Javobi yoziladigan test: 11.Gaz sanoatining jahon YoEB dagi hissasi qancha foizni tashkil etadi?
Javob: __________________________________
12. Jahon yoqilg‘i energetikasi balansida qaysi yoqilg‘ining ulushi 20 % ni tashkil etadi?
Javob:__________________________________
13. Bugungi kunda YeI (Yevropa Ittifoqi) tashkiloti tarkibida nechta davlat faoliyat ko‘rsatmoqda?
Javob: ___________________________________
14.Tabiiy gaz zahiralari hajmiga ko‘ra jahonda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi?
Javob: ___________________________________
15. Demografik o‘tish davri, dastavval, Yer yuzining qaysi qismida, qachon ro‘y bergan?
Javob: __________________________________
II CHORAK
Nazorat ishi (NI –III)
Mavzu: Jahon qishloq xo‘jaligi. Jahon transporti
Nazorat shakli: Geografik diktant
1. Don yetishtirish jahon qishloq xo‘jaligining asosini belgilaydi.
2.Yer sharining eng yirik “bug‘doy belbog‘i” deb Rossiya, AQSH, Kanada, Xitoy, Ukraina, Qozog‘iston davlatlari tan olingan.
3. Kanadaning Vinnipek shahri bug‘doypoytaxti hisoblanadi?
4. Quvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil davlatlarida faqat yerlarni sug‘orish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkoniyatiga egadir.
5. Jahon ekin maydonining 0,7 mlrd gektariga donli ekinlar ekiladi.
6. Makkajo‘xorining asl vatani bu Meksikadir. 7. Jahonda soya yetishtirishda yetakchi davlat bu AQSH hisoblanadi. 8. Jahonda paxta tolasini eksport qilishda AQSH, Pokiston, O‘zbekiston davlatlari yetakchilik qiladi.
9. Jahonda eng intensiv rivojlangan qo‘ychilik Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlarida tarkib topgan. 10. Baliq mahsulotlarini eng ko‘p iste’mol qiluvchi aholi bu Yaponiyaliklar. 11. Jahonda yuk tashish bo‘yicha avtomobil transport turi yetakchi o‘rinda turadi.
12. Jahonda soya, yеryong‘oq, zaytun tеrib olishda pеshqadam davlatlar bu AQSH, Hindiston, Italiya. 13. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning tayanch yo‘nalishlaridan biri bu xalqaro savdodir.
14. Dunyoda ovlanadigan baliq mahsulotlarining ½ qismi Yaponiya, Xitoy, AQSH, Chili, Rossiya, Peru davlatlariga to‘g‘ri keladi.
15.Yuklarni manzilning o‘ziga yani “eshikdan eshikka”cha yetkazib berish avtomobil transport turiga xosdir.