5-sinf “tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi” yillik nazorat ishlari nazorat ishi (ni I) Mavzu



Yüklə 393,24 Kb.
səhifə60/70
tarix13.12.2023
ölçüsü393,24 Kb.
#139748
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
@geografiya test video slayd 5-9 sinf nazorat ishi

Nazorat ishi (NI –VIII)

Mavzu: O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari. (Surxondaryo, Quyi Amudaryo)
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq.
I- variant
1. Surxondaryo va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlarining iqtisodiy geografik o‘rnidagi 3 ta qulaylik tomonlarini yozing.

2. Berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasini urbanizatsiya darajasini aniqlang.


a). Surxondaryo viloyati aholisi soni – 1mln 922 ming. k, shahar aholisi –38,3 ming.k
b). Xorazm viloyati aholisi soni – 1mln 504ming. k, shahar aholisi –328,1 ming.k
c). Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi soni–1mln 595 ming.k, shahar aholisi–744 ming.k.
3. Mavzularga tegishli bo‘lgan rasm ma’lumotlaridan foydalanib Surxondaryo, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar tarkibida paxta va g‘alla maydoni necha foizga ( %) to‘g‘i kelishini aniqlang va yozing.

II- variant

  1. Surxondaryo va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlarining iqtisodiy geografik o‘rnidagi 3 ta noqulaylik tomonlarini yozing.

2. Darslikning 156-betida berilgan 1-jadvaldan foydalanib, statistik ma‘lumotlar asosida Surxondaryo, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikalari aholisining zichligini aniqlang va yozing.



3. Mavzularga tegishli bo‘lgan rasm ma‘lumotlaridan foydalanib Surxondaryo, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar tarkibida yaylov va poliz maydoni necha foizga ( %) to‘g‘i kelishini aniqlang va yozing.


9-SINF
GEOGRAFIYA
I chorak
Mavzu: Jаhonning siyosiy xаritаsi
Nazorat shakli: Test topshiriqlari
1. Jahonda gaz qazib va eksport qilish hajmiga ko‘ra oldingi o‘rinda turuvchi davlat bu …………… .
А) Italiya; В) AQSH; С) Rossiya; D) Germaniya.
2. 1999 yilga qadar Makao (Aomin) qaysi davlat mustamlakasi bo‘lgan?
А) Fransiya; В) Portugaliya; С) B. Britaniya; D) AQSH.
3. Dunyoda yirik suv omborlarining ko‘pligiga ko‘ra qaysi davlatlar yetakchilik qiladi?
A) Germaniya, Yaponiya; B) AQSH, Rossiya;
C) Braziliya, Xitoy; D) B. Britaniya, Italiya.
4. ------------- larda yagona qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat, davlat organlarining yagona tizimi, konstitutsiya mavjud bo‘ladi.
A) Federativ davlat; B) Unitar davlat; C) Islom davlat; D) Monarxiya davlat.
5. “Podsholik qiladi lekin idora qilmaydi” ushbu ibora qaysi davlatlar uchun xos?
A) B.Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Yaponiya;
B) Fransiya, Daniya, Polsha, Belgiya, BAA, Eron, Chexiya;
C) Belgiya, Italiya, Germaniya, Albaniya, Norvegiya, Shvetsiya;
D) Ispaniya, Chexiya, Belgiya, Fransiya.
6. Butun quruqlikning necha foizini o‘rmonlar tashkil qllaydi?
A) 70 % ini ; B) 90 % ini ; C) 23 % ini; D) 30 % ini.
7. Dunyoda qancha neft va gaz havzalari aniqlangan?
А) 1000 dan ortiq; В) 900 dan ortiq; С) 700 dan ortiq; D) 600 dan ortiq.
8. Tabiiy resurislarning barcha xillari bilan juda yaxshi taminlangan davlatlarni belgilang.
A) Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya;
B) Yaponiya, Koreya, Norvegiya, Eron, Nepal;
C) Rossiya, Kanada, Chili, Argentina, Islandiya;
D) O‘zbekiston, Hindiston, Qirg‘iziston, Tojikiston.
9. Jahon Yer fondining umumiy maydoni qanchaga teng?
A) 15 mlrd ga; B) 11 mlrd ga; C) 9,5mlrd ga; D) 13,4 mlrd ga.
10. Jahonda ko‘mir havzalarining asosiy qismi qayerda joylashgan?
A) Janubiy yarim sharda; B) Shimoliy yarim sharda;
C) G‘arbiy yarim sharda; D) Sharqiy yarim sharda.
11. Jahonda geologik zahirasi eng katta bo‘lgan foydali qazilma qaysi?
A) Mis; B) Neft; C) Ko‘mir; D) Olmos.
12. Qora va rangli metall xom ashyosiga boy mamlakatlarni aniqlang.
A) Rossiya, Braziliya, Avstraliya, O‘zbekiston;
B) Rossiya, AQSH, Kanada, Braziliya, Avstraliya, JAR, Xitoy, Qozog‘iston;
C) JAR, Xitoy, Avstraliya, O‘zbekiston, Qozog‘iston;
D) Rossiya, Kanada, O‘zbekiston, JAR, Xitoy.
13. Turizimdan katta daromad oluvchi davlatni belgilang.
A) Xitoy; B) Braziliya; C) Ispaniya; D) Misr.
14. Noan’anaviy resursni aniqlang.
A) Energetika res-lari; B) Biologik res-lar;
C) Geotermal res-lar; D) Mineral res-lar.
15. YUNEP ning bosh idorasi qaysi sharda joylashgan
A) Braziliya (Braziliya); B) Mexiko (Meksika);
C) Shanxay(Xitoy); D) Nayrobiy (Keniya).


Yüklə 393,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin