3. Ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor berdi.
28. A. Avloniy qanday darsliklar yaratdi? J: “Birinchi muallim” (1909-y), “Ikkinchi muallim” (1912-y).
29. A. Avloniy maktablar u-n qanday qo‘llanmalar yaratadi? J: “Turkiy gulis-ton yoxud axloq” (1913-yil), “Maktab gulistoni” (1916-y), “Adabiyot yo-xud milliy she’rlar”(1909-1916-y).
30. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” qo‘llanmasi necha qismdan iborat?
J: 5 qism deyilgan (7-sinf adabiyotida), 6 qism deyilgan (5- sinf adabiyo-tida, 2011-yil).
31. Qaysi adib o‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib nashr ettirgan? J: Avloniy.
32. Avloniyning qaysi asarida o‘zbek adiblari va rus, jahon adabiyotining vakil-lari haqida biografik ma’limotlar keltirib, mashhur asarlaridan parchalar beril-gan? J: 7- sinf o‘qish xrestomatiyasida.
33. 1919-1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishlagan, so‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo Davlat universitetida dars bergan adib kim? J: Avloniy.
34. Avloniy qachon , “Mehnat Qahramoni” unvoni b-n taqdirlanadi? J: 1927-yil.
35. Avloniy qachon “O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori” unvoni b-n taqdir-landi? J: 1930-yil.
36. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati qachondan yoyila boshlagan?
J: XX asr boshlarida.
37. Badiiy ijod, pedagogik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni uyg‘unlashtirib, millat taqdiriga daxldor tarixiy vazifani ado etgan ma’rifatparvar adiblar kimlar?
J: M. Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza, Fitrat, Cho‘l-pon, A. Avloniy.
38. Shoir, yozuvchi, daramaturg (aktyor), pedagog va davlat arbobi. Fikr kim ha-qida? J: A. Avloniy.
39. Avloniy moddiy qiyinchilik tufayli qaysi ishlarni o‘rgandi? J: Mardikor-lik, g‘isht quyish, duradgorlik, suvoqchilik.
40. Avloniyning qaysi asari o‘z davrida yoshlarni yangicha yo‘nalishda o‘qitish va an’anaviy milliy ruh asosida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
41. “Ey millat, uxlama, ilm olur chog‘i,
Har millat ilm oldi- yondi chirog‘i”. Kimning qalamiga mansub? J: Avloniy.
42. “Maktabdur oftobi jahon saodating,
Maktabdur osmon-u zamon sabovating” misralari kimning qalamiga mansub? J: Avloniy.
43. “Turon” gazetasi qachon ta’sis etilgan va unga qanday shior tanlangan?
J: 1917-yil “Yashasin xalq jumhuriyati”.
44. Avloniy nechanchi yilda “Ishtrokiyun” gazetasida muharrirlik qildi?
J: 1918-yilda.
45. Birinchi o‘zbek teatr truppasi – “Turon” to‘garagi qachon tashkil etilgan?
J: 1913-yil.
46. Avloniy kimlar bilan birgalikda o‘zbek milliy teatriga asos soldi?
J: Nizomiddin Xo‘jayev, birinchi o‘zbek rejissori Mannon Uyg‘ur,
Mirshohid va Mirahmad Miroqilov.
47. Abdulla Avloniyning pyesalari? J: “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki muhabbat”, “Portugaliya inqilobi”.
48. Avloniyning taxalluslari? J: Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Sha-paloq, Chol, Ab Chegiboy.
49. Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq asari” kimning iltimosiga ko‘ra yozilgan? J: Jadid maktabi muallimlari.
50. Avloniyning qaysi asari shakl, mazmun va qurilishiga ko‘ra fors adabiyoti namoyondasi Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlariga monanddir? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
51. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining yozilish sababini kim izohlaydi va nima edi? J: Avloniyning o‘zi izohlaydi. Sababi “… Turkiston mamlakat-larida o‘z shevamizda yozilmish mukammal axloq kitobining yo‘qligi…”.
52. Sharq mutafakkirlari e’tirofida olam yaratilishidan murod nima edi?
J: Inson.
53. Borliqning ziynati va toji nima? J: Inson.
54. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari necha qismdan iborat? J: 2 ta:
1. Yaxshi xulqlar. 2. Yomon xulqlar.
55. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida nechta fazilat va nechta illatga alohida boblarda ta’rif berilgan? J: 31 fazilat, 20 illat.
56. Avloniy qaysi asarida har bir bobda yaratilayotgan tushunchani payg‘ambar hadislari, Arastu, Aflotun, Muhyiddin Arabiy, Ibn Sino, J. Rumiy, Sa’diy kabi allomalarning fikrlari b-n dalillaydi, ibratli so‘zlari b-n bezaydi? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”
ASARIDAN PARCHALAR
“Alhosil, tarbiya bizlar u-n yo hayot- yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat, masalasidur”.
* * *
“Ilm- insonning madori hayoti, rahbari najotidur”.
* * *
“Din va e’tiqodi salomat bo‘lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas”.
* * *
“Islomiyat butun insoniyatdur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan iboratdur”.
* * *
“Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan kun ortar”.
* * *
“Sabr shunday bir kuchli narsadurki, shahvatni iffatga, g‘azabni shijoatga, shiddatni hilmga, kattalikni ta’vozeg‘a, yomonlikni yaxshilkka aylandurmakg‘a quvvat yetar”.
* * *
“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdir”.
* * *
1. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi boblar qanday yakunlanadi?
J: Xulosalovchi she’riy parcha bilan.
2. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida hayoga qanday ta’rif berilgan?
J: Hayo deb ishda, so‘zda adabni rioya qilmak aytilur. Hayo dilni ravshan, qiladurg‘on bir nurdir, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdur. Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamak – g‘iybat, hajv, masxara, safsata, so‘kuv kabi odamlarning nafsiga, izzatiga tegadurg‘on adabsiz so‘zlarni so‘zlamak zo‘r hayosizlikdur. Iffatning pardasi, vijdonning niqobi hayodir…”
3. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi hayo ta’rifi qaysi she’riy parcha bilan yakunlanadi?
J: Hayo, nomus iymona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildir,
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildir.
4. Qaysi adib eski shahar sho‘rosining raisi vazifasini va Afg‘onistonda elchi vazifasini bajarib, oliy o‘quv yurtida professor sifatida dars bergan? J: Avloniy.
5. Avloniy qachon vafot etgan? J: 1934-yil 24-avgust.
“VATANNI SUYMAK” LAVHASI
1. “Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l”. Qaysi asardan keltirilgan? J: Avloniy “Vatanni suymak”.
2. “ Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim oyo, bog‘larim,
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab-u chog‘larim” misralari kimning qaysi asari-dan? J: Avloniy “Vatanni suymak”.
3. “Vatanni suymak” lavhasi Avloniyning qaysi asaridan olingan? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
4. Avloniyning qaysi asarida bog‘larini, hovlilarini sotib Arabistonga hijrat qilgan hojilarimiz aytib o‘tiladi? J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
5. Avloniyning qaysi asari so‘ngida payg‘ambarimizning “Hubbul – vatani minalimoni -Vatanni sevmak imondandir” degan hadislari aytib o‘tiladi?
J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
6. “Vatan, vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango na g‘am, qolur avlodima o‘yu vatanim” misralari qaysi asardan?
J: “Vatanni suymak”.
7. “Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflari-ni, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan olingan? J: A.Avloniyning “Vatanni suymak” lavhasidan.
8. Bobolarimizning “Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l” degan maqoli o‘z ifodasini topgan asar qaysi? J: A.Avloniy “Vatan-ni suymak”.
“VATAN” SHE’RI
1. “Vatan” sheri Avloniyning qaysi asaridan olingan? J: “Maktab gulistoni” (1916-yil).
2. Avloniyning qaysi asarini vatan sha’niga bitilgan madhiya deb atash mumkin? J: “Vatan” she’rini.
3. “Vatan” she’rining boshlanishi?
J: Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas- aqli pastdur…
4. Avloniyning qaysi asarida shoir fikricha farzandlar har xil bo‘lishi mumkin ekanligi aytib o‘tilgan va qanday farzandlar yo‘q emas deyilgan? J: “Vatan” she’rida onaning baxtiga sherik bo‘ladigan, baxtsizligida tashlab ketadigan farzandlar topiladi. Vatanning go‘zal tabiatini xush ko‘radigan, lekin tashvishlarini o‘ylamaydigan farzandlar yo‘q emas.
5. “Vatan” she’rining tugallanishi?
J : Tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur,
Jaholatning boshga solgan azosidur.
Selobi g‘am kelmas burun jadal birlan,
Tuvg‘onini to‘xtatmagan bo‘lur Hijron.
(Hijron – shoirning she’rlaridagi taxallusi.)
6. “Vatan” she’ridan parchalar?
J: Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan!
Javlon urib yashaydurg‘on xonamizsan!
QO‘SHIMCHA SAVOL
1. “Bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘an, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxumini sochg‘on” adib kim? J: Avloniy.
2. “Hayvonlar o‘z vaqtidan – uyuridan ayrilsa, … maishati talx bo‘ladi…” qaysi asardan olingan ? J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
ERKIN VOHIDOV
1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1936-yil 28-dekabr, Farg‘o-na viloyati, Oltiariq tumani, muallim oilasi.
2. Shoirning otasi qachon vafot etgan? J: Urushdan yaralanib qaytgach, 1945-yilda.
3. Shoirning onasi qachon vafot etgan? J: 1946-yil.
4. Erkin Vohidov necha yoshida ota-onasidan ajralib qolgan? J: 10 yoshga yetar-yetmas.
5. Erkin Vohidovni kim tarbiyasiga oladi? J: Toshkentdagi tog‘asi.
6. Erkin Vohidovda adabiyotga havasni kim uyg‘otgan? J: Shoir G‘ayratiy.
7. Erkin Vohidov necha yoshidan tuppa-tuzuk she’rlar yoza boshlagan? J: 15-16.
8. Maktabni oltin medal bilan bitirgan shoirlar kim? J: Erkin Vohidov, Abdulla Oripov.
9. Erkin Vohidov qaysi universitetda o‘qidi? J: Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Ulug‘bek nomidagi O‘z. Milliy universitet).
10. Erkin Vohidovning qaysi she’rlaridagi chuqur ma’no g‘o‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan? J: “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi”, “Ona tuproq”.
11. “Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak” misralari kimning qalamiga mansub? J: Erkin Vohidov.
12. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni qachon yozilgan? J: 1964-yil.
13. Erkin Vohidovning birin-ketin yaratilgan dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”.
14. Erkin Vohidovning tarjimalari? J: Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening “Faust” asari, Blok, Ukrainka, Svetlov, Tvardovskiy, Rasul Hamzatov (“Ona tilim”) asarlari.
15. “Yoshlik” jurnalining dastlabki bosh muharriri kim bo‘lgan? J: Erkin Vohi-dov.
16. Erkin Vohidovning ilk to‘plami? J: “Tong nafasi” 1961-yil.
17. Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari? J: “Qo‘shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Hozirgi yoshlar”, “Mu-habbat”, “Tirik sayyoralar”, “Bedorlik”, “Lirika”, “Iztirob”, “Yaxshidir achchiq haqiqat”, “Charog‘bon”.
18. Erkin Vohidovning dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozil-gan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Nido”.
19. E. Vohidov dramalari? J: “Oltin devor” (komediya), “Istambul fojiasi”.
20. E. Vohidovning jahonning qator tillariga tarjima qilingan komediyasi?
J: “Oltin devor”.
21. E. Vohidovning ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlari to‘plangan 4 jildlik saylanmasi? J: 1. “Ishq savdosi”, 2. “She’r dunyosi”, 3. “Umr daryosi”, 4. “Ko’ngil nidosi”.
22. E. Vohidovning ilk dostoni? J: “Nido”.
23. E. Vohidovning qaysi asarida insoniyatga og‘ir juodoliklar, bitmas jarohat-lar keltiradigan urush qattiq qoralanadi? J: “Nido”.
