5-sinf geografiya 1-nazorat ishi 1-chorak 1-variant


-SINF GEOGRAFIYA NAZORAT ISHI -4



Yüklə 261,56 Kb.
səhifə7/13
tarix10.12.2023
ölçüsü261,56 Kb.
#139591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
5-SINF NAZORAT ISHI 2021

5-SINF GEOGRAFIYA NAZORAT ISHI -4
4-chorak 1-variant
1 Shamol deb nimaga aytiladi?
A) Havoning vertikal harakatiga
B) Havoning gorizntal harakatiga
C) Havoning to’lqinsimon harakatiga
D) Havoning tarqoq harakatiga
2. Bir kecha-kunduzda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartirib turadigan shamolga qanday shamol deyiladi?
A) Musson shamoli
B) Afg’on shamoli
C) Fyon shamoli
D) Briz shamoli
3. Bir yilda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartiradigan shamollarga qanday shamollar deyiladi?
A) Musson shamollari
B) Afg’on shamollari
C) Fyon shamollari
D) Briz shamollari
4. Briz so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) Shamol
B) Shudring
C) Shabada
D) Mavsum
5. Musson so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) Shamol
B) Shudring
C) Shabada
D) Mavsum
6. Briz so’zi qaysi tildan olingan?
A) Ingliz
B) Fransuz
C) Lotin
D) Nemis
7. Musson shamollari asosan, qaysi hududlarda kuchli esadi?
A) Sharqiy va Janubiy Osiyoda
B) Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda
C) Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoda
D) Janubiy va Markaziy Osiyoda
8. Mamlakatimizga yog’inlarni asosan qaysi shamollar olib keladi?
A) Passat shamollari
B) G’arbiy shamollar
C) Musson shamollari
D) Shimoliy shamollar
9. Shamolning tezligi qanday asbob bilan aniqlanadi?
A) Fluger
B) Anemometr
C) Termometr
D) Barometr
10. Esayotgan shamol yo’nalishi qanday asbob bilan aniqlanadi?
A) Fluger
B) Anemometr
C) Termometr
D) Barometr
11. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir-birlaridan farq qiladigan katta qisimlariga nima deyiladi?
A) Havo massalari
B) Ob-havo
C) Shu joyning iqlimi
D) Barqaror ob-havo
12. Agar havo harorati 0º C bo’lsa, 1 m3 havo o’zida necha gramm suv bug’ini tutib tura oladi?
A) 9 gramm
B) 17 gramm
C) 5 gramm
D) 30 gramm
13. 1 m3 havoda mavjud bo’lgan va gramm hisobida o’lchanadigan suv bug’lari miqdoriga nima deyiladi?
A) Namlik koeffitsiyenti
B) Namga to’yingan havo
C) Mutloq namlik
D) Havo namligi
14. Agar havo o’zida mavjud bo’lgan suv bug’idan ortiqcha namni sig’dira olmasa nima deyiladi?
A) Namlik koeffitsiyenti
B) Namga to’yingan havo
C) Mutloq namlik
D) Havo namligi
15. Meterologik stansiyalarda havo namligi qanday asbob bilan o’lchanadi?
A) Gigrometr
B) Termometr
C) Anenometr
D) Barometr
16. Bulutlarning asosan qanday turlari mavjud?
A) B, C, D javoblar to’g’ri
B) To’p-to’p
C) Qat-qat
D) Patsimon
17. Isigan havo yer yuzasidan yuqoriga tez ko’tarilayotganda qanday bulutlar hosil bo’ladi?
A) Qat-qat
B) Patsimon
C) To’p-to’p
D) Patsimon qat-qat
18. To’p-to’p bulutlar mamlakatimiz osmonida asosan qaysi fasllarda ko’p uchraydi? A) Bahor va kuz boshida
B) Yoz va kuz boshida
C) Bahor va yoz boshida
D) Kuz va qish boshida
19. Qaysi bulut turning soyasi bo’lmaydi?
20. Qaysi bulut turi ob-havoning aynib kelayotganini bildiradi?
21. Havodan yer yuzasiga tushadigan suyuq yoki qattiq holatda tushadigan suvlarga nima deyiladi?
22. Qor qalinligi qanday asbob bilan aniqlanadi?
23. Toshkentda bir yil davomida o’rtacha hisobda necha mm ga yaqin yog’in yog’adi?
24. Gavayi orollarida yillik yog’in miqdori necha mm ni tashkil etadi?
25. Qaysi bulut turlari 6000 metrdan yuqorida joylashgan?



Yüklə 261,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin