan shug‘ullanadi? J: Hadislarning sahihlarini nosahihlaridan ajratish bilan.

12. “Sahih” so‘zining ma’nosi? J: Ishonchli.

13. “Nosahih” so‘zining ma’nosi? J: Ishonchsiz.

14. Hadislar kimlardan yig‘ilgan ? J: Roviylardan.

15. Roviylar kimlar? J: Ma’lumot beruvchi, aytuvchi.

16. Roviylar necha xil bo‘ladi? J: 2 xil: 1. Sahobalar. 2. Tobeinlar.

17. Sahobalar kimlar? J: Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbat-da bo‘lganlar.

18. Tobeinlar kimlar? J: Payg‘ambarimizni emas, sahobalarini ko‘rib ular-dan eshitganlarini aytuvchilar.

19. Hadislar nechta qismdan iborat? J: 2 qismdan: 1. Sanad. 2. Matn.

20. Sanad nima? J: Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi haqidagi hujjat.

21. Matn nima? J: Hadisning mazmuni.

22. Imom al-Buxoriyning ismi? J: Muhammad.

23. Buxoriyning otasining ismi? J: Ismoil.

24. Imom al-Buxoriy qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 810-yil 21-iyun Buxoro shahri.

25. Imom Buxoriyning otasi kim edi va nima bilan shug‘ullangan? J: Muhad-
dis, ba’zan tijorat bilan shug‘ullangan.

26. Kim haqida zamondoshlari uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas deb yozadilar? J: Otasi Ismoil Buxoriy haqida.

27. Kimning onasining tushida Ibrohim alayhissalom “Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!” deb hitob qiladi? J: Imom Buxoriyning.

28. Imom Buxoriy necha yoshidan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustoz-larini shoshirib qo‘ydi? J: O‘n yoshidan.

29. Imom Buxoriy necha yoshida minglab hadislarni yod olib, ularni “sahih” va

“nosahih”ligini isbot qilib bera olgan? J: 16 yoshidan.

30. Imom Buxoriy qayerlarni kezib, ilm o‘rgandi? J: Kesh bilan Mavrdan Makka-yu Madinagacha, Balx bilan Hirotdan Bag‘dod-u Basragacha, Ni-shopurdan Misr va Shomgacha.

31. Imom Buxoriy bizga nechta asar qoldirgan? J: 20 dan ko‘proq.

32. Imom Buxoriy “Al jome’as-sahih” (Ishonchli to‘plam) kitobi ustida necha yil ishlagan? J: 16 yil.

33. “Al jome’as-sahih” kitobiga nechta hadis kiritilgan? J: 7397 hadis (600 ming hadisdan saralab olingan).

34. Imom Buxoriy qanday unvonlar olgan? J: “Muhaddislar imomi”, “Mu-haddislar sultoni”.

35. Imom Buxoriy Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadga nima uchun dushman bo‘lib qoladi? J: Amir bolalariga saroyga kelib, dars berishni istamagani va amir chopariga: “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” degani uchun.

36. Imom Buxoriy qachon va qayerda vafot etgan? J: 870-yil 31-avgust Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘ida.
HADISLAR
1. Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lishi-ni kim aytgan? J: Sahoba Ammor ibn Yosir (Hazrati Alining yordamchisi).

2. Iymonni mukammal qiladigan 3 ta narsa nima? J: 1.Insofli va adolatli bo‘l-moq. 2. Barchaga salom bermoq. 3. Kambag‘alligida ham sadaqa bermoq.

3. Islomdagi eng yaxshi xislatlar? J: Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik.

4. Qavl so‘zining ma’nosi nima? J: So‘z.

5. Olloh kimlarni sevadi, yaxshi ko‘radi? J: Gunoh va fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni, g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni, tang-likda ham, mo‘lchilikda ham hayr-ehson qiluvchilarni, g‘azabini yutuvchi-larni, odamlarning gunohini o‘tuvchilarni, yaxshilik qiluvchilarni.

6. Hadislarda aytilishicha bir kuni bir odam Rasullullohdan nasihat qilishini so‘ragan. Janob Rasullulloh shunda nima degan? J: G‘azablanmag‘il, g‘azab-lanmag‘il.

7. Rasullullohning “Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz” deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatganlarini kim rivoyat qilgan? J: Sahl ibn Sa’d.

8. Olloh taolo oyati kalimasida kimlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘ay, oxirida jannatga kirmoqlikni nasib etgay? J: Iymon keltirgan va ilmni yuksaltirganlarni.

9. Ollohning ilm to‘g‘risida nozil qilgan kalomi? J: Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysan!

10. Ilm nimaga o‘xshaydi? J: Ko‘p yog‘gan yomg‘irga.

11. Hadisi sharifda bilimni teran o‘rgangan, teran tushungan va Olloh yuborgan hidoyatni o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatganlar qanday atalgan? J: Mo‘min.

12. Imom Buxoriyning “Al jome’as-sahih” kitobida keltirilgan bir hadisda salom bermoqlikning ahamiyati nima bilan teng qo‘yilgan? J: Ochga taom bergan bilan.

13. Hadisi sharifda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatgan, ammo o‘zi amal qilma-ganlar qanday atalgan? J: Fosiq.

14. Hadisi sharifda mutakabbirlik qilib o‘zi ham o‘rganmaydigan, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydiganlar qanday atalgan? J: Kofir.

15. Hadisi sharifda Abu Hurayra rivoyat qilishicha Rasullulloh yaxshi muomala qilmoqqa kim haqliroq deganda necha marta “onang” deb javob beradilar? J: 3 marta onang, keyin otang.

16. Hadisi sharifda “Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqo-rat qilgan bilan teng bo‘lishi Rasullulloh tomonidan aytilganligini kim rivoyat qilgan? J: Sahoba Abdulloh ibn Amr.

17. Hadisi sharifda rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin degan kishi qanday bo‘lishi kerakligi aytilgan? J: Qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli.

18. Hadisi sharifda qarindoshlariga mehr-oqibatli odamning rizqi ulug‘ bo‘lmo-g’i haqida kimlar rivoyat qilganlar? J: Abu Hurayra va Anas ibn Molik saho-ba.

19. Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqidagi hadisda yahudiylarning Rasullulloh huzuriga kirib “Assomu alaykum!” ya’ni “Sizga o‘lim!” deganini va o‘zining “Va alaykim-s-somu va-l-la’na!” ya’ni “Sizga ham o‘lim va la’nat!” deganini kim aytib beradi? J: Nabiy sоllollohu alayhi vasallam-pay-
g‘ambarimiz xotinlari Oysha raziyollohu anho Urva ibn az-Zubayrga.

20. Hadisi sharifda ahli jannat kimlar deyilgan? J: Ollohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichib, so‘zsiz ustidan chiqadiganlar.

21. Hadisi sharifda Rasullulloh kimlarni ahli do‘zah deb atagan? J: Qo‘pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odamlarni.

22. Hadisi sharifda ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz ermas deyiladi. Bular nimalar? J: Biri: kishiga Olloh halol mol-dunyo bersa-yu, uni haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi: kishiga Olloh ilm-u hikmat ato etsa-yu shu tufayli oliy maqomga erishib hukm surayotgan, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa.

23. Rasullulloh kimlarga zakot bergan odamga ikki savob tegadi deganlar. Ikkita savobni izohlang? J: Qarindoshlariga, qarindoshlariga oqibat qilgani va za-kot bergani uchun.

24. Hadisi sharifda aytilishicha zolim kim? J: Olloh nozil qilgan yo‘l-yo‘riq-larga muvofiq hukm qilmaydiganlar.

25. Payg‘ambarimiz haqlariga aytiladigan duo? J: Sollаllohu alayhi vasallam.

26. Abu Hurayra kim? J: Sahoba, 676-yilda vafot etgan.

27. Abdulloh ibn Amr kim? J: Sahobalardan biri.

28. Sahobalar haqiga aytiladigan duo? J: Raziyollohu anhu.

29. Anas ibn Molik kim? J: Sahobalardan biri.

30. “Riyo” so‘zining ma’nosi nima? J: Ikkiyuzlamalik.

31. Jundub ibn Abdulloh kim? J: Sahobalardan biri.

32. Hadislarda omonatga xiyonat qiladigan, yolg‘on so‘zlaydigan, va’da qilib bajarmaydigan, shartida turmaydigan kishilar nima deyiladi? J: Munofiq.

33. “Al jome’ as-sahih” asarida hadislarda birovni yiqitgan polvon emas, bal-ki... polvondir, deb kimni aytganlar? J: G‘azablangan vaqtida g‘azabini yut-gan odamlarni.

34. “Al jome’ as-sahih” asarida “Mehmonning mezbonga: Sen yemaguningcha men ham yemayman”, deb aytmog‘i haqidagi hadisda sahoba Abu Bakr xotini-ga nima deb murojaat qiladi? J: Ey, Baniy Firosning singlisi.

35. “Al jome’ as-sahih” asarida “Mo‘minlarning bir-birlariga ko‘maklash-moqlari lozimligi haqida”gi hadisni kim rivoyat qiladi? J:Abu Muso.
HADIS HAQIDA TUSHUNCHA
1. Qur‘ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba nima deyiladi? J:Hadis.

2. Hadis nima? J: Payg‘ambarimizning diniy va axloqiy ko‘rsatmalari.

3. Sunnat nima? J: Payg‘ambarimiz biror gap aytgan, biror ish qilib ko‘rsat-gan yoki boshqalar qilgan biror ishni ko‘rib turib uni man etmagan bo‘lsa, ana shu 3 holat.

4. Muhaddislar kimlar? J: Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar.

5. Mashhur muhaddis olimlar? J: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at Termiziy, Abu Muhammad Ab-dulloh ibn Abd ar-Rahmon ad Dorimiy as-Samarqandiy.