24. E. Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan? J: “Ruhlar isyoni” dostoni.
25. Qaysi shoir ijodida insonparvarlik bosh mavzu bo‘lib kelgan? J: E. Vohi-dov.
26. Qaysi shoir jamoat arbobi, Senat a’zosi? J: E.Vohidov.
27. E. Vohidovning orden va unvonlari? J: “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni.
28. “Shoir-u she’r-u shuur” nomli adabiy-falsafiy to‘plam qaysi shoir qalamiga mansub? J: E. Vohidov.
29. E. Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi qachon yaratilgan? J: 1968-yil.
30. Qaysi shoir ijodida A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov asaridan tarjimalar mavjud? J: E. Vohidov.
31. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etgan tantanavor uslubdagi she’r qanday nomlanadi? J: Qasida.
32. Sakkokiy Mirzo Ulug‘bekka atab nechta qasida yozgan? J: 4 ta.
33. “Tuhfat ul-afkor” qasidasining muallifi kim? J: A. Navoiy.
34. E. Vohidovning birinchi she’ri qachon bosilgan? J: 7-sinfda o‘qigan kezlari “Mushtum”da.
35. Qaysi shoir turmushdagi oddiygina holatdan choy suzilyotganda choynak-ning piyolaga “egilishi”, “choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan” o‘pishini ajoyib she’r qilib yaratgan ? J: E. Vohidov.
36. E. Vohidovning otasi va onasi kim? J: Cho‘yanboy va Roziyaxon.
37. “Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo‘shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman”. Kimning tarjimayi holidan? J: E. Vohidov.
38. E. Vohidovning uzoq yillar o‘zbek teatri sahnasidan tushmay kelayotgan yorqin xarakterli komediyasi qaysi? J: “Oltin devor”.
39. 1970-1975-yillarda E. Vohidov kimning qaysi asarini tarjima qilgan?
J: Gyotening “Faust”.
40. “Faust” fojiasidagi Mefistofel qanday obraz? J: Hajviy obraz.
41. Sergey Yeseninning qaysi she’rlarini E. Vohidov tarjima qilgan? J: “Eron taronalari”.
42. “Hech ikkilanmay, komil ishonch b-n aytish mumkinki, E. Vohidov o‘zbek she’riyatining ko‘rki va faxri. Bu fikrda zarracha mubolag‘a yo‘q” deb kim-kimga ta’rif beradi? J: E. Vohidovga O. Sharafiddinov.
43. “Odamlarga faqat she’ring emas, o‘zing ham kerakligingni sezish bu katta baxt” degan shoir kim? J: E. Vohidov.
44. E. Vohidovning qaysi asarida urush qattiq qoralanadi? J: “Nido”.
45. E. Vohidovning hajviy turkumi? J: “Donishqishloq latifalari”.
“NIDO” DOSTONI
1. “Nido” dostoni nima haqida? J: Urush va u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqida.
2. “Nido” dostoni qanday boshlanadi? J: Urushda halok bo‘lgan otasini xotirlab, unga nido qilayotgan o‘g‘ilning iztiroblari bilan.
3. Dadasining xatlarini o‘qib savod chiqargan bolakay obrazi qaysi asardan olingan? J: “Nido”.
4. Xol aka, Rustam, Juman pochtachi kabi obrazlarni qaysi asarda uchratamiz? J: “Nido”.
5. E. Vohidovning “Nido” dostoni kimga bag‘ishlab yozilgan? J: Otasiga bag‘ishlab.
6. E. Vohidovning avtobiografik dostoni? J: “Nido”.
7. “Nido” dostonida kimning akasi urushdan bir oyog‘ini yo‘qotib, qo‘ltiqta-yoqda qaytadi? J: Rustam degan o‘rtog‘ining.
8. “Nido” dostonida kim urushdan qo‘lsiz qaytadi? J: Xol aka.
9. Kimning dadasidan qora xat keladi? J: Tal’at degan o‘rtog‘ining.
10. E. Vohidovning qaysi she’rlarida bolalik xotiralari aks etgan? J: “Nido”, “Quyosh maskani” poemalari va “Bolalik”, “Oqsoqol”, “Bolalik ekan-da” kabi she’rlarida.
11. “Nido” dostoni qahramoni “ota” so‘zini necha yil tilga olmagan edi?
J: 20 yil.
12. “Senikidir bular, seniki bari. Seniki osmonning, Zar qandillari. Somanchi-ning yo‘li- Sening yo‘llarinig, Uzatsang Zuhroga Yetar qo‘llaring” misralari-ning muallifi kim? Qaysi asardan olingan? J: E. Vohidovning “Nido” dostoni.
13. “Nido” dostoni qahramoni nechanchi yil maktabga borgan? J: 1944-yil.
14. “Nido” dostonidagi pochtachi kim? J: Juman.
15. “Xayolning tumanli pardasi aro,
Yillar ko‘z oldida charx urayotir.
Qishloq ko‘chasida zanjiday qaro,
Olov bolaligim yugurayotir”. Ushbu misralarda qanday ma’no ko‘chishi ishlatilgan? J: Metafora.
16. “Nido” dostoni nima b-n tugaydi? J: Qasamyod bilan.
17. Dadasini oq otda ko‘rish voqeasi qaysi asarda bor? J: “Nido” dostoni.
18. “Nido” dostonidagi qasamyod? J:
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga.
Tinchlik janggohining fidosi,
Bu senga, bu menga, bu bizga.
Yigirmanchi asr nidosi.
19. 2-jahon urushida nechta odam halok bo‘lgan? J: 50 milliondan ortiq.
20. “Nido” dostonidagi nido kimning nidosi? J: Tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi u-n kurash nidosi, davr nidosi.
21. Dostonda kimlarning nidosi umumlashtirib davr nidosi, tinchlik uchun kurash nidosiga aylangan? J: Tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning ortida qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi.
22. “Nido” dostonida kimga qasamyod qilinadi? J: Ona yerga.
23. “Nido dostonida qaysi yulduzlarning nomlari aytib o‘tiladi? J: Surayyo, Zuhro.
QO‘SHIMCHA SAVOL
1. E. Vohidov she’riyatning qaysi vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qilgan? J: Barmoq, aruz, sarbast.
2. Sho‘ro adabiyotshunosligida aruz vazni “eskirgan, zamonga javob bera olmaydigan vazn” deb inkor qilgan paytda o‘nlab go‘zal g‘azallar bitgan shoir kim va bu g‘azallar qaysi kitobidan joy egallagan? J: E. Vohidov “Yoshlik de-voni”.
ABDULLA ORIPOV
1. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasini yozgan shoir kim? J: A. Oripov.
2. A. Oripov qayerda va qachon tug‘ilgan ? J: 1941-yil 21-mart Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i.
3. A. Oripovning ota-onasining ismi? J: Orif bobo va Turdi Karvon qizi.
4. Mustaqillik kunlariga yetib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etgan ota kim? J: Orif bobo.
5. A. Oripovning kelajagini bashorat qilib, uning birinchi kitobini ko‘rib ketgan kim? J: Onasi Turdi Karvon qizi.
6. A. Oripovning ham she’ri, ham she’riy toplamining nomi? J: “Onajon”.
7. A. Oripov qayerda o‘qidi? J: Neko‘zdagi o‘rta maktabni 1958-yil oltin me-dal bilan tugatgach, Toshkentdagi SaGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetidagi jirnalistika bo‘limini 1963-yilda tugatdi.
8. A. Oripovning birinchi kitobining nomi va u qachon bosilib chiqdi?
J: 1965-yil “Mitti yulduz”.
9. O‘z she’rlarida hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish-manzaralar, dadil xulosalar bilan birdan hammaning diqqatini o‘ziga jalb etgan shoir kim? J: A. Oripov.
10. A. Oripovga o‘z davrining mashhur adiblaridan kim e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan? J: A. Qahhor.
11.A Oripov tarjimalari? J: Italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asari.
12. A. Oripov Amir Temur haqida qanday drama yozgan? J: “Sohibqiron” nomli.
13. A. Oripov qanday mukofot laureati? J:Alisher Navoiy nomidagi Respubli-ka Davlat mukofoti laureati.
14. Kim 1998-yil shoir va yozuvchilar orasida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan taqdirlandi? J: A. Oripov.
15. A. Oripovning “Sohibqiron” asari qaysi janrda yozilgan? J: She’riy drama.
“O‘ZBEKISTON” QASIDASI
1. A. Oripovning “O‘zbekiston” she’ri qanday janrda yozilgan? J: Qasida.
2. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi qachon yaratilgan? J: 1968-yilda.
3. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasining hajmi? J: 140 misra.
4. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasining har bandi necha satrdan iborat?
J: 10 satrdan.
5. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi necha banddan iborat? J: 14 band.
6. “O‘zbekiston” qasidasidagi qaysi satrlar o‘zaro qofiyalanib kelgan? J: Toq va juft satrlar.
7. “O‘zbekiston” qasidasining qaysi satrlari bir-biri bilan qofiyalangan? J: Har bandning so‘nggi bayti (2 satri).
8. “O‘zbekiston” qasidasi qanday mavzuda yozilgan? J: Muhim mavzuda- ona –Vatanimiz sha’niga bag‘ishlangan.
9. “O‘zbekiston” qasidasining har bandi qanday satr bilan yakunlanadi?
J: O‘zbekiston, Vatanim manim!
10. “O‘zbekiston” qasidasida shoir jasorati aks etgan satrlar? J: “O‘zbekiston, Vatanim manim!” degan so‘zni 1968-yilda ayta olishi.
11. O‘zbekistonning ko‘klamini qalamga olgan, dovrug‘ini olamga yoygan shoir kim? J: Hamid Olimjon “O‘zbekiston” she’ri.
12. “O‘zbekiston” qasidasida “osmon ilmi”ni yaratib, 1018 yulduzni aniqlab bergan qaysi olim tilga olinadi? J: Mirzo Ulug‘bek.
13. Shoir “O‘zbekiston” she’rida xayolidan asrlar “nuqs-u chiroyini ko‘z-ko‘z etib” o‘tgan qaysi buyuk zot haqida to‘xtalib o‘tadi? J: Beruniy.
14. Xristofor Kolumbdan salkam besh yuz yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilgan olim kim? J: Beruniy.
15. Dunyoni o‘z qalami bilan zabt etgan va dunyoni chamanzorga aylantirgan siymo kim? J: A. Navoiy.
16. A. Oripov “O‘zbekiston” qasidasining qaysi bandlarida buyuk va suyuk ona xalqining timsolini yaratadi? J: Oxirgi 2 bandda.
17. Shoir “O‘zbekiston” qasidasida xalqning qanday timsolini yaratadi?
J: O‘tda kuymas, suvda cho‘kmas.
18. “O‘zbekiston” qasidasida bu yurtning dovrug‘iga hasad qilgan, yo‘qotmoq u-n kelgan kimlar edi? J: Chingiz.
19. “O‘zbekiston” qasidasida yurt boshiga kelgan ofat nima edi? J: Inqilob.
20. “O‘zbekiston” qasidasida yurt tinchini buzgan kim? J: Fashistlar.
21. “O‘zbekiston” qasidasida aks ettirilgan shoir o‘tinchi nima edi? J: O‘zligini unutmaslik.
22. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi b-n bir vaqtda yozilgan qasida?
J: Erkin Vohidov “O‘zbegim”.
23. XX asrning 60-yillarida o‘zbek adabiyotida yaratilgan hamda A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasini esga soladigan asar ? J: E. Vohidov “O‘zbegim”.
24. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasida nomi tilga olingan siymolar?
J: Hamid Olimjon, G‘. G‘ulom (2- bandda), Jahongir (3-bandda A. Temur nazarda tutilgan), Mirzo Ulug‘bek (4-bandda), Kolumb, Beruniy (5-band-da), Alisher Navoiy (6-bandda), Jaloliddin (8-bandda), Sobir Rahim (10-bandda), Oybek, Habib Abdulla (12-bandda).
25. Shoir qasidaning nechanchi bandida bir zot borkim, baridan suyuk, Buyuk-larga baxsh etgan daho deya, kimga o‘zingsan buyuk deb murojaat qiladi?
Dostları ilə paylaş: |