6. Eng mashhur muhaddis kim? J: Imom Buxoriy.

7. Imom Buxoriyning eng mashhur asari? J: “Al jome’ as-sahih” (“Sahih al-Buxoriy”).

8. Hadislarni birinchi bo‘lib sahih va nosahih hadislarga ajratish uslubini kim joriy qilgan? J: Imom Buxoriy.

9. Hadislar tuzilishiga ko‘ra nechta qismga bo‘linadi? J: 2 qism: 1. Matn (maz-muni). 2. Sanad (hadisning kim tomonidan aytilganligi).

10. Musnad nima? J: Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro‘yxati.

11. Qanday hadislar ishonchli hisoblanadi? J: Hadisni bir-biriga naql qilgan roviylar tartibida uzilish bo‘lmasa, musnadda uzilish bo‘lmasa.

EZOP (MILODDAN AVVALGI VI ASR)

1. “… maqol-matallar bejiz paydo bo‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”. Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan? J: I. Karimov, “Yuksak ma’na-viyat- yengilmas kuch”.

2. Maqol yoki masal orqali ifodalangan fikrni, so‘zlash usulini yevropaliklar ni-ma deb atashgan? J: “Ezop tilida so‘zlashish” , “Ezopona til”.

3. Ezopning asli kelib chiqishi qayerlik? J: Frigiya.

4. Ezop qanday qilib Yunonistonga kelib qolgan? J: Qul qilib.

5. Ezop ko‘p yillar qaysi hukmdorlar saroyida xizmat qilgan? J: Lidiya shohi Krez, Vavilon shohi Likurg.

6. Ezop qaysi shoh saroyida xazinabon darajasigacha ko‘tarilgan? J: Bobil shohi Likurg saltanatida. Bobil (Vavilon).

7. Ezop kinoyali achchiq tili uchun qaysi shaharda tog‘ yoqasidan otib yuborilgan? J: Delfa.

8. Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar bizgacha qanday yetib kelgan? J: O‘sha davrdagi va undan keyingi davrlardagi solnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqali.

9. “Ezop masallari” kitobiga Ezopning qancha masali kiritilgan? J: 500ga yaqin.

10. Ezop qul bo‘lib yurgan paytlarida uzoq yo‘lga otlanganlarida o‘zi uchun eng yengil yukni so‘rab oladi. Bu nima edi? J: To‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan quti.

11. Ezopni xo‘jayini Samos orolida kimga sotadi? J: Faylasuf Ksanfga.

12. Ksanf qanday odam edi? J: O‘ta yengiltak, kaltafahm.

13. Ezop Ksanfning garovda yutib chiqishi evaziga nima so‘raydi? J: Qullik-dan xalos bo‘lishini.

14. Ezopning “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon” masali nima haqida? J: Do‘st-ga sadoqat.

15. “Do‘st uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi. O‘zi do‘sti uchun o‘limga tayyor bo‘lsa ham, ammo do‘stini bu ishda sherik qilmaydi”. Ushbu fikrlar kimning, qaysi asaridan olingan? J: A. Navoiy “Mah-bub-ul qulub”.

16. Ezopning qaysi masali so‘ngida kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta Xudoning qahriga yo‘liqadi degan xulosa chiqadi? J: “Kiyik bilan tokzor”.

17. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yadilar. Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalida aks erttirilgan? J: “Bo‘ri bilan laylak”.

18. Gohida qiyinchilikni yengib o‘tishdan ko‘ra uni aylanib o‘tishga yoki hiyla- nayrang ishlatib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalarning barcha harakatlari chippakka chiqishi qaysi masalda aks ettirilgan? J: “Ustiga tuz yuk-langan eshak”.

19. Ayrim kishilar kichkinagina qiyinchiik oldida ham esankirab, ruhi cho‘kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarnida sabr-la yengadilar degan fikr ilgari surilgan masal qaysi? J: “Eshak va baqalar”.

20. “Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma” degan maqol qaysi masalga mos? J: “Ustiga tuz yuklangan eshak”.

21. Ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o‘z boshiga yetadi degan xulosa chiqadigan masal qaysi? J: “Ustiga tuz yuklangan eshak”.

22. “Behudaga chiranish belni chiqaradi” degan maqol qaysi masalga mos? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon” .

23. “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil” degan maqol g‘oyasi qaysi masalda aks etgan? J: “Eshak va baqalar”.

24. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin” degan ibora qaysi masalda o‘z aksini topgan? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.

25. “Har qanday inson hayotda o‘z o‘rnini bilishi lozim” degan fikr qaysi ma-salga tegishli? J: “Burgut, zag‘cha va cho‘pon”.


26. Kim dengizning suvihi icha olishi bo‘yicha garov o‘ynaydi? J: Ksanf.

27. Do‘stga sadoqat, vafodorlik haqidagi asarlar? J: Ezopning “Yovvoyi echki-lar va cho‘pon”, Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” asari.

28. Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” (Qalblarning sevgani) asari qanday asar? J: Ma’rifiy–axloqiy asar.

29. Kimning asarlarini insonlardagi barcha yuksak va chirkin xususiyatlarni mujassam etgan ibratnoma deb atash mumkin? J: Ezop masallarini.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